Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

xususiyatlari.
 


27 
1.O‘spirinlik inson hayot yo‘li tizimidagi o‘rni.
2.O‘spirinlik davrini psixologik nazariyalari. Yosh chegaralari. 
Intellektual sohani rivojlanishi.
3.Dunyoqarashni shakllanishi. Emotsional rivojlanish. O‘spirinlik 
davrida shaxsini rivojlanish xususiyatlari.
4.“Men-siymosi” va barqaror o‘zini o‘zi anglashni shakllanishi. 
O‘spirinlik davrida inqiroz muammosi.
5.O‘spirinlik davrida ijtimoiy faollik.
 
Ilk o’spirinlik yoshi davriga 15-18 yoshlardagilar (akademik lisey, kasb-
hunar kolleji o’quvchilari) kiradilar. Bu davrda o’quvchi jismonan baquvvat
o’qishni tugatgach, mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o’zini sinab 
ko’radigan imkoniyatga ega bo’ladi, ma’naviy jihatdan yetuklikka erishadi. Ilk 
o’spirin 16 yoshida mamlakat fuqarosi va 18 yoshida esa saylash hamda saylanish 
huquqiga ega bo’ladi. Bularning barchasi ilk o’spiringa fuqaro sifatida ijtimoiy 
jihatdan voyaga yetishi, hayotda o’z o’rnini topishi, o’z taqdirini o’zi hal qilishi va 
yetuk shaxs sifatida ma’naviy o’sishi uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. 
 
Ilk o’spirinning shaxsi ijtimoiy hayotda, akademik lisey, kasb-hunar kolleji 
jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlaqo yangicha mavqyei 
ta’sirida, o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar ta’sirida tarkib topa 
boshlaydi.
Mazkur davrning yana bir xususiyati − mehnat bilan ta’lim faoliyatining bir 
xil ahamiyat kasb etishidan iboratdir. Mavjud shart-sharoitlar ta’siri ostida ilk 
o’spirinning aqliy va axloqiy jihatdan o’sishida o’ziga xos o’zgarishlar, yangi 
xislat va fazilatlar namoyon bo’ladi. Akademik lisey, kasb-hunar kolleji 
o’quvchilari ijtimoiy hayotdagi dolzarb vazifalarni hal qilishda faol ishtirok eta 
boshlaydilar. Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta’lim xarakterining o’zgarishi yigit 
va qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e’tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy 
his-tuyg’uning vujudga kelishiga, bilimni o’zlashtirishga ijodiy yondashish 
kuchayishiga olib keladi, natijada mustaqil fikrlash shakllanadi.
Hayotda o’z o’rnini topishga intilish kasb-hunar egallash, ixtisoslikni
tanlash, istiqbol rejasini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo’lishni keltirib 
chiqaradi. Biroq bu davr kuch-g’ayrat, shijoat, qahramonlik ko’rsatishga urinish, 
jamoat, jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bo’lish bilan boshqa 
yosh davrlaridan keskin farqlanadi. 
Ayniqsa, turmush va o’qish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlari sinf 
(kurs) jamoasidagi o’zgacha vaziyat, ilk o’spirinlarning maxsus ta’lim tizimida 
egallagan yuqori mavqyei, jamoatchilik ishlarida tajriba orttirishlari ular oldiga 
yuksak talab hamda mas’uliyatli vazifalar qo’yadi. Bu davrda ilk o’spirin yangicha 


28 
ta’lim muhitida tashkilotchilik, rahbarlik, tarbiyachilik, tashviqotchilik vazifalarini 
o’tay boshlaydilar. 
Ilk o’spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat 
tashkilotlari, o’quv jamoasi, ta’lim jarayoni qo’yadigan talablar darajasining 
oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o’rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli 
qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar ilk o’spirinning axloqiy, aqliy, nafosat jihatdan tez 
o’sishi orqali bartaraf qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin