bolada avval unli harflarni,
keyin undosh harflarni farqlash ko’nikmasi vujudga keladi.
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalar
asosida umumiy bir xulosaga kelish
maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, ikki yoshga to’lgan bola tilning barcha
tovushlarini fonetik jihatdan idrok qilish asosida nutqni tushunish imkoniyatiga
ega bo’ladi, bu hodisa shaxslararo munosabatni vujudga keltiradi.
Ilk bolalik davrida harakatlarning shakllanishi oriyentirovka faoliyati
xususiyati o’zgarishi bilan uzviy bog’liqdir. Bola u yoki bu harakatni amalga
oshirish uchun avval predmet bilan tanishadi: unga ko’z yugurtiradi, qo’liga oladi
va hokazo. Bolani predmetlarning shakli, rangi, vazni bilan tanishtirishda kattalar
amalga oshirish mo’ljallangan harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatni
qay yo’sinda bajarishni o’rgatadilar:
Bolani “Olib kel”, “Joyiga qo’y”, “Rasm chiz”, “Ushlab tur” kabi so’z
birikmalaridan iborat topshiriqning mohiyati bilan tanishtirib, keyin unga harakatni
bajarish yo’llari “Qalamni mana bunday ushla”, “Avval qo’lingga ol”, “Oldin o’ng
qo’ling bilan tut”, “Qoshiqni bunday ushlab og’zingga olib bor” deb ko’rsatiladi.
Shuning uchun ham bolada predmetli harakatni o’stirish murakkab jarayon
hisoblanadi.
Ilk bolalik amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, qo’l
operasiyalari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Bola ijtimoiy
qurollardan foydalanish usullarini o’zlashtirishi natijasida unda predmetli harakat
ko’nikmasi shakllanadi. Jismlar bilan turli harakatlarni o’zlashtirishda ulardagi
muhim va o’zgarmas alomatlarni ajratish ko’nikmasi hosil bo’ladi, natijada
umumlashtirish va umumiy tushunchalarni o’zlashtirish jarayoni ro’y beradi.
Yangi sharoitda predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o’sishiga ijobiy
ta’sir qiladi.
5-ma’ruza. Ilk o‘spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish