T abiatni o‘rganishning turli metodlari mavjud: 1) Kuzatish va tavsiflash;
2) O‘lchovlar o‘tkazish;
3) Tajribalar o‘tkazish;
4) Taqqoslash;
5) Modellashtirish
Kuzatish – bu tabiatdagi sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlarga
t a’sir etmasdan o‘rganishdir. Masalan,hayvon-larning xatti-harakatlarini kuzatishingiz mumkin. Kuzatish natijalari maxsus kundalikda qayd etib boriladi. Ishonchli natijalarga erishish uchun aynan bir xil sharoitda kuzatish-lar takrorlanadi.
Tabiatni kuzatish uchun qanday asbob-uskunalar zarur? O‘lchovlar o‘tkazish. Tajriba va kuzatishlar davomidaturli o‘lchovlar o‘tkaziladi. Eng oddiy o‘lchov vositasi– chizg‘ich yordamida obyektlarning uzunligi, kengligiva balandligini o‘lchash mumkin. Jismlarning massasini
o‘lchash uchun tarozilar, haroratni o‘lchash uchun esa termometrlardan foydalaniladi. Siz vaqtni o‘lchash asbobi – soatni yaxshi bilasiz. Murakkab o‘lchovlarni amalga oshirish uchun maxsus qurilmalar, masalan, qon bosiminianiqlash uchun elektron tonometr, atmosfera bosimini aniqlovchi barometrlar ishlab chiqilgan.
Tajriba – eksperiment(lotinchaeksperimentum – “sinov”,tajriba) kuzatishga qaraganda ancha murakkab amaliy metod hisoblanadi. Tajriba o‘tkazganda
tadqiqotchi o‘rganilayotgan tabiiy obyekt va jarayonlarga ta’sir
ko‘rsatadi. Sug‘orish jarayoni o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tajribada aniqlash yuzasidan quyidagicha tadqiqot o‘tkazish mumkin. Buning uchun bir turga mansub bir xil o‘lchamdagi uchta o‘simlik parvarish qilinadi. Birinchi va ikkinchi o‘simlikdan tajriba guruhi sifatida tadqiqot uchun, uchinchi o‘simlikdan nazorat guruhi sifatida taqqoslash uchun foydalaniladi. Tajriba guruhidagi birinchi o‘simlik ko‘p, ikkinchi o‘simlik esa kam, nazorat guruhidagi o‘simlik esa odatdagidek yetarli miqdorda sug‘oriladi. Tajriba davomida barcha guruhdagi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi bir oy davomida kuzatiladi. Shu bilan birga o‘simlikning bo‘yi o‘lchanib, yangi hosil bo‘lgan barglar soni hisoblab boriladi. Barcha ko‘rsatkichlar tadqiqot kundaligiga batafsil qayd etib boriladi. Olingan ma’lumotlar taqqoslanib, tajriba davomida namlik miqdorining o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishiga qanday ta’sir qilishi haqida xulosa chiqariladi.