118
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON
Havo.
Atmosfera havosi Yerning ma’lum qobig‘i sifatida narcha tirik organizmlar
uchun, jumladan o‘simliklar uchun ham nihoyatda muhim ekologik faktor
hisoblanadi. Atmosfera havosi o‘simliklarda boradigan fotosintez jarayonini CO2
va nafas olish uchun O2 bilan ta’minlaydigan manba hisoblanadi.
Atmosfera
havosining tarkibi, deyarli bir xil bo‘lib, o‘simliklar tarqalgan barcha mintaqalarda
78,1% azot, 21% kislorod, 0.032% karbonat angidrid, 0,9%
inert gazlaridan
iboratdir. Olimlarning ta’kidlashicha, 2 mln. yilda yerga deyarli hamma suv
(taxminan 1,5mlrd.km
3
) «parchalanish- qaytarilish» sklidan o‘tib, «fotosintez-nafas
olish» holatini bosib o‘tadi. Ajralgan kislorod stmosfera kislorodini tashkil etadi.
Atmosfera tarkibida doimiy bo‘lmagan komponentlardan tutun va sanoat gazlari
ham o‘simlikning o‘sishga, rivojlanishiga katta ta’sir korsatadi.
Tutun va sanoat
gazlariga bo‘lgan sezgirlik, o‘simlik turlariga qarab har xildir. Tog‘ terak va
tilog‘och buni tez sezadi va o‘sishi sekinlashadi, ko‘p holda nobud bo‘ladi.
Shamol.
O‘simliklarda shamol ta’sirida transpiratsiya kuchayadi, turli darajada mexanik
ta’sirlanadi. Urug‘ va mevalarning tarqalishiga yordam beradi.
Shamolning holati
va tezligi joyning relefi, shakli, o‘simliklar qoplami joylashgan o‘rniga qarab
o‘zgarib turadi. Qalin o‘simlik qoplamlarida, o‘rmonlarda shamol 85%
gacha
sekinlashadi. O‘simliklar qoplamining zichligi shamol eroziyasining oldini oladi.
Sun’iy daraxtzorlar tashkil qilish shuning uchun ham katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: