O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Maktab menejmenti kafedrasi qoshida tashkil etilgan
“YOSH MENEJERLAR”
to’garagining yillik ish rejasiga tahlil.
Muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika institute “Maktab menejmenti” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh menejerlar” to’garagining yillik ish rejasi bilan tanishib chiqdim. Unga ko’ra ushbu to’garak mashg’ulotlari 2022-yil sentabrdan har oyning 2-4-haftalarida payshanba kunlari soat 14:00da “Maktabgacha ta’lim” fakulteti 5-xonasida o’tkaziladi.
To’garak mashgulotlari rejasi 2022-yil avgust oyidagi 1-majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan. To’garak rahbarlari G. Rajabova va X. Saidova ustozlar. To’garak o’z ichiga 20 ta turli xil “Liderlik va tashkilot madaniyati”, “Xaridorlar bilan hisob kitoblar”, “Nizo va stressni boshqarish”, “Menejmentda matematik modellar” kabi mavzularni qamrab olgan. Ushbu to’garak o’z ichiga 10ta bakalavr talabalarini jalb olgan.
Har bir oyda o’tilgan to’garak mashg’ulotlariga to’garak rahbari bayonnoma yozib boradi. Bayonnomada qatnashuvchilar, kun tartibi va to’garak rahbari talabalarga ushbu to’garak soatida menejment tizimida maqsad va vazifalarning o’rni tog’risida ma’lumotlar berib brogan. Talabalarga esa to’garak mashg’ulotda berilgan ma’lumotlar kelajakda o’z boshqaruv faoliyatlarini tashkil etishda muhim ma’lumot ekanligini tushunib borishmoqda.