Yoshlarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik
xususiyatlari
Ramzidin Ramazonovich Ashurov
ashurovramzidin@gmail.com
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning
o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
Kalit so’zlar: iroda, yoshlar irodasi, tirishqoqlik, sobitqadamlik, qat’iy ishonch,
mustaqillik, abuliya.
Psychological features of the formation of volitional qualities
in young people
Ramzidin Ramazonovich Ashurov
ashurovramzidin@gmail.com
Bukhara State University
Abstract: The peculiar psychological features of the formation of volitional
qualities in young people are revealed.
Keyswords: The will of the youth diligence, stability, firm confidence,
independence, abulia
Iroda - bu kishining o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish, maqsadga
yo‘naltirilgan xatti-xarakat va xulqi atvorining amalga oshishida tashqi, ichki
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga-qaratilgan jarayonlar. Iroda tufayli inson o‘z
faoliyatini ongli boshqaradi, maqsad qo‘yadi, maqsadni amalga oshirish mobaynida
uchraydigan to‘siqlarni, qiyinchiliklarni yengishga xarakat qiladi. Psixologik
tadiqotlarni ko‘rsatishicha irodaviy sifatlarning 300ga yaqin turi mavjud. Irodaviy
sifatlarni bir qancha kamponetlari mavjud bulib ular quyidagilar: istak, maqsad,
xoxish, ijro etish, ichki qiyinchiliklarni yengish, bajarilgan ishga baho berish
kabilardir.
Insonning o‘z faoliyatini va xulqi atvorini shaxsiy xoxish irodasiga
bo‘ysundirish, ro‘yobga chiqarish mustaqil fikrlashni barqarorlashtirish ko‘zlangan
maqsadni amalga oshirishga puxta zamin hozirladi.
Yoshlarni irodasi avvalo ularning ijtimoiy faoliyatida, mehnat faoliyatida,
ijtimoiy tajribasida va ta’lim jarayonida namoyon bo‘ladi. Yoshlarimizda irodaning
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1102
bir qancha sifatlari ko‘zga tashlanadi. Bular: qattiyatlilik, tashabbuskorlik, dadillik,
mustaqillik, tejamkorlik, intizomlilk, tirishqoqlik, javobgarlilik, jasoratlilik, ishonch
va o‘zini irodalashlilik kabilar. Bugungi kunda yoshlarimizning bilim olishga
ehtiyojining kuchayishi ulardagi aqliy salohiyati o‘sishi ko‘p jihatdan ularning
irodaliy bo‘lishini talab etadi. Chunki iroda tufayli inson biron-bir maqsad asosida
ko‘zlangan ishini hatti-harakatlarini bajarishga intiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi
yoshlarda irodaviy sifatlarni tarbiyalash, ularni o‘quv faoliyatlarida duch keladigan
tusiq va qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatish, ta’lim jarayonida muvaffaqiyatlik tarzda
amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Bilimlarni egallashdagi sobitqadamlilik - bosh irodaviy sifat, hislat hisoblanib u
irodaning boshqa ko‘rinishlarining taraqqiyot darajasini va o‘sishini aniqlovchi
asosiy omil bo‘lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk davlat ideallarida sodiqlik
vatan oldidagi burchlik yuksak darajada anglash jamoatchilik xissi, yurt ravnaqiga
o‘z xissasini qo‘shishi istagi va bularning barchasi o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan
sobitqadamlilik namunasi.
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi tashabbuskorlik talabaning o‘z xoxishini amalga
oshirish o‘quvchida, mustaqil bilim olish va fikrlashdagi qattiyatlilik - talaba yoshlar
tomonidan jiddiy qaror qabul qilish uni izchil xayotga tadbiq etish xislati sanaladi.
Tirishqoqlik talaba yoshlarning qiyinchiliklarni yengish uchun kurashida sir va izoh
hujjat maqsadiga erishish uchun intilish ko‘nikmasi xisoblanadi.
Muammolarni yechish chog‘ida chidamlilik shaxs tomonidan qabul qilingan
qarorda amalga oshirishga xalal beruvchi, fikrni hissiyot va hatti-harakatni
turg‘unlovchi (tormozlovchi) talabaning uquvchanligi xisoblansa tashkillanganlik-
o‘z harakati va xulqini rejalashtirish hususan uni ijro etishda talaba yoshlarning
rejaga asoslanishini malakasi. Matonatlilik - qo‘ygan maqsadni xavf-xatarga mos
muqaddas his etgan holatda o‘rnini oqlaydigan xavf-xatarga qul urish, qurqinch
nisbatan yuzma-yuz tura olish, fazilati. Ishbilarmonlik - har qanday o‘rnatilgan ishni
qiyinchiliklar va qarshiliklardan qat’iy nazar omilkorlik qo‘llash tufayli oxiriga
yetkazish xislatidir. Mustakillilik - o‘z e’tiqodiga qat’iy ishonch shaxsiy kuch
quvvatiga ishonch,boshqalarning yordamiga muxtojlik sezmaslik kabi irodaviy
sifatlardan xisoblanadi.
Shaxsning xulq-atvorida, o‘quv faoliyatida agarda ta’limiy mashg‘ulotlar
oqilona, xaqiqiy ravishda,to‘g‘ri uyushtirilsa insondagi bir qator irodaviy sifatlar xam
paydo bo‘ladi, bunda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurti o‘qituvchilari, murabbiylariga
yuklanadi. Bu vazifani muvaffaqqiyatli uddalash uchun ular oliy o‘quv yurti
talabalari va texnikum o‘quvchilariga muntazam ravishda topshiriqlar berib, ularni
o‘z vaqtida va sifatli bajarishi uchun o‘quvchilar masuliyat va sifatli (bajarilishi)
hissini tarbiyalashlari lozim. Buning uchun o‘quvchilarga fanlar bo‘yicha uy
topshiriqlari berish turli ko‘rgazmali qurollar, referat ishlarini ko‘rsatilgan
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1103
muddatlarda qabul qilib olish baholash talaba yoshlarda intizomlilik, qund, chidam
kabi bir qator irodaviy sifatlar shaklanishiga sabab bo‘ladi. Chunonchi yoshlarimizda
komil inson qilib tarbiyalash ularni kelajagida yuksak aqliy saloxiyatli muxatassilar
bo‘lishlari o‘z-o‘zini boshqarish va uddalashga o‘rgatish xozirgi zamon talabadir.
Irodaning individual xususiyatlari va fenomenlari mavjud bo‘lib, inson
faoliyatining maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishni ta'minlaydi. Iroda shaxs
faoliyatining ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilmadan iborat
bo‘lib, u o‘zini o‘zi boshqarish sifatida dastavval o‘ziga, o‘z shissiyotiga va xatti-
harakatlariga shukmronlik qilishda aks etuvchi psixologik hodisadir. Irodaning kuchi
yoki kuchsizligini aks ettiruvchi holatlar uning individual xususiyatlarini namoyon
qiladi. Ana shu atamalardan kelib chiqqan holda irodasi kuchli va irodasi sust
(kuchsiz) odamlar hamda ularning ijobiy va salbiy fazilatlari, sifatlari, hislatlari,
illatlari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.
Irodasi sustlikning patologiyasi mavjud bo‘lib, ular abuliya (yunoncha abulia -
qat'iyatsizlik degan ma'noni anglatadi) va apraksiya (yunoncha apraxia-harakatsizlik
ma'nosini bildiradi) atamalari bilan ifodalanadi. Abuliya - bu miya patologiyasi
negizida vujudga keladigan faoliyatga intilishning mavjud emasligi, harakat qilish,
uni amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan tarzda shunday qila
olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Masalan, shifokor ko‘rsatmalariga rioya qilish
zarurligini to‘g‘ri fashmlagan abuliya kasali bilan shikastlangan bemor biror narsani
bajarishga o‘zini mutlaqo yo‘llay olmaydi. Apraksiya -miya tuzilishining
shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining
murakkab buzilishidan iborat psixopatologik holatdir. Nerv to‘qimalarining buzilishi
miyaning peshona qismlarida yuz bersa, u holda xatti-harakatlarni erkin to‘g‘rilashda
buzilish namoyon bo‘ladi, natijada iroda akti bajarilishi qiyinlashadi. Abuliya va
apraksiya-psixikasi og‘ir kasallangan insonlarga xos, nisbatan noyob, fenomenal
psixopatologik hodisalardir. Lekin pedagogik faoliyatda uchraydigan irodaning
sustligi miya patologiyasi bilan emas, balki noto‘g‘ri tarbiya mashsuli bilan
tavsiflanadi.
Iroda sustligining yaqqol (tipik) ko‘rinishlaridan biri-bu yalqovlik shisoblanib,
shaxsning qiyinchiliklarini yengishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy kuch-g‘ayrat
ko‘rsatishni qat'iy ravishda istamasligida o‘zini aks ettiruvchi illatdir. Yalqovlik -
shaxs ojizligi va irodaviy sustligining, uning shayotga layoqatsizligining, shaxsiy va
ijtimoiy faoliyatga (hamkorlikka) loqaydligining ifodasidir. Yalqovlik-shaxsning
ruhiy qiyofasi bo‘lib, uzluksiz tarbiyaviy ta'sir va o‘zini o‘zi tarbiyalash orqali
bartaraf etish imkoniyati mavjud ruhiy nuqsondir.
V.I.Selivanov irodaning psixologik jabshalarini yoritayotib, u shunday g‘oyani
ilgari
suradi,
insoning
ongini
jarayonlar,
holatlar,
hislatlarni
o‘zida
mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1104
bu ongli harakati o‘zining tuzilishiga ko‘ra, u bir davrning o‘zida ham aqliy, ham
shissiy, ham irodaviy hisoblanadi. Tadqiqotchi V.A.Ivannikov esa irodani
motivasiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi, shuningdek, harakat ma'nosining
o‘zgarishi shisobiga uni tormozlovchi yoki qo‘shimcha turtki yaratuvchi imkoniyat,
yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi yoinki vaziyatning tasavvur motivi
tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqariluv esa harakatni "ixtiyoriy boshqariluv
ko‘rinishlarining bittasi sifatida" tushuniladi, bunda boshqariluv motivasiyaning
ixtiyoriy o‘zgarish orqali amalga oshirilishi ta'kidlaniladi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani
tushunish, ta'riflash bo‘yicha bir xil munosabat yaratilmaganiday, irodaviy
sifatlarning ma'noviy asosini tashlil qilish yuzasidan ham umumiylik, umumiy
qarashlar majmuasi mavjud emas. Jumladan, V.A.Krutetskiy o‘z asarida irodaviy
sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat'iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik,
dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi.
P.M.Yakobson bo‘lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat'iyatlilik,
tirishqoqlik, o‘zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo‘ladigan irodaviy sifatlar
sarasiga A.I.Shcherbakov mana bularni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik,
tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik, dadillik va qat'iyatlilik,
chidamlilik va o‘zini uddalashlik, botirlik va jasoratlik.
Dostları ilə paylaş: |