14-mavzu: Bolalar salomatligi holati va uni himoyalash
Reja:
1. Sog’lom organizm haqida tushuncha.
2. Kasal organizm haqida tushuncha.
3. Kasalliklarning kelib chiqishi.
4. Yuqumli kasalliklar.
5. Kasalliklarning yoshga qarab tarqalishi.
6. Infeksiyaning tarqalish yo’llari.
7. Organizmning o’zini-o’zi himoya qilishi.
8. Bolalarda uchraydigan infeksion kasalliklar.
9. Sog’lom turmush tarzi va uning tarkibiy qismlari.
Sog’lom organizm bu kishi organizmning shunday holatini, ya‘ni uning barcha organlari va sistemalari tashqi muhitning uzgarishlariga yaxshi moslasha oladigan, o’zida xech qanday uzgarish sezmaydigan, normal aqliy va jismoniy ish bajaradigan, hech qanday kasallik belgilarini sezmaydigan organizmdir.
Sog’lom organizmning xarakterli belgilari shundaki, u tashqi muhit sharoitlarining har qanday murakkab uzgarishlariga tez moslashishlari bilan birgalikda, ma‘lum jismoniy mehnat qobiliyatlarini yuqotmaydilar. Shunga qaramasdan barcha bolalarning va o’smirlarning gavda tuzilishi , jismoniy va aqliy rivojlanishi chiniqishi bir xil bo’lavermaydi. Bu esa bolalarning irsiy xususiyatlariga, sotsial va ijtimoiy sharoitlarga va boshqa ta‘sir etuvchi sabablarga bog’liqdir. Yuqorida kursatilgan sabablar bolalarning yoshi, jinsidan qatiy nazar ularning aqliy va jismoniy rivojlanishi darajasiga ta‘sir etadi.
Shuning uchun tarbiyachilar, o’qituvchilar xar bir bolaning ana shu fiziologik va psixologik xususiyatlariga bilimlariga asoslangan holda ta‘lim va tarbiyaviy ishlarni olib borish maqsadga muvofiqdir.
Biz tarbiyachi pedagoglar, tibbiyot xodimlari va ota-onalar bolalar salomatligi uchun kanchalik kurashmaylik bari-bir bolalar ayrim kasalliklar bilan kasallanadilar.
Kasal organizm bu kishi organizmining shunday xolatiki, u tashqi muxit sharoitining ozgina o’zgarishlariga ham moslasha olmaydi. Natijada, uning aqliy va jismoniy ish qobilyati pasayadi yoki butunlay yuqoladi. Be‘mor tanasining ma‘lum qismida og’riq paydo bo’lishi, yurak uynashi, nafas qisishi, ko’ngil ozishi, umumiy quvvatsizlik kabi kasallik belgilaridan shikoyat qiladi.
Kasallik qo’zg’atuvchi sabablar turlicha bo’ladi fizikaviy, ximiyaviy, mexanik ta‘sirotlar, mikroblar, bakteriyalar viruslar vositasida va boshqalar. Kasalliklar kelib chiqishi sabablariga kura, yuqumsiz va yukumli kasalliklarga bo’linadi. Yukumsiz kasalliklarni qo’zg’atuvchi va tarqatuvchilari bo’lmaydi. M-n: Sinish, chikish, bosh og’rig’i, xirurglik kasalliklar va boshkalar.
Yukumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi va tarqatuvchilari bo’ladi. Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarga: bakteriyalar, zamburug’lar, sodda jonivorlar, rikketsiyalar, viruslar sabab bo’ladi. Yuqorida kursatilgan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarning kishi organizmga kirishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklariga yuqumli kasalliklar deyiladi. Bakteriyalar shakli katta kichikligi va xossalari nihoyat xilma-xil bo’ladigan mikroorganizmlardir. Sharsimon xillari-xonklar, tayoqchasimon xillari-badillalar deb ataladi. Uzum boshiga uxshash, to’p-to’p joylashadigan koklar stafilakoklar deb ataladi. Bular terining yiringli kasalliklariga, jaroxatlarni moddalab ketishiga sabab bo’ladi.
Zamburug’lar - teri soch, soch va shilliq pardalarida bo’ladigan kasalliklarni keltirib chiqaradi va shakli, hamda xossalari jihatidan xilma-xil bo’ladi. M-n: kirma temiratki, zamburug’i teri va sochlarni shikastlantirsa mogorasimon zamburug’i chaqaloq bola tili, hamda tanlayining shilliq pardasini shikaslantiradi.
Sodda hayvonlar - bir xujayrali hayvonlardir. M-n: bir hujayrali plazmodiy bezgakka sabab bo’lsa, ichak amyobasi- qon aralash ich ketishiga (dizenteriyaning bir turiga) sabab bo’ladi. Rikietsiyalar - juda mayda qo’zg’aluvchilar bo’lib, bular orasida toshlamli tif qo’zg’aluvchilari odam uchun hammadan xavfli bo’ladi. Viruslar - shu qadar mayda bo’ladiki, hatto elektron mikroskopda ham hamma vaqt kurinavermaydi. Ular juda zich filtirlardan ham utib ketadi, shuning uchun ham «tutqich bermaydi» va filtirlanuvchi viruslar deb ataladi. Qizamiq, gripp, paloimielit, qutirish, chin chechak va suv chechak qo’zg’aluvchilari filtirlanuvchi viruslar jumlasiga kiradi va xokazo.
Ko’pchilik kasalliklarda kasal odam yoki xayvon infektsiya manbai xisoblanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi shularning organizmidan fiziologik yo’l bilan (nafasdan chikariladigan havo, balg’am, siydiq axlati bilan) yoki patologik yo’l bilan (yutalganda, qayt qilganda, jaroxatlar, yaralar va yallig’langan shilliq pardalardan chiqadigan ajratmalar bilan) tashqariga chiqib turadi.
Kasallik avjiga chiqqan davrida yoki kasalliklarni yashirin davrida (qizamiq), ayrim hollarda tuealish davrida (ich terlama, dizenteriya, diafteriya) bemor organizmidagi kasallik qo’zg’atuvchilari hammadan qup chiqadi.
Ko’pincha bola yoki katta odam tuzalib ketgandan keyin ham infektsiya manbai bo’lib qolaveradi. Kasal organizmdan tashqariga chiqqan kasallik qo’zg’atuvchisi qisman tashqi muxitda o’ladi yoki boshqa organizmga tushguncha saklanib qoladi. Sog’ organizmga tushgach parazitlik qila boshlaydi.
Infektsion kasalliklar qo’zg’atuvchilarning tarqalish yo’llari turtta gruppaga ajratiladi: kontakt yo’li, havo tomchi, suv-ovqat va tirik jonivorlar orqali tarqalish yo’llari.
Kontakt yo’li - bemorga yaqin bo’lganda kasallikning yuqib qolishidir. Bevosita va bilvosita kontakt tafovut qilinadi. Bevosita kontaktda kasallik qo’zg’atuvchisi kasal organizmdan sog’lom organizmga tug’ridan tug’ri utadi (o’pishish vaqtida, hayvon tishlaganda, sulagi tushganda va xokazo) bilvosita kontaktda kasallik ruzg’or buyumlari orqali: kitob-daftar, kiyim-bosh va oyoq kiyim almashtirish va boshqa yo’llar. M-n: Difteriya, kutirish, sil va boshqa kasalliklar bevosita kontakt yo’li bilan yuqsa dizenteriya, ich terlama, difteriya va boshqa kasalliklar bilvosita yo’l bilan o’tadi.
Kasallikning havo tomchi usulida tarqalishi kasal odam aks urganda va yo’talganda, mayda tomchilar orqali kasallik qo’zg’atuvchilarning yuqishidir. Bularga gripp, difteriya, ko’k yo’tal qizamiq, shuningdek sil va boshqa kasalliklar yuqadi.
Kasalliklar davomiyligiga kura utkir va surinkalik kasalliklarga bo’linadi. Utkir kasalliklar bidaniga boshlanadi va bir necha kun davom etadi. Surinkali kasalliklar esa, oylab, yillab davom etishi mumkin. Surinkali kasalliklar belgilari yukolib (kamayib) sung yana qaytalanib turadi. Ko’pincha surinkali kasalliklar o’tkir kasallikni vaktida davolamaslikdan oyokda o’tkazish, dori-darmonlardan foydalanmaslik natijasida kelib chiqadi. Bunday kasalliklarga o’pka zotiljami, buyraq jigar kasalliklari. Ba‘zi kasalliklar esa boshlanishidan surinkali davom etadi. M-n: revmatizm, tuberkulyoz kabi kasalliklar.
Kasalliklar yoshga qarab turlicha tarqaladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’proq tug’ma kasalliklar, upkaning shamollashi, oshkozon-ichakning funktsional yoki notug’ri ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar ko’prok uchrasa, maktabgacha yoshdagi bolalarda qizamiq, ko’k yo’tal, tepki, suvchechaq ichburug’, angina, o’pka va nafas yo’llarining shamollashi, gripp kasalliklari ko’prok uchraydi. Maktab yoshidagi bolalar va o’smirlarda revmatizm, tuberkulyoz, shikastlanish, buyrakni shamollashi, tosh kasalliklari, jigar va gijja kasalliklari bilan ko’prok og’riydilar.
Kasalliklar bolalarning jismoniy o’sishiga katta ta‘sir etadi. Ayniqsa, surinkali uzoq davom etadigan kasalliklar, ya‘ni revmatizm, oshkozon-ichak jigar va ut yo’llari, buyrak kasalliklari organizm va to’qimalarda moddalar almashinuvi jarayonini buzadi, kamkonlik kasalligini yuzaga keltiradi, natijada jismoniy rivojlanishi susayadi, bolaning ish qtsobiliyatiga salbiy ta‘sir kursatadi.
Barcha tirik organizmlar (usimliklar, xayvonlar )shu jumladan, insonlar ham uzini-uzi ximoya qilish xossalariga ega. M-n: ko’z yoshi suyuqligi, sulak qon va limfada lizotsim (tabiatan oqsil) moddasi bo’lsa, odamning toza terisi kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarga xalokatli ta‘sir kursatadigan lizotsimga uxshash modda ajralib turadi. Nafas yo’llarining shilliq pardasi infektsiyaga javoban shilimshiq ajratib, burtib chiqadi va qizaradi. Unda fagotsitoz yo’li bilan oziqlanadigan leykatsitlar paydo bo’ladi va boshkalar.Traxeya, bronx va broixiollalar krplab turadigan xilnillovchi epiteliy esa uz kiprikchalarini tebratib, tushib qolgan chang zarrachalarini va mikroblarni tashqariga chiqarib tashlaydi. So’lak me‘da, ichak shiralaridagi fermentlar ham mikrob va bakteriyalarni xalok qiladi. Immunitet - organizmning turli kasalliklardan o’z-o’zini ximoyalanish uslubidir. Organizmning ximoyalanishi katta rol o’ynab, tabiiy va sun‘iy immunitet farqlanadi.
Tabiiy immunitet tug’ma shuningdek boshdan kechirilgan kasallik tufayli turmushda orttirilgan bo’lishi mumkin. Sun‘iy immunitet faqat turmushda orttirilgan, shunda ham aktiv yoki nassiv bo’ladi. M-n: agar bolaga chechakka karshi emlangan bo’lsa yoki poliomilitga karshi vaktsina berilgan bo’lsa, bunday xollariing hammasida organizmga zaiflashtirilgai qo’zg’atuvchi yuborilgan bo’lib, organizm qo’zg’atuvchilarga qarshi javoban uzoq davom ztadigan immunitet paydo qiladi.
Bolaga tayyor ximoya moddalari bo’lgan zardop (vaksina) yuborilganda organizm himoya moddalari ishlab chiqarishda uzi ishtirok etmay, qisqa muddat davom etadigan immunitet yuzaga keladi.
Bolalarda ko’proq uchrab turadigan ayrim yuqumli kasalliklar ustida tuxtaymiz. Qizamiq - qo’zg’atuvchisi filtrlanuvchi virus, havo-tomchi usuli bilan tarqaladi. Havo oqimi bilan bu virus ancha joyga tarqalib, eshik yoki deraza tirqishlaridan qo’shni xonalarga o’tishi mumkin. Ammo kasal yotgan uy dezinfektsiya qilinmaydi, shamollatiladi va xul latta bilan artiladi.
Kasallik tumov bo’lib yutalishidan boshlanadi, keyinchalik bola aks urib, ko’zidan yosh oqadi va yorug’likka qaray olmay qoladi. Tana temperaturasi 38-39 gacha kutariladi. Tomoq qizaradi. 4-5 kunga kelib lunjlarning shillik pardasida oqish dog’lar paydo bo’ladi. Bolaning yuzi qizamiq kasalligiga xos kurinishga kiradi. Yuz, ko’krak, orqa, qo’l va oyoqlarda yirik-yirik toshma paydo bo’ladi. Bola lanj bo’lib ovqat yemay qo’yadi. Toshma paydo bo’lgandan keyin beshinchi kunga kelib qizamiqning yuqumli davri tugaydi 7-8 kundan keyin kasallik tuzala boshlaydi. Qizamiqni oldini olish uchun emlashadi. Shu kasal bilan birga bo’lgan bolalar 21 kun ajratib quyiladi.
Epidemik paratit-tepki kasallik qo’zg’atuvchisi filtrlanuvchi virusdir. Ko’pincha 5-15 yoshgacha bolalar kasallanadi. Kasal organizmdan sog’lom organizmga xavo-tomchi yo’li bilan utadi. Inkubatsion davri 14-21 kun. Kasallik lanj bo’lib, birdan temperatura ko’tariladi, bosh og’riydi og’iz quriydi, ovqat chaynaganda quloq oldi va jag’ osti bezlari shishganligi uchun og’riydi. Kasallik 8-10 kun davom etadi. Bolalar 21 kun ajratib quyiladi.
Poliomielit-shol kasalligi qo’zg’atuvchisi filtrlanuvchi virusdir. Inkubatsion davri 2 kundan 35 kungacha davom etadi. Kasallik temperaturaning kutarilishi (38-39), kungli ozishi, bosh og’rig’i, ba‘zan qorin og’rig’i bilan boshlanadi, 3-5 kunga kelib temperatura tushadi va qo’l oyoq muskullarida falajlar bo’lib qolishi mumkin. Naf yo’lining falaj bo’lib qolishi o’limga olib boradi.
Epidemik gepatit-sariq kasalni tarqatuvchisi virusdir. Bu kasallikni virusli ekanligini dastlab rus terapevti S.P.Botkin ko’rsatib utgan edi. Shu munosabat bilan bu kasallikni Botkin kasalligi deb xam yuritiladi. Inkubatsion davri 2-4 xafta, lekin 50 kungacha emlangan bolalarda 60-90 kungacha bo’lishi mumkin. Kasallik qo’zg’atuvchi viruslar jigarni ut hosil kiluvchi elementlarini shikastlantiradi. Bu esa jigar strukturasiga ta‘sir etadi. Kasallik biroz temperatura kutarilib, umuman lanj bo’lish, temperaturaning kutarilishi, ishtaxani yo’qolishi, qorinning o’ng tomonida og’riqni paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Avvaliga ko’zni oqi, badan terisi sarg’ayadi, axlat okaradi. 3-4 xaftalardan keyin asta sekin bu belgilar yukola boshlaydi. Epidemik gepatit bilan og’rigan bolalar bir yil davomida emlashdan ozod etiladi.
Difteriya- kasalligi qo’shuvchisi lefler tayoqchasidir. Bevosita kontakt yo’li bilan bemorning buyumlari orqali va xavodan utadi. Kasallik bolani lanj bo’lib, temperaturasi 38° -39° gacha ko’tariladi, boshi og’riydi, darmoni qurib, tomog’ida og’riq paydo bo’ladi. Buyin limfa tomirlari bir muncha shishib chiqadi va anginaga uxshab qoladi. Kasallikni inkubatsion davri 2-7 kun. Difteriya aksari tomoq, burun va xig’ildoqni shikastlantiradi. Kasallik avj olganda unga tushgan qo’zg’atuvchilar kup toksinlar ishlab chiqarib nerv sistemasini zaxarlab, yurak muskullarini falaj bo’lib qolishiga va xatto ulimga olib kelishi mumkin.Kuk yutal, difteriya, koksholga karshi kombinatsiyalashgan vaktsina berish yo’li bnlan difteriyaga qarshi kurashiladi.
Gripp - qo’zg’tuvchisi qaynatishga bardosh bera olmaydigan virusdir. U nafas yo’li orqali organizmga kiradi. Virusli gripp bilan og’rigan kasal yutalganda va aks urganda atrofga tarqaladi. Inkubatsion davri bir necha soatdan 2-3 kungacha davom etadi. Gripp kasalligi birdan boshlanadi. Tana temperaturasi kutariladi. Odam lanj bo’lib, a‘zoyi-badani zirqirab og’riydi.
Dizenteriya - ichburug’ kasalini tarqatuvchi shaklan tayoqchaga uxshab ketuvchi mikrobdir. Inkubatsion davri 2-7 kun. Kasallik birdan boshlanadi, tana temperaturasi juda ko’tarilib, et uvishadi, bosh og’riydi, qorin burab- burab tutadigan og’riklar paydo bo’lib, qon va shilliq aralash ich ketadi.
Yuqumli kasalliklarni yashirin davri xar xil bo’ladi. Yashirin davri deb, kasallikni yuqqan vaqtidan boshlab, to organizmda belgi bergancha utgan vaqtga aytiladi. M—n: Qutirish 40 kun, sarik kasal 14 kun, gripp 3 kun, dizenteriya 3 kun, bug’ma 5 kun, kuk yutal 9 kun, qizamiq 10 kun, qizilcha 17 kun, suvchechak 14 kun, tepki 7 kun, poliomeielit 7-14 kun. Kasallikni yashirin davri qapcha ko’p bo’lsa, uning shuncha ko’p tarqalishiga imkon tug’iladi.
Sog‘lom turmush tarzi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga turli ko‘rinishda ta’riflar berilgan.
Dostları ilə paylaş: |