Yosh fiziologiyasi va gigienasi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə44/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Retikulyar formasiya. Orqa miyaning yuqorigi uchidan boshlab ko’rish burtakchalari va gipotalamus bilan birgalikda bir-biri bilan qalin tolalar o’rimi, turli tomonlarga yo’nalgan miyaning butun tanasi bo’ylab turli tip va shakldagi neyronlardan iborat hosilalar joylashgan. Mikroskop ostida bularning hammasi to’r shaklida ko’rinadi, shu sababdan bu hosilalarning hammasi turli yoki retikulyar formasiya degan nom olgan. Hozirda odamlar miyasi tanasining retikulyar formasiyasida 48 dan ortiq alohida-alohida yadrolar va hujayralar guruhi aniqlanib, bajaradigan vazifalari qayd qilingan. Retikulyar formasiyaning tuzilmalari qo’zg’atilganida hyech qanaqa ko’rinarli reaksiya kuzatilmaydi, faqat markaziy asab tizimining turli qismlaridagi qo’zg’aluvchanlik almashinadi.
Retikulyar formasiya orqali yuqoriga ko’tariluvchi markazga intiluvchi ham pastga tushuvchi markazdan qochuvchi yo’llar o’tadi. Ana shu joyda markaziy asab tizimining barcha qismlarini qo’zg’aluvchanligi boshqariladi va ularning o’zaro aloqasi ta’minlanadi.
Retikulyar formasiyaning turli qismlarini jarohatlash yoki mikroelektrodlar yordamida qo’zg’atishda va undan chiqib ketayotgan nerv yo’llarini kesish hisobiga retikulyar formasiya pastga tushuvchi retikulo-spinal yo’llar bilan orqa miyaning harakat reaksiyalariga yengillashtiruvchi yoki tormozlovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin ekanligini ko’rsatish imkoniyati tug’ildi. Uning faollashtiruvchi va tormozlovchi samarasi qo’zg’atuvchilarning jadalligi va davomiyligiga bog’liq. Dastlab I.M.Sechenov (1862) baqaning ko’rish burtaklarini ta’sirlash bilan, so’ngra Megun (1946,1950) miya tanasining retikulyar formasiyasini turli qismlarini qo’zg’atish hisobiga ko’plab orqa miya reflekslarini tormozlanishini ko’rsatdilar. Retikulyar formasiyaning faollashtiruvchi ta’siri orqa miyaning yoyuvchi reflekslarini tezlashishi va skelet muskullarining qisqarishi bilan namoyon bo’ladi.
Retikulyar formasiya yuqoriga ko’tariluvchi yo’llar bilan katta yarim sharlar po’stlog’iga, faollashtiruvchi ta’sir ko’rsatib, uning doimiy hushyorligini ta’minlaydi. Juda ko’plab tadqiqot ishlari bilan miya tanasidagi retikulyar neyronlarning aksonlari, katta yarim sharlar po’stlog’iga yetib boradi, bundan tashqari bu tolalarning ko’pchiligi po’stloqga borish yo’lida - talamusda uziladi, ko’pchiligi yuqoriga ko’tariluvchi retikulyar faollashtiruvchi tizim hosil qilib to’g’ri po’stloqga boradi. O’z navbatida miya tanasining retikulyar formasiyasi katta yarim sharlar po’stlog’idan keluvchi tolalarni oladi va undan keluvchi impulslar retikulyar formasiya faoliyatini boshqaradi.
Agar hayvon uxlayotgan yoki tinch holatda bo’lsa, retikulyar formasiya elektr toki bilan qo’zg’atilsa unda faollashuv yuz beradi va u uyg’onadi. Bu paytda elektroensefalogrammada past amplitudali tez-tez takrorlanuvchi ritmlar qayd qilinadi (chastotasi 13 Gs va yuqori). Agarda yuqoriga ko’tariluvchi retikulyar yo’llar shikastlansa, faol yoki tinchlik holatidagi hayvonlarda elektrofaollikni pasayishi kuzatiladi, hayvonlar esa chuqur uyquga ketadi. Bunday hayvonning elektroensefalogrammasida chastotasi 4 Gs dan past bo’lgan ritmlar yuzaga keladi.
Retikulyar formasiya adrenalin va asetilxolin kabi fiziologik faol moddalarga yuqori sezuvchanlikga ega.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin