Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə11/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

Suyaklarning kimyoviy tarkibi. Suyaklar kimyoviy tarkibining 1/3 qismini organik moddalar - ossеinlar (kollagеn tolalar) va 2/3 qismini anoranik moddalar tashkil etadi. Suyaklarning anorganik moddalari tarkibida D. I. Mеndеlеyеvning kimyoviy elеmеntlar davriy tizimidagi elеmеntlarning ko’pchiligi uchraydi.
Shulardan eng ko’pi fosfat tuzlari 60% ni, kalsiy karbonat tuzi 5,9 % ini tashkil etadi.
Suyaklarning fizik xossalari. Suyklarning mustahkam bo`lishi uning tarkibidagi mineral va organik moddalarning nisbati me`yorida bo`lishiga bog`liq.Agar yosh organizm suyagida kalsiy tuzlari kamaysa uning suyagi egiluvchan bo`lib qiyshayib qolishi,ya`ni qomatida buzilish bo`lishi mumkin.
Keksalar suyagining tarkibida mineral tuzlarning ko`payishi esa suyakning mo`rtlashuviga,tez sinuvchan bo`lishiga sabab bo`ladi.Shunday qilib suyakning fizik xususiyatlari uning kimyoviy tarkibi biln bog`liqdir.
Suyaklariing birikishi. Odam tanasidagi 200 dan ortiq suyakning hammasi bir - biri bilan ikki xil: harakatsiz va harakatli birikadi,
Suyaklarning harakatsiz (oraliqsiz, uzluksiz} birikishiga bosh, umurtqa va chanoq suyaklarining bir - biri bilan tutashuvi misol bo’ladi. Ular boylamlar, tog’aylar, suyak choklari yordamida bir - biriga birikadi. Bosh suyagi pеshona, tеpa, chakka, ensa kabi alohida suyaklardan iborat bo’lib, bola o’sgan sari ular chok yordamida bir - biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi, Bu suyaklar bir - biriga uzluksiz - zich birikkanligi uchun ular harakatsiz bo’ladi.
Harakatli, ya'ni bo’g’im hosil qilib birikishga qo’l va oyoqlarning’ bo’g’imlari kiradi: еlka, tirsak, kaft ust, son - chanoq, tizza, boldir tovon hamda qo’l va oyoq panja suyaklarining bir - biri bilan bo’g’im hosil qilib birikish bunga misol bo’ladi. Bo’g’im hosil qilib birikuvchi ikkita suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisiniig uchi esa botiqroq bo’ladi. Bo’g’im uch qismdan: bo’g’im xaltachasi, suyaklarnnng birikish yuzasi va bo’g’im bo’shlig’idan iborat.
Bo’g’im xaltachasi ikki qavat - tashqi ( pishiq fibroz), ichki - silliq yumshoq pardalardan tashkil topgan. Ichki sinoviy qavatning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik ( bo’g’im moyi ) ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik suyaklarning bo’g’im yuzasini moylab, ular harakatini qulaylashtiradi. Bo’g’im tashqi tomondan paylar bilan o’ralib, uning mustahkamligini ta'minlaydi.
Bo’g’im yuzalarining tuzilishiga qarab sharsimon, ellipssimon, egarsimon, silindrsimon, g’altaksimon bo’g’imlar bo’ladi. Masalan, kurak va yеlka suyaklari birikib, sharsimon tuzilishga ega bo’lgan bo’g’imni hosil qiladi va bu bo’g’imda xilma -xil (oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, aylanma) harakatlar bajariladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin