SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 5
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 33
YOSHLARDA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY
ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI
Dilnoza Orziqulovna Norboyeva
TVCHDPI Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi
norboyevadilnoz05@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yoshlarda huquqiy madaniyatni
shakllantirishda huquqiy
madaniyat va huquqiy ongni yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy - siyosiy jarayonlarni
huquqiy tahlil qilingan. Huquqiy madaniyat va huquqiy ongning nima ekanligiga, uning
jamiyatdagi o’rniga to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar: huquq, madaniyat, huquqiy ong, davlat, jamiyat
Huquqiy demokratik davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini
shakllantirish yo‘lidan dadil borayotgan mustaqil O‘zbekistonda fuqarolar huquqiy
ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirish g‘oyat
darajada muhim, dolzarb
muammodir. Mamlakatimizning rivojlanishi va istiqboli, keng ko‘lamda
o‘tkazilayotgan iqtisodiyot, siyosat,
davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni
ma’naviy o‘zgartirishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan huquqiy ongi va bilimi
hamda huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqligi o‘z-o‘zidan ayon.
Huquqiy ong - huquqni anglash demakdir,
odamlarning ham amaldagi
huquqga, ham ularning o‘zlari istalgan huquqga munosabatini ifoda etadigan
tassavvur va his-tuyg‘ularning mujassamidir. U tabiatan huquq bilan mushtarakdir
va shu sababli mavjud iqtisodiy munosabatlarga nisbatan ikkilamchidir.
Huquqiy
ong
jamiyatning, turli ijtimoiy guruhlarning obyektiv ravishda kelib chiqqan
ehtiyojlari va manfaatlarining bevosita ta’sirida shakllanadi, o‘zgarib turadigan
obyektiv sharoitlar va jarayonlar ta’siri ostida doimiy rivojlanib boradi. Huquqiy
ong ijtimoiy ongning bir qismidir va shu sababli unga falsafiy, mafkuraviy va
siyosiy qarashlar ta’sir etib turadi.
Huquqiy ongni rivojlantirishga jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar, qabul
qilinayotgan
yangi qonunlar, yangi qonunlarning loyihalarini keng omma (halq)
orasida muhokama qilinishi, barcha o‘quv yurtlarida, maktablarda huquq haqidagi
bilimlarni o‘rgatish-o‘rganish, mazkur fanlardan
imtihonlar joriy etish, radio,
televideniya, vaqtli matbuotlarda huquqiy bilimlarni keng targ‘ib va tashviq
qilish; aholining mustaqil ravishda, huquqiy bilimlarni o‘rganish maqsadida qonun
hujjatlarini
muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining
ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya
va huquqshunoslik fanlarini