102
ularga xos xususiyatlardir. Ular qonun va qoidalarni buzishga astoydil harakat
qilmasalarda, ta’lim va tarbiya jarayonida qiyinchilik tug’diradilar.
Tarbiyasi qiyin o’smirlarning xatti-harakatlarini ijobiy yo’nalishga burib
yuborish uchun ularda mas’uliyat, g’urur, javobgarlik, ishonch kabi yuksak hislarni
tarkib toptirish lozim.
Buning uchun ularga yoshi, kuchi, qobiliyati va
qiziqishlarini hisobga olib, topshiriqlar berish ayni muddaodir.
Ularga kichik
jamoani, sport seksiyasini, tirik burchakni boshqarish vazifasini ishonib topshirish
natijasida salbiy fe’l-atvorlarini kamaytirish mumkin. Ularni o’zlari qiziqqan
to’garaklarga jalb qilish orqali o’qishga salbiy munosabatlari asta-sekin yo’qotib
boriladi.
Tarbiyasi qiyin o’smir o’quvchilarni qayta tarbiyalash uchun quyidagilarga
e’tibor berish kerak.
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni keltirib chiqaruvchi sabablar majmuasi.
Dostları ilə paylaş: