19
bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar:
esdaliklar, xatlar, rasmlar, tasniflar, baholar,
magnitofon ovozlari,
fotolavhalar,
hujjatli filmlar, mobil telefon tasvirlari va hokazolar o’rganilayotgan shaxsni
to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda,
uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda
yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog’liq
jarayonlar; she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik
turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o’ziga
xosligini, shaxsning ma’naviyat,
qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o’rganish mumkin. Inson
ongining xossasi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga
xos va ijtimoiy
xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o’z ifodasini topadi.
Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining
ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o’tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi,
idora etishi, o’zining
uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida
namuna vazifasini o’taydi.
Rivojlanish psixologiyasida bolalarning tarjimai holi asosidagi ilmiy
tadqiqotlar, masalan, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinaning kuzatishlari “Ona kun-
daligi” nomi bilan mashhurdir. Shunday tadqiqotlar chet el psixologiyasida ham
keng tarqalgan.
Badiiy adabiyotda
yaratilgan talay asarlar, masalan, L.N.Tolstoy, A.
M.Gorkiy, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning esdalik-
lari tarjimai hol shaklida bo’lib, ular bilan tanishish natijasida mualliflarning his-
tuyg’usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste’dodi,
qiziqishi, intilishi, mayli,
layoqati, dunyoqarashi, e’tiqodi, nafosati, axloq va odobi to’g’risida ma’lumotlar
olish mumkin.
Anketa
metodi. Rivojlanish psixologiyasida keng qo’llanadigan
metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi
odamlarning psixologik
xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari o’rganiladi.
Anketa odatda uch shaklda tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan
motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchisida esa har bir
savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi turdagi anketada
sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi.
Anketadan turli yoshdagi
odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari
va qobiliyatlarini, o’ziga, tengdoshlariga, katta va
kichiklarga munosabatlarini
aniqlash maqsadida foydalaniladi.