Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


O’smirning aqliy kamoloti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

 O’smirning aqliy kamoloti 
O’smirlarning jismoniy o’sishi va jinsiy yetilishi ularning psixikasida keskin 
o’zgarishlarni vujudga keltiradi. O’quv fanlarining ko’payishi, axborotlar 
tarmog’ining kengayishi ularning fikr yuritishini jadallashtiradi. Kichik maktab 


97 
yoshidagi bolalarda endigina rivojlanish bosqichiga ko’tarilgan intellekt o’smirlik 
davrida yanada takomillashadi. 
Ta’lim jarayonida ularda materiallarni tahlil va sintez qilish, muammoning 
mohiyatiga tushunish jadal sur’atlar bilan o’sadi. Tafakkurning rivojlanishi 
intellektni qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi. 
Ma’lumki arifmetikadan algebraga o’tish umumlashtirishnint yuqori 
bosqichiga ko’tarilganini bildiradi. Binobarin, mazkur holatda mavhumlashgan 
sonlar qaytadan mavhumlashtiriladi, oldin umumlashtirilgan narsa va hodisalar 
qaytadan umumlashtiriladi va natijada “mavhumni mavhumlashtirish”, 
“umumlashmani umumlashtirish” degan ilmiy tushunchalar vujudga keladi. 
 
O’smir o’quvchilar o’rganayotgan fan asoslari, avvalo ularning mavhum 
tafakkurini o’stirishga qaratiladi. Uning aqliy faoliyati xususiyatlaridan biri – 
mavhum tafakkurning rivojlanishidir. 
Maktab ta’limi va mustaqil bilim olish faoliyati ta’siri ostida, o’smirda 
analitik-sintetik faoliyat jadal sur’at bilan rivojlana boshlaydi. Shuning uchun unda 
sabab va natijani izohlash uquvi mustahkamlanib boradi. O’quvchi materiallarning 
muhim belgilarini ajratishga, keng ma’noli umumlashtirishni amalga oshirishga 
harakat qiladi. Ta’lim jarayonida anchagina mavhum tushunchalar, masalan, 
matematikada – nuqta, chiziq, tenglik..., fizikada – kuch, solishtirma og’irlik, 
tezlik, amper, volt..., geografiyada – ekvator, qutb, kenglik, uzunlik, zona, plato..., 
tarixda – qul, davr, shaxsiy mulk, boylik, ekspluatasiya va hokazolar vujudga 
keladi. 
O’smirlik davrida o’quvchilarda analitik-sintetik faoliyat yetarlicha 
rivojlanmagani, fikr yuritish usullari to’liq emasligi uchrab turadi. Shuning uchun 
geometrik masalani yechish usulini yoki isbotlash yo’lini ko’rsatib berilmasa, 
qiyinchiliklar tug’iladi, o’quvchilar masalani eng oddiy usulda “tavakkal”iga yecha 
boshlaydilar.
O’smirlar fikr yuritish faoliyatining xususiyatlaridan biri – yaqqol-obrazli, 
ko’rsatmali tafakkur tarkibining muhim rol o’ynashidir. Ularda mavhum tafakkur 
o’sishi bilan yaqqol-obrazli tafakkurning tarkibiy qismi mutlaqo yo’qolib 
ketmaydi, balki saqlanib qoladi va rivojlanadi hamda tafakkurning umumiy 
strukturasida muhim rol o’ynaydi. 
O’smirning eng muhim xususiyatlaridan yana biri mustaqil fikrlash, aqlning 
tanqidiyligi tez rivojlanishidir. By esa kichik maktab yoshidagi o’quvchidan farqli 
o’laroq, o’smirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi.
Maktab ta’limining bevosita ta’siri bilan o’smirda o’zini
 
anglash jarayoni 
rivojlana boshlaydi.
U o’zining fikriga, mustaqil qarashiga, biror masala yuzasidan o’z 
mulohazasiga ega bo’lishi uchun harakat qiladi. Shuning uchun o’qituvchi yoki 


98 
ota-onaning aytganlariga, kitob va darsliklarga tanqidiy nuqtai nazardan qaraydi. 
Ko’pincha o’qituvchining mulohazasidan, darslikdan xato va kamchiliklarni 
topishga intilib, o’z gapida turib

ayrim fikrlarga qat’iy e’tiroz bildirishga, 
tortishishga va bahslashishga moyil bo’ladi. 
Aqlning tanqidiyligi ayrim hollarda o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida 
“anglashilmovchilik g’ovi”ni vujudga keltiradi. Aqlning “tanqidiyligi” o’smirning 
asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, u o’zgalar fikrini turli bahonalar, sabablar bilan 
yo’qqa chiqarishga qaratilgan bo’ladi.
Tafakkurning mustaqilligi inson uchun juda katta ahamiyatga ega. 
O’qituvchi dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda, har qanday og’ir shart-
sharoitlarda ham turli usullar bilan bu xislatni qo’llab-quvvatlashi, uning 
rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuni ham esdan chiqarmaslik 
lozimki, dastlabki davrda o’smirning nuqtai nazarini, mulohazalaridagi xatolarini, 
muvaffaqiyatsizliklarni yomonlash, uni izza qilish, izzat-nafsiga tegish, 
masxaralash mutlaqo mumkin emas. Aks holda o’smir aqlining ajoyib sifati barbod 
bo’ladi va uning o’zi jamiyat hamda tabiat qonunlariga, holatlariga befarq 
qaraydigan shaxsga aylanib qoladi.
O’qituvchi o’quvchinilg aql-zakovatini to’g’ri, rivojlantirish uchun har bir 
imkoniyatni to’la, ishga solishi:
1) o’smirlarga to’g’ri ta’riflashni, tahlil qilishni, taqqoslashni, materiallarni 
mavhumlashtirish va umumlashtirishni o’rgatishi;
2) ularga o’z fikrini to’g’ri, ravon va aniq ifodalash yo’lini tushuntirib 
berishi lozim. Mustaqil ravishda hukm va xulosa chiqarish, mulohaza yuritish kabi 
aqlning turli shakllaridan foydalanish o’smirlarda aqliy, faoliyat ko’nikma va 
malakalarini o’stiradi, natijada jadal rivojlanish pallasi amalga oshadi. 
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun avvalo o’smirlar oldiga turli 
obyektlarni mustaqil holda taqqoslash, ulardagi o’xshash va tafovutli jihatlarni 
topishni yuklash kerak. Buning uchun ularning diqqatini quyidagi savollarga javob 
berishga qaratish maqsadga muvofiqdir: “Bu holatda qanday umumiylik mavjud?”, 
“Ushbu narsalar qaysi belgi va jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi?” “Mazkur 
narsalar va hodisalar o’rtasida qanday o’xshashlik belgisi bor?” va hokazolar.
 
Botanika darslarida o’quvchilarga mox (yo’sin) bilan suv o’tini, 
zamburug’ning poyasi bilan ildizini taqqoslashni tavsiya etib, poyaning ildizdan
sporaning urug’dan nimasi bilan farqlanishini aniqlashni topshirish foydalidir.
O’smir aql-zakovatini kamol toptirish uchun ularga doimo mantiqiy tafakkur 
usullarini o’rgatib borish zarur. Bunda mantiqiy xatolarni tuzatib borishni aslo 
yoddan chiqarmaslik kepak. O’smirda to’g’ri mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda 
ona tili va adabiyot o’qituvchisining roli juda muhimdir. U hamma vaqt 


99 
o’quvchilarga to’g’ri jumla tuzishni, ravon mulohaza yuritishni, fikrlashni, 
yozishni o’rgatib boradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin