21
Odatda, affektiv holatga berilishni yoki affektiv ta’sirlanishni bola kattalar
bilan muloqotda psixik jihatdan qoniqmasligi hosil qiladi.
Psixologik
ma’lumotlarga ko’ra, “portlash”, “lov etish” xususiyatiga ega bo’lgan affekt
quyidagi sabablar bilan vujudga keladi:
1) kattalar bolaning xohish-istaklarini tushunmasligi, imo-ishorasi va yuz-
chehra harakatlariga, pantomimikasiga (yuz bilan tana harakatlari qo’shilishi)
e’tiborsizligi;
2) bolaning ixtiyorsiz xatti–harakatiga batamom qarshilik ko’rsatishi,
shuningdek, uning talabini bajarmasligi, qoniqtirmasligi;
3) boladagi o’zgarishlarga oid bilimlardan bexabarligi, bu o’zgarishlarni
oldindan seza olmasligi va boshqalar.
Jazavaga tushishning xususiyati va darajasi bolaning yashash sharoiti hamda
unga kattalarning munosabatida o’z ifodasini topadi va mahalliy mezonlar yordami
bilan aniqlanadi. N.A.Menchinskaya o’z kundaliklarida bir yarim yoshli o’g’lining
o’jarligini shunday ta’riflaydi: “Mumkin emas!” degan taqiqlashga javoban Sasha
o’jarlik qilar, sho’xligini yana zo’r berib
davom ettirishga urinar edi; uning
o’jarona xohishini boshqa obyektga tortish bilangina bartaraf qilsa bo’lar edi:
ko’pincha taqiqlashga qarshi yig’lab injiqlik qilar, hatto, o’zini polga otar qo’l va
oyoqlarini tapillatar, ammo bunday “jazava” uning xulqida juda kam sodir bo’lib,
uni bunday sho’xliklaridan tez va oson chalg’itish mumkin edi..”
Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy va ularning shogirdlari olib
borgan ishlardan ko’rinadiki, bolada paydo bo’lgan dastlabki so’z-ibora go’daklik
davridan ilk bolalik davriga o’tishning eng muhim jihati va sharti hisoblanadi.
Harakat bilan so’zning bog’lanishi bolaning mustaqilligi va mustaqil faoliyatni
amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, unda intilishni jadallashtiradi.
Nemis psixologlari V.Shtern, K.Byuler va boshqalarning tadqiqotdarida
bayon qilinishicha, bola qo’llaydigan dastlabki so’zlar
ikkita muhim xususiyatga
egadir: birinchi xususiyati ular kattalar nutqidagi so’zlardan fonetik jihatdan keskin
farqlanishidir; ikkinchi xususiyati esa o’zining qamrovi bilan ko’pma’noli
ekanligidir. Boshqacha aytganda, mazkur so’zlar, iboralar ma’lum predmetni emas,
balki qator narsalarning nomini, hatto, guruhlarini anglatishi mumkin.
Yuqoridagi mulohazalarning dalili sifatida T.Ye.Konnikova tajribasidan
namuna keltiramiz. Olimaning nuqtai nazaricha, kattalar bilan bolalar muloqotida
ishlatiladigan so’zlarning farqlari turli manbaga va asosga bog’liqdir: a) bolalar
nutqida shunday so’zlar qo’llanadiki, ular hyech qachon katta odamlarda shunday
ma’noni bildirmaydi (adiga − baliq moyi, ika − sharf, gili-giliga − qalam); b)
ko’pincha bola nutqidagi so’zlar kattalar so’zlashuvining ma’lum bo’lagini emas,
balki uning o’zagini
tashkil qiladi, xolos (“is” − issiq”, “di” − keldi); v) bolalar
kattalar qo’llaydigan so’zlarni buzib talaffuz qilsalar-da, lekin predmetning
22
timsoliga asoslanib, ularning umumiy fonetik va ritmik jihatlarini saqlaydilar (“ti-
ti” − soat, “pa-pa” − mashina, “ling-ling” − radio, televizor); g) taqlidiy so’zlar
(“vov vov” − it, “mu-mu” − sigir, “ba - ba” − qo’y kabilar).
D.B.Elkonin tajribasida bir yoshu uch oylik Galya uchun “aka” degan
tushuncha (sun’iy bo’lsa-da) ho’l mevalar, konfet, qand, zoldir singari narsalarni
anglatgan. T.Ye.Konnikova tajribasida esa xuddi shu yoshdagi Nonna “kx-kx”
deganda mushuk, soch, mo’ynani atagan. Bu misollarni psixologik nuqtai nazardan
tahlil qilsak, ularda umumpsixologik qonuniyatga va
xossaga mos keluvchi ikkita
xususiyat haqiqatan mavjudligiga
ishonch hosil qilamiz, chunki bu voqyelik
metodologik hamda fenomenologik ahamiyat kasb etadi.
Juda
ko’p yirik psixologlar fikriga va kuzatishlarimiz natijalariga ko’ra,
bolaning nutqi ixtiyorsiz birdaniga vujudga kelish xususiyatiga ega bo’lib,
kattalarning mazmunli nutqi ta’sirida “nochor ahvolga tushib” qolib, o’z faolligini
yo’qotadi. Hatto, zarur shart-sharoit yaratilgan taqdirda ham bola o’zining nutq
boyligidan unumli foydalana olmaydi, chunki unda nutqning ichki dasturi mavjud
emas, shu boisdan tasodifiy xususiyatga ega.
Bolada dastlabki faol nutqning shakllanishi muammosi bilan shug’ullangan
F.I.Fradkina ilmiy-amaliy ahamiyatga molik ko’p ma’lumotlar to’plagan. Uning
tajribasida tabiiy muloqot paytida bola biror so’zni bir kunda o’zlashtirgan, biroq
sun’iy sharoitda esa 10−11
kun davomida o’sha so’z bildirgan predmetning
timsolini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan. F.I.Fradkinaning ma’lumotiga ko’ra
bolaning nutq boyligi 10
Dostları ilə paylaş: