YoSh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘Shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Yüklə 18,88 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü18,88 Kb.
#163351
  1   2
Yosh oila




YoSh OILALARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Qayd etilsinki, respublikada oila institutini rivojlantirishga, shu jumladan yosh oilalarni qonunchilik, iqtisodiy va ijtimoiy choralar bilan qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor berilmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, birinchi navbatda yosh oilalarning o‘z turar joyiga ega bo‘lishida amaliy yordam ko‘rsatish uchun ularga imtiyozli ipoteka kreditlari berish tizimi joriy etildi, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydan kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti oluvchi yosh oilalar a’zolarining daromadlariga soliq imtiyozlari berildi. Keyingi uch yilda ipoteka kreditlari berish hisobiga yosh oilalar uchun umumiy summasi 355,4 mlrd so‘mlik 9 360 ta kvartira qurildi.
Qishloq joylarda Davlat budjeti va Osiyo taraqqiyot bankining mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda uy-joy ipoteka qurilishi dasturlari doirasida aholining, birinchi navbatda yosh oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda.
Shu bilan birgalikda shaharlar, tumanlar va shahar posyolkalarida yashovchi yosh oilalar uchun uy-joy qurilishi dasturini kengaytirish, uy-joy qurish va maishiy turmushni tashkil etishda yosh oilalar uchun shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.
Yosh oilalar hayotining qulay maishiy sharoitlari yaratilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qimmat bo‘lmagan uy-joyga ega bo‘lishni yanada kengaytirish, shuningdek “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012-2013-yillarda shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Belgilansinki:
yangi ko‘p kvartirali uylar qurish O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar bo‘yicha, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan ko‘p kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish esa — aniq obyektlarga biriktirilgan va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi;
yangi qurilishni moliyalashtirish, mavjud foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan ko‘p kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish, keyinchalik ko‘rsatib o‘tilgan uylardagi kvartiralarni ehtiyojmand yosh oilalarga ipoteka krediti berish shartlarida sotgan holda, tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Dasturga muvofiq ipoteka krediti berish shartlarida uy-joy olishga ehtiyojmand yosh oilalarni tanlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan 2-ilovaga* muvofiq namunaviy tarkibdagi ipoteka krediti berish shartlarida uy-joy sotib olishga ehtiyojmand yosh oilalarni tanlash bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
2-ilova berilmaydi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda muhandislik infratuzilmasi, shu jumladan gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya, ichki kirish yo‘llari mavjudligini hisobga olgan holda yangi ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda qurilishi tugallanmagan obyektlarning, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan foydalanilmayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning ko‘p kvartirali uylar etib rekonstruksiya qilinishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatiga pul qiymati bilan berilishini ta’minlasinlar;

Yüklə 18,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin