Yoshlar bilan ishlash kafedrasi



Yüklə 105 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2022
ölçüsü105 Kb.
#75556
1   2   3
NOTO`LIQ OILALARNI BOLA SHAXSNI SHAKLLANTIRISHDA TA`SIRI

Ikkinchi bosqich – shakllanib bo‘lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi davrlarini o‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli jamiyat a’zosi sifatida, so‘ngra naqaqa yoshiga yetgan inson siftaida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko‘proq yuqorida ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiy-psixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog‘liq bo‘lsa, uning keyingi bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. Shunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi.
Ko‘plab olimlar va oila masalalari bo‘yicha mutaxassislarni xavotirga solgan jihat shuki, zamonaviy oila o‘zining bola shaxsini ijtimoiylashtiruvchi vazifasini yaxshi va to‘liq ado etmayapti. A.Antonovning ta’kidlashicha, zamonaviy oila oilaviy turmush tarzini shakllantira olmayotganligi sababli ham o‘zining bola tarbiyasi borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon eta olmayapti. Bundan tashqari, G‘arb mamlakatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda aksariyat ayollarda onalik ustanovkalarining yo‘qligi, bola tarbiyalash xohishining yo‘qligi, qo‘ydi-chiqdining bemalol amalga oshirilishi, rasman FXDYO bo‘limlarini nikohni qayd etmay yashash (fuqarolik nikohi), ajrimlardan keyingi erkak va ayolning o‘zaro yomon munosabatlari bolalarning ijtimoiylashuviga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday er-xotinlarning farzandlari bir tomondan umuman oila instittutiga va nikohga nisbatan salbiy qarashlarga ega bo‘lib, voyaga yetsalar, ikkinchi tomondan, ularning xarakterida asosan xudbinlik, egoizm, agressivlik kabi salbiy sifatlar egasi sifatida shakllanmoqda. Demak, jamiyatda o‘z davriga munosib, sog‘lom fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishning muo‘im omili bu rasmiy nikohda bo‘lgan er-xotinlar oilasining bahamjihatlikda yashashlaridir.



  1. Noto`liq oilalarni bola shaxsni shakllantirishda Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari

Shunday qilib, ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i oila bo‘lib, aynan ota va ona dastlabki ijtimoiy ko‘nikmalarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charhlovchi insonlardir. Oilaviy munosabatlar bolani naqaqat shaxs sifatida o‘zligini anglash, balki o‘zini u yoyeki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ham yordam beradi. Bizning kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to‘liq bo‘lishi, ya’ni, unda ham ota, ham onaning tinchlik-totuvlikda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog‘lom ma’naviy muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog‘lom, aqlli, kuchli iroda sohibi bo‘lib yetishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning ham onaning bo‘lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o‘zini tutishiga qarab, o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona bo‘lishini tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga bo‘lgan munosabatiga qarab, o‘zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo‘lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday, o‘g‘il bola onasining fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga munosabatini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi bo‘lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oilada mavqeiga qarab, o‘zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o‘rtog‘iga qanday munosabatda bo‘lish lozimligi to‘g‘risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat bo‘lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sotsializatsiyasining yetakchi tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bolaning tom ma’noda yaxshi tarbiya olib, jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo‘lishi uchun oila muhiti sog‘lom, barqaror, er va xotin bir-birlariga g‘amxo‘r, mehrli v asadoqatli bo‘lishlari o‘ta muhimdir.
Demak, oila bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etgan pedagogik muhitdir. Shu bois ham olimlar oilaning eng muhim va dastlabki vazifalaridan ham birini tarbiyalovchi funksiya ekanligini doimo e’tirof etadilar.
Oilaviy sotsializatsiya jarayonini bir tomonlama, ya’ni, farzandlar tarbiyasidagi roli bilan cheklash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki ayniqsa, yosh oilada nikohdan so‘ng er va xotin boshqa oila a’zolari jamiyatida xohlasa-xohlamasa o‘z-o‘zidan tarbiyalanib, xarakter xislatlarini o‘zgartirib boradilar. Masalan, ilgari tortinchoq, uyatchan, ikkilanuvchan yigit, uylangach, turmush o‘rtog‘i nigohida obro‘si mehr-muhabbat tufayli oshgan sari, o‘zida kuch-qudratni, irodani sezib, dadil, faol, o‘ziga nisbatan ijobiy fikrli, aqlli, bosiq bo‘lib borishi tabiiy. Kelinchak ham yangi xonadon sharoitiga ko‘nikib borgan sari, uning an’analarini muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirib borgan sari, turmush o‘rtog‘ining mehrli muhabbati, qaynnona va qaynotaning g‘amxo‘rligi, e’tiborliligi oqibatida yanada iffatli, sermulohazali, ziyrak va farosatli bo‘lib, o‘zidagi ilgari mavjud ayrim salbiy xarakter sifatlaridan qutulishi ham mumkin. Bu – er va xotin uchun oila muhitining yangi bosqichdagi ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o‘rnini isbotlaydi.
Lekin ayrim oilalarda er va xotin o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlarning yo‘qligi, tashqi tomondan nomiga oila qurganliklari, ma’nan esa bir-birlariga nisbatan beganoday qolganliklari bois bu yerda o‘zaro munosabatlar hamisha tarang, yuzaki bo‘lib boradi. Tabiiy, bunday munosabatlar nafat ularning o‘ziga balki ularni o‘rab turgan boshqa qarindoshlar, ayniqsa, farzandlarga faqat salbiy ta’sir etadi , yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoniga to‘g‘anoq bo‘lishi ham mumkin. “Ko‘cha bolalari”, “tarbiyasi og‘ir bolalar”, voyaga yetmay turib jinoyatga qo‘l urgan o‘smirlar aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy muhitning qurbonlari hisoblaandi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida maktabgacha tarbiya maskanlari, maktabning roli va ahamiyati ham bor. Lekin ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi eng avvalo, oilaviy tarbiyaga bog‘liq ekanligini, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” maqolining mohiyatini hamma biladi. Maxsus tarbiya maskanlari oldida oiladagi ijtimoiylshauvning afzalligi shundaki, oiladagi barcha o‘zrao munosabatlar tabiiy muhitda, inosniy munosabatlar tamoyiliga asoslanib amalga oshiriladi. Qolaversa, o‘rtacha O‘zbekistondagi oilalarda 3-4 nafardan farzand bo‘lsa, ikki ota va ona uchun ularga yetarli e’tibor berish uchun imkoniyat kengroq, maktab yoki bog‘chada esa guruhlardagi bolalar soni ko‘p va ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus dasturlar va aniq rejim asosida amalga oshirilgani uchun bolalarning bir tekisda rivojlanishi va kamol topishi uchun yetarli bo‘lmaydi. Demak, oilaviy sotsializatsiyaning samaradorligi oila bilan boshqa tarbiya maskanlari o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlkidagi uyg‘unlikka bevosita bog‘liq.

  1. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari

O‘sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to‘la qonli qabul qilishi, o‘z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo‘lib yetishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan o‘rnatadigan to‘g‘ri munosabatlari bevosita bog‘liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta’lim muaasasalarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo‘ladi va ular maktab ma’muriyatidan fraqli ikki xil funksiyani bajaradi: rasmiy va norasmiy. Undan tashqari, tarbiyachining o‘zi ota-onaga nisbatan ikki xil holatda bo‘ladi – rasmiy tarbiyachi va samimiy, e’tiborli suhbatdosh tarzida. Lekin oila a’zolari bilan maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg‘unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik oson ish emas. Chunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagi ular o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Bunday muvaffaqiyatli munosabatlarning bir qator psixologik tamoyillarini ajaratish mumkin:
avvalo, tarbiyachi ota-onaga farzandini faqat yaxshi tomondan ko‘rsata bilishi lozim. YA’ni, boqchadagi bolaning obrazi ota-ona uchun ijobiy bo‘lsagina, ular farzandini xonadonidan yaxshi kayyait bilan olib keladi va uyga qaytayotganda ham tarbiyachi bilan iliq xayrlashib, bolaning ham uni hurmat qilishi va mashg‘ulotlarga aytganlariga quloq tutishi lozimligiga o‘rgata oladi. Aks holda ota-ona og‘rinib bolasini boqchaga olib keladi va uni maktabgacha ta’lim muaasasasining tartiblarini menismalikka o‘rgatib qo‘yishi mumkin. Demak, birinchi tamoyil – ota-onaga maktabgacha ta’lim muaasasasidagi bola to‘g‘risida ijobiy obraz yarata olish;
maktabgacha ta’lim muaasasalarining trabiyachilari ota-ona bilan kundalik muloqotda bolaning erishgan yutuqlari, qanday bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lolganini ko‘rsata olishlari lozim. Masalan, tengqurlari bilan muloqotda o‘zini qanday tutgani, do‘stlari mavjudligi, berilgan she’r yoki boshqa topshiriqni bugun aynan qay tarzda o‘zlashtira olganligi, kimga qanday yordam bera olgani, sotsiometrik maqomi qanday ekanligi hamqida norasmiy tarzda ma’lumot bera olishi kerak. Demak, bolaning yutuqlaridan ota-onani xabardor qilib borish tamoyili ota-ona bilan tarbiyachining hamkorligini mustahkamlaydi.
tarbiyachi bolaning uydagi xulqi va yutuqlari yoki kamchiliklarini bilib turishi shart. Bu ota-ona bilan ishonchga asoslangan dialog jarayonida aniqlanadi. Chunki tarbiyachi bolaning uyda qanday o‘ziniitutishi, odat va qiliqlarini bilmasa, unga to‘g‘ri pedagogik yondashuvni tashkil etolmaydi. YA’ni, uchinchi tamoyil – bolaning oiladagi, uydagi maqomini bilish.
Yuqoridagilarning bola ijtimoiylashuvida inobatga olinishi maktabgacha ta’lim muaasasalarining oila bilan yagona shior ostida “Keling birgalikda o‘rganaylik!” ishlashga va yutuqlarga erishiga imkon beradi. Bunda asosiy manfaatdor tomon va faollik ko‘rsatuvchi birinchi navbatda ota-ona bo‘lishi lozimligini unutmaslik kerak.
Oxirgi yillarda oilaviy ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Ko‘plab mamlakatlarda qator qonun hujjatlari va normativ aktlar qabul qilinganki, ularga ko‘ra, ota-onaning xohishiga ko‘ra oila muhitida, xonadonda bolaning ta’lim va tarbiyasini tashkil etish mumkin. Bunday tarbiyachilarning qonuniy xaq-huquqlari qounn bilan kafolatlangan. Masalan, “Rossiya Fedaratsiyasida oilaviy (uy sharoitidagi) ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”, “Uyda ta’lim olishning namunaviy Nizomi” kabi hujjatlar mamlakatning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan kafolatlangan bo‘lib, unga ko‘ra agar ota-ona xohlasa, xonadon pedagogi uyga kelib bola (lar)ga ta’lim beradi. Bu kabi guvernatkalar xizmatidan foydalanish, uy enagalarini yollash kabi tajriba ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda keng quloch yoygan. Yurtimiz O‘zbekistonda ham ushbu harakatning dastlabki ayrim ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. Lekin bizda oilaviy ta’lim alohida ko‘makka muhtoj, yetim, nogiron bolalr uchun tashkil etilgan. Chunki o‘zbekistonlik bolalar avvalo qonunan berilgan imkoniyatlar bois 2-3 yilgacha bevosita onaning ardog‘ida bo‘lishi mumkin, bu davrda ikki yoshgacha farzandi bo‘lgan onaga davlat tomonidan nafaqa ham tayinlanadi. Agar oilada imkoniyat bo‘lsa, keyingi davrlarda bola yana onasi yoki buvilari yordamida katta bo‘ladi, maktabgacha ta’lim muaasasalariga jalb etiladi.
Tug‘ilishdan nogironli bo‘lgan, maktabga borish o‘qish imkoniyati cheklangan bolalarga esa “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, uy sharoitida o‘qitish tashkil etilgan. Bunday pedagoglarga qo‘shimcha imtiyozlar ham beriladi, ular 6 soatlik dastur asosida nogiron bolaga eng zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni uyda beradilar. Bu ham O‘zbekistonning ijtimoiy sohani isloh qilish borasida siyosati bo‘lib, yurtimizda birorta bola maktab yoshida ta’limdan chetda qolmaydi.
Normal taraqqiyotli bolalar maktabgacha ta’lim muaasasalaridan so‘ng maktabga jalb etiladilarki, bu yerda ham ta’limning hamda tarbiyaning samaradorligi oila bilan hamkorlkka tayanishi barchaga ma’lum. Shuning uchun ham har bir o‘rta maktabda “Ota-onalar Kengashlari” tashkil etilgan, ularga kattagina huquq va vakolatlar berilganki, bu “Maktab – oila – mahalla” konsepsiyasining amalda ishlashining isbotidir. Lekin bu borada muammrlar yo‘q emas, chunki maktab ma’muriyati, pelagoglar har doim ham barcha o‘quvchilarning oilasi, undagi sharoitlar, ota-onaning bola o‘qishiga qanchalik qiziqishi va manfaatdorligini yaxshi bilmaydi, natijada ba’zan aynan maktab yillarida bola psixologiyasi keskin o‘zgarib, u deviant xulqlilar toifasiga ham tushib qolishi mumkin.
YA’ni, mamlakatimizda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi hamda Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun asosida uzluksiz ta’limning barcha bosqichida yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayoni kechishini unutmaslik, har bir bosqichda uning samarasi ijtimoiylashuv usul va vositalarining to‘g‘ri va aniq tanlanishi bog‘liqligi bilish katta ijtimoiy ahamiyatga molik ishdir. Zero, bola tarbiyasi va to‘g‘ri ta’limi bo‘yicha aniq va asosli bilimlar sohibi bo‘lmish o‘qituvchining oila bilan aloqasi qanchalik yaxshi va maqsadli bo‘lsa, bola tarbiyasi ko‘ngildagidek bo‘ladi, bu borada aniq tasavvurga ega bo‘lmagan yayrim ota-onalar uchun hayot maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
Oilada bola tarbiyasini yo’lga qo’yishga o’zbek mahallalarning roli kattadir. Chunki qadimdan o’zbek xalqi mahalla-ko’y qo’ni-qo’shnilar bilan hamkorlikda yashab kelganlar. Mahalla kishilarni birlashtiradigan, ijtimoiy siyosiy saviyasini tabiiy ahamiyati ega bo’lgan jamoa vazifasni bajarib kelgan.
Har bir oila biron-bir tadbir o’tkazmoqchi bo’lsa avvalo mahalla bilan o’z obro’li axloqlari bilan maslahatlashgan, o’zlari turmush muammolarini shu yerda hal qilishga harakat qilganlar yosh oilalar uchun maslahatlarni darig’ tutmagan. Mustaqillikka erishishimiz sharofati bilan mahallalarning an’anaviy faoliyatini keng yo’lga qo’yishga imkon berildi.
Ammo mahalladagi oilaga, oiladagi bola tarbiyasiga bo’lgan ta’siri masalasi qariyb masalasi dolzarb bo’lib o’zbek xalqining milliy qiyofasi mahalla faoliyati va uning mahalladagilarga ta’siri bilan boshlanadi. Mahallalar kecha yoki bugun paydo bo’lgan emas uning o’ziga xos hayot tarzi qadimdan shakllanib kelgan uning nomlari ham ramziy ma’no kasb etgan (Bosh tup, qo’qonliklar). Ko’p mahallalar shu mintaqadagi ariq, ko’prik, masjid nomlari bilan atalgan. Mahalla hayriya jamg’armasini tashkil topishdan asosiy maqsad o’zbek millatining an’analari udumlari odatlari asrab-avaylab va uni oilalarga kiritish, kam ta’minlangan oilalarga yordam berish, nogironlar, yetimlar, yolg’iz qolgan qariyalarga nisbatat insonparvarlik, mehr-shvqat bilan munosabatda bo’lish g’oyalarini targ’ib qilish, ularga moddiy, ma’naviy yordam ko’rsatish. Qisqa muddat ichida respublikamizda 12 ming 400 ga yaqin mahallalar tashkil topdi. Mahalla fuqarolar yig’ini raisi saylov asosida tayinlanadigan bo’ldi.
Hozirgi kunda yoshlarni ma’naviy axloqiy shakllantirishda oila mahalla hamkorligi tarbiyaviy ishi, nihoyatda dolzarb, chunki ko’pchilik yoshlar tarbiyasida muhim o’rin egallagan.
Hozirgi kunda shahar-qishloqlarimiz obodlashib, ko’p qavatli uylar qurilmoqda. Bir uyda yashb qo’shni honadonda kimlar yashashini bilmaydi. Shundaylarga alohida e’tibor berib, bunday uylarda ham mahallalarni tashkil etildi. Alqimiz azaldan qo’ni-qo’shnichilik, urf-odatlari va an’nalarini juda e’zozolab kelgan. Qo’ni-qo’shnilar o’zaro yordam, hamkorlik qilib kelgan. “Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona”, “uzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi qo’shni yaxshi” degan maqollar bejiz aytilmagan.
Ota-ona farzandlari noto’g’ri xatti-harakat qilsa mahalladan, qo’ni-qo’shnidan uyalgan. Qizlarga sovchilikka borishdan oldin, qo’shnilaridan so’raganlar.
“Hovli olma,qo’shni ol” “Qo’sning bor, oshing bor”, “Sholcha sotsang qo’shningga sot, bir chetida o’zing ham o’tirasan”, “olovga tegsang o’chadi, qo’shniga tegsang ko’chadi”.
Hozirgi kunda barkamol yoshlarni tarkib topishida ko’pgina tarbiyaviy omillar, ya’ni maktab, oila va jamoatchilikninf o’zaro kelishilgan hamkorligiga muhtojlik tobora kuchaymoqda.
Maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiya ko’pincha pedagogik talablarga amal qilinmagan, maktablar tomonidan qo’yiladigan talablar bilan kelishmagan xolda amalga oshiriladi. Oqibat natijasida maktab tonidan o’tkazilgan tarbiyaviy ta’sir kuchini yo’qotadi.
Respublika maktablarida oila bilan jamoatchlik hamkorlikda olib borilayotgan o’rganilib tahlil qilinganda quyidagi ish uslublari mavjud ekanligi ma’lum bo’ldi.

  1. Ota-onalar bilan ishlashda, ota-onalar maktablari, ota-onalar universiteti, konferensiyalar, savol-javob kechalari, oilaviy musobaqalar tashkil etish.

  2. Maktab o’quvchilarining ota-onalar bilan ishlashlari, maktab tarixi bilan tanishtirish, qishloq yoki shahar tarixi bilan tanishtirish.

  3. O’quvchilarni turli to’garak, seksiyalar ishiga jalb etish.

Maktablarda hamkorlik kengashini tashkil etish ota-onalar qumitasi. Bu kengash o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish.
O’quvchilarni oiladagi hayotini o’rganish, oilani ijobiy tomonini o’rganish.
Tarbiyasi qiyin bo’lgan bolalar bilan ishlash.
Hamkorlik kengashiga barcha o’rnak bo’aldigan kishilardan tashkil topishi kerak.
Hamkorlik kengashining asosiy vazifalari belgilab olib, bu vazifalarni amalga oshirish yo’l va usullari belgilab olindi. Quyidagi shaklda amalga oshiriladi:

  1. Ota-onalarni bilimlar bilan qurollantirish

  2. Bolalarni tarbiyalashda yosh xususiyatlari hisobga olinadi.

  3. Ilg’or tajrabalardan foydalanish.

Ota-onalar uchun mashg’ulotlar, ota-onalar universiteti, savol-javob kechalari, pedagogik o’qishlar o’tkazilgan, ko’chma papkalar tashkil etilgan. Ko’chma papkalar bularni 10-sinfgacha davom etilgan. Bunday ko’chma papkalar:

  1. Ota-onalarning vaqtini tejasa.

  2. O’qituvchi bilan ota-onalar doimo munosabatda bo’lib turgan.

  3. Ota-onalar bilimlar bilan qurollanib borgan.

  4. Tarbiyada o’ylab ish qilishga imkon berilgan.

  5. Nazorat kuchaygan.

Oilada bolalarni barkamol qilib tarbiyalashda maktab, oila va mahalla birgalikda quyidagilarni amalga oshirishlari maqsadga muvofiqdir:

  1. Ota-onalarga bilim berishda turli usul va vositalardan foydalanish.

  2. Barcha mahallalar qumitasida yoshlar bilan ishlovchi pedagog va psixologlar bo’limini ayshkil etish.

  3. Nazoratda turuvchi bolalar bilan ishlashda jamoatchlikning fikrini uyg’otish kerak.

  4. Bola biron jinoyat sodir etsa, ota-ona ham jazo olishi kerak.

  5. Mahallalarda ichki ishlar xodimlari bilan reyd uyushtirib turish kerak.

Mustaqillikning dastlabki yillarida ajralishlar sonining ko’pligiga tashqi migratsiyaning ta’siri katta bo’ldi. Ma’lumki, sobiq ittifoqning parchalanishi natijasida mahalliy millat bo’lmagan oilalarning ma’lum qismi ko’pchiligi o’zlarining ona yutrlarida yashash istagida ko’chib ketdilar. Biroq, ba’zi oilalarda er yoki xotinning ko’chib ketishiga xohish bo’lmaganligi sababli oradagi nikoh bekor qilingan. Natijada ajralishlar soni ortib ketdi. Oilaning buzilib ketishiga yoshlarning oila qurushiga tayyor bo’lmay barvaqt nikoh qurishlari, shuningdek yigitlarimiz o’lari pul topmay, ota-onalari hisobiga uylanib, muqaddas hisoblangan oila va farzandning qadriga yetmasliklari, qizlarimizning turmushdagi uquvsizligi sabab bo’lmoqda. Yangi tashkil etilajak oilalarning poydevori mustahkam va sog’lom oila bo’lishi uchun yoshlarga oila qurishning nozik sirlarini maktabdan boshlab o’rgatish lozim. Ularga o’zbek oilasining urf-odatlari, an’analari, axloqiy madaniyati, shuningdek, ularning turmushda uchrab turadigan qiyinchiliklarga bardoshli, chidamli qilib, oilaviy hayotga tayyorlamoq lozim. Noto’liq oilaning paydo qiluvchi asosiy sabablardan biri ajralishdir. Oila muammolarini o’rganishga ag’ishlangan tadqiqotlarning deyarli barchasida o’zbek oilalarida ajralish boshqa millatlar oilalariga nisbatan 1,5-2 marta kamligi ta’kidlanadi.
Respublikamiz aholisining ko’p qismini qishloq aholisi tashkil etadi. Shu bioan birga qishloq oilalari nosbatan ko’p avlodli, ko’p farzandliligi bilan tavsiflanadi. Jamiyatimizda oilalarda noto’liq oilalarning mavjudligi va bu oilalarda tarbiyalanayotgan o’smirlar ma’naviyatini o’rganish oilalarning etnopedagogik xususiyatlarini ham o’rganishini taqozo etadi.
Noto’liq oilalarda o’smirlarni milliy-ma’naviy tarbiyalash qaysi fazilatlarni shakllantirishga yo’naltiriladi? Bu fazilatlar nimalarga asosan belgilanadi? Oilaning ma’naviy barkamolligi va ma’naviy barkamol farzandlarni tarbiyalab yetishtirishlari – hozir oilalarda kuzatilayotgan nizolarni keltirib chiqaruvchi sifatlarni bartaraf qilish, ijobiy fazilatlarni maxsus singdira borishga bog’liqligi aniqlanadi. Ya’ni oilalarda tez-tez uchrashi ilmiy tasdiqlangan nizolar:


  1. Bola tarbiyasi;

  2. Uy vazifalari taqsimoti;

  3. Qudalarning o’zaro kelishmasliklari;

  4. Turmush o’rtog’imning mening ota-onam bilan kelishmasligi;

  5. Moddiy qiyinchiliklar;

  6. Dunyoqarashlarning to’g’ri kelmasligi;

  7. Rashkchiligim;

  8. Turmush o’rtog’imning rashkchiligi;

  9. Turmush o’rtog’imning jo’rabozligi;

  10. Ichkilikbozligi;

  11. Turmush o’rtog’imning dugonabozligi;

  12. Menga e’tiborsizligi;

  13. Ota-onalar aralashuvi;

  14. Qo’polligi;

  15. Men bilan hisoblashmasligi;

  16. Ota-onaga haddan tashqari bog’lanib qolganligi;

  17. Yashash sharoiti yomonligi;

  18. Befarzandlik;

  19. Ruhiyatini tushuna olmasligi;

  20. Jinsiy aloqalardagi nomutanosiblik;

  21. O’z ishiga o’ta berilib ketganligi;

  22. Arzimagan narsalar tufayli;

  23. Boshqa sabablar.

Shaxs milliy ma’naviyatining shakllanishida oilaning beqiyos hissasi bor. Chunki har bir o’zbekistonlikning o’z ota-onasi, bobo-buvilari, katta bobo va katta buvi va h.k.larni yaxshi bilish orqali davlat, xalq, millatimizning tarixiga daxldorlik eshigi ochiladi, natijada oilaviy, milliy, ma’naviy tarbiya hayotiylik kasb etadi, ta’sirchanligi oshadi.
Ota-ona obro’sini ularning farzandlari shaxsi bilan qiziqishlari, o’smirlarning rivojlana borayotgan ehtiyojlarini o’rganib, boshqarib, qondirib borishlari oshiriladi.
Olib borgan kuzatuvlarimiz noto’liq oilalarda ota-onaning tarbiyasi sifatidagi kamchiliklarini ko’rsatdi. Bular:

  • Ota-onaning o’zlarini bolalarning boquvchilari sifatida anglab tarbiyachi ekanliklarini chuqur anglamasliklari;

  • Oilalarda uchrovchi axloqsiz turmush tarzi;

  • Ota-onaning bolalarga aytgan so’zlari, pand-nasihatlari va amaldagi xatti-harakatlari orasodagi tafovut;

  • Farzandlariga qilgan xizmatlarini minnat qilaverishlari, farzandlari bioan asosan buyruq, xukm orqali gapirishlari;

  • O’quvchi farzandlarining hayoti, qiziqishlariga e’tiborsizliklari, ularga vaqt va diqqat ajratmasliklari;

  • O’quvchilarni oila yumushlariga jalb qilmaslik (ayniqsa, o’smirlar o’zlariga nisbatan beparvoliklaridan qattiq iztirob chekadilar. Natijada ota-ona va o’smir orasida sovuq munosabatlarning paydo bo’lishiga yo’l qo’yilmoqda);

  • Rag’batlantirish va jazolashda tarbiyaviy maqsadddan kelib chiqqan bilmaslik. Milliy pedagogik madaniyat darajasini pastligi;

  • Milliy-ma’naviy qadriyatlarni hurmat hissini shakllantira bilmaslik. Bilmaslik, xavfsalasizlik;

  • Farzandiga va’da berib bajarmaslik;

  • Maktab bilan ta’lim-tarbiyaviy hamkorlikda “vaqt yo’q” degan bahona bilan o’zini chetga olish;

  • Bolalarni o’z ajdodlari, shajaralari bilan tanishtirmaslik va hkazolar;

Bu kamchiliklarni bartaraf qilishda otaning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero, “Otaning ochgan yo’li bor, onaning bichgan to’ni bor”, “Otasi borning qo’nimi bor, onasi borning to’ni”, “Ota-olamning fahri”, “Otangni ko’rsang otdan tush”, “Ot bo’lish oson, otalik qilish qiyin”, “Ota bolaga sinchi”, “o’g’lingni sevsang ishlat”, “Otalar so’zi hitob bo’lur, ani yig’sang kitob bo’lur”…
Ona-ayolning o’zbek oilasidagi o’rni alohida jipslashtiruvchi ahamiyatga ega, chunki “Onaga bo’lgan muhabbat – Vatanga bo’lgan muhabbatning kurtagi”, “Onaning ko’ngli bolada, bolaning ko’ngli dalada”, “Onang o’gay bo’lsa, otang o’zingniki emas”, “Bola – loy, ona – kulol”, “Bola ham ona deydi, ona ham ona deydi”, “Onangning yaxshiligini bemor bo’lsang bilasan” va h.k.
Shunday qilib, noto’liq oilalarning O’zbekiston sharoitida mavjudligi va ularga mos tarzda turli muammolarning – xusussan, ayollarning salbiy ruhiy holatlari, farzandlarning turli xil somatik va psixologik kasalliklarga chalinishi, o’z joniga qasd qilish holatini uchrab turishi bilan izohlanadi. Noto’liq oilada tarbiyalangan bolaning jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik mavqei hamda ijtimoiy tasvvurlari tizimi o’ziga xos illatlarga ega bo’ladi. Bu maxsus ta’lim va tarbiya muassasalarida ham qator salbiy asoratlarni keltirib chiqarmoqdaki, statistik ma’lumotlarga ko’ra voyaga yetmagan jinoyatchilik yo’liga kirib qolganbolalarning deyarli 61,7 foizi noto’liq oilalarda tarbiyalangan bo’lsa, giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlarning yarmidan ortig’i shunday oilalarga taalluqlidir. Bundan tashqari XXI asrning boshida butun jahin ilg’or kishilarini tashvishga aolayotgan ayollar va voyaga yetmagan bolalar o’rtasidagi o’z joniga qasd qilish kabi noxush illatlar ham, birinchi navbatda noto’liq oilalar tufayli yuzaga chiqayotganligi tashvishlidir.
O’smirlik davrining muhim xususiyatlaridan biri – jismoniy va jinsiy rivojlanishdir. Lekin, bu o’zgarishlar o’smirlarda turlicha kechadi. Bu o’smirning ruhiyatiga va xulq-atvorida kechadigan o’zgarishlarini ota-onalari qanday hisobga olishlariga bog’liq. Shuningdek, ichki sekretsiya bezlarining jadal ishlashi natijasida o’smir nerv sistemasining qo’zg’aluvchiligi oshadi. Shu sababli bu yoshdagi o’smirlarga serzardalik, xafaqonlik, jizzakilik, asabiylik tez-tez ko’zga tashlanib turadi. Agar kattalar ziyraklik va e’tiborlilik qilsalar bularning oldini olish ham mumkin.
O’smirning “Nima uchun boshqalardek emasligi” uning o’zini-o’zi anglashida doim aktuallashib turadi. Bu holat ruhiy tushkunlikni kuchaytiradi. Chunki, har bir o’smir odamlar, tengdoshalri bilan o’ziga xos munosabatlar tizimi mavjud bo’lib, bu uning ruhiy rivojlanishi yo’nalishlarini belgilab beradi. O’smir rivojlanishiga xos ijtimoiy holatining xususiyati shundaki, u kattalar va o’rtoqlari bilan muloqot va munosabatlarning yangi tizimiga kira boshlaydi. O’smir to’liq oilada o’sayotga tengdoshlari bilan munosabat o’rnatishi tufayli ular shaxsining farqli xususiyatlarini va ba’zan ziddiyatlarini ko’ra boradi.
Noto’liq oilalarda o’sayotgan o’smirlar uchun ayrim kishilar fazilat va sifatlarini mutlaqlashtirish havfi mavjud. Shu sababli ular noijtimoiy xulq-atvorga, qoidabuzar kishilarning qalbaki, romantik obrazlariga taqli qillishlarining oldini olish zarur. Ayni mana shu holat tufayli o’smirlik yoshida ota-onaning o’smirlar tarbiyasida: qiziqish – ehtiyoj – munosabat sxemasidan foydalanishlari muhim.
Bu esa o’smirlarda milliy ma’naviyatni chuqurroq va teranroq qabul qilish, his qilishlarini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Shunday qilib, yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, xulosa qilish mumkinki, o’smirlik davrining: shiddatli, jismoniy va jinsiy rivojlanish, o’ziga xos yangi ijtimoiy rollarga kirishishi kattalar bilan munosabati va muloqotining yangi tizimi, tengdoshlari bilan muloqotga va o’z-o’zini namoyon qilishga ehtiyoj; mustaqillik kattalardek bo’lishga o’z huquqlarini kengaytirishga, o’z shaxsiga nisbatan kattalarni huquqini chegaralashga intilish; o’z-o’zini baholash; o’z-o’zini nazorat qilishning kuchsizligi; his-tuyg’ularning emotsional uyg’onuvchanlik kabi xususiyatlari mavjud. O’smirning yuqorida aytib o’tgan ruhiy-pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda ma’naviy-esteik tarbiyaning mazmunini aniqlash mumkin.
Xullas, birinchidan, o’smirlarda milliy-ma’naviy shakllanish jaryonining pedagogik-psixologik xususiyatlari va bu jarayonning noto’liq oilalarda namoyon bo’lishi qonuniyatlarni o’rganish maqsadga muvofiq.

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin