Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizmda asosiy energiya manbai bo’lib hisoblanadi. 1 g, uglevod parchalanganda 4,2 kkal. energiya ajraladi. Bir sutkslik energiyaning 50% uglevodlar hisobiga xosil bo’ladi.
Yog’lar almashinuvi. Yog’lar hujayralarda bo’lib, oqsillar singari plastik va energetik vazifani bajaradi. 1 g. yog’ parchalanganda 9,3 kkal. energiya ajratadi. Yog’lar ikki hil bo’ladi: hayvon, o’simlik. Hayvon yog’lariga dumba, charvi, saryog , baliq yog’lari qiradi. O’simlik yog’lariga zig’ir, paxta, qungaboqar, kunjut, makkajuhori va zaytun moylari kiradi. Kundalik ovqat tarkibida yog’lar etishmasligi yuqumli kasalliklarga, tashqi muhitning noqulay ta’siri – sovo’kka odamning chidamligi , aqliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi. Yog’lari ortiqcha iste’mol qilish semirishga olib keladi.