Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə89/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

Odam biг kecha-kunduzda bajaradigan ishiga sarflanadigan energiya. Bu energiyaning miqdori har bir odamning kasbiga.ko’p yoki oz harakatlanishiga bog'liq. Aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchilar kam energiya sarflaydi. Jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchilar, sportchilar ko'p energiya sarflaydi. Masalan, odam o'rtacha tezlikda yurgan vaqtda uning organizmi sarflaydigan energiya miqdori asosiy moddalar almashinuvi uchun sarflanadigan’energiya miqdoriga nisbatan ikki marta ko'payadi (1680*2=3360 kkal). Odam o'rtacha tezlikda chopgan vaqtda sarflanadigan energiya asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiyaga nisbatan to'rt marta ko'payadi (1680*4=6720 kkal). Umuman bajaradigan ishning turiga ko'ra, bir kecha-kunduzda sarflanadigan energiya miqdori har xil bo'ladi.
Bajaradigan ishning turiga va sarflanadigan energiya miqdoriga ko'ra, odamlar to'rt guruhga bo'linadi;
-birinchi guruhga aksariyat yengil mehnat, aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchilar kiradi. Ular organizmi bir kecha-kunduzda sarflaydigan energiya miqdori 2500-3000 kkal ga teng (asosiy moddalar almashinuviga, ovqat hazm qiltshga va bajaradigan ishga sarflanadigan energiya yig'indisi);
-ikkincht guruhga mexanizatsiyalashgan jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchilar kiradi. Ular bir kecha-kunduzda 3000-3500 kkal enetgiya sarflaydi;
-uchinchi guruhga mexanizatsiyalashmagan jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchilar kiradi. Ulaming bir kecha-kunduzlik energiya sarfl 3500-4500 kkal ni tashkil etadi. Muntazam ravishda jismoniy taibiya va sport bilan shug'ullanuvchilar ham shu guruhga kiradi;
-to‘rtinchi guruhga mexanizatsiyalashmagan og'ir jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchilar kiradi. Shuningdek, yuqori raziyadga ega bo'lgan sportchilar ham shu guruhga kiradi. Bu guruhga kirgan odamlarning bir kecha-kunduzlik enetgiya sarfl 4500-8000 kkal ni tashkil etadi.
Ma’lumki, 1 g oqsil otganizmda kislorod bilan oksidlanib parchalanganda 4,1 kkal, 1 g yog’-9,3 kkal, 1g uglevod - 4,1 kkal energiya hosil qiladi. Demak, bir kecha-kunduzlik ovqat tarkibida iste’mol qilingan oqsil, yog', uglevodlarning miqdoriga qarab, hosil bo'lgan energiyaning umumiy miqdorini amqlash mumkin. Bu energiya miqdorini bajarilgan ish turiga qarab sarflangan energiya miqdoriga taqqoslash mumkin. Sog'lom, katta yoshli odamda bir kecha-kunduzlik ovqatdan hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo’lishi kerak. Organizmda hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga nisbatan ko’p bo'lsa, odam semiradi. Aksincha, iste’mol qilingan ovqatdan hosil bo’ladigan energiya sarflanadigan energiyaga nisbatan kam bo’lsa, odam tanasidagi yog' parchalanib, energiya hosil qiladi. Bunday jarayon bir necha kun, hafta davom etsa odam ozadi.
Shuni ta'kidiash lozimki, yoshlarda iste’mol qilingan ovqat­dan hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiyaga nisbatan ko’proq bo’lishi lozim. Chunki ma’lum miqdordagi energiya yosh organizmning o’sishi va rivojlanishi uchun sarfla­nadi.
Ko’pchilik odamlar aqliy va yengii jismoniy mehnat bilan shug’ullanadi. Ulaming kecha-kunduzlik energiya sarfi 3000-3500 kkal ni tashkil ctadi. Shundan 1200-1500 kkal energiya har kuni jismoniy mehnat bajarishga sarflanishi lozim. Agar jismoniy mehnat qilish zarurati bo’lmasa, sport bilan shug’ullanish kerak.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin