Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash mezonlari


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 247,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix23.12.2022
ölçüsü247,42 Kb.
#77471
1   2   3   4   5   6
yoshlarni-milliy-va-umuminsoniy-qadriyatlar-ruhida-tarbiyalash-mezonlari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 882 www.ares.uz 
ta‟sir ko„rsatish muammosini o„rganish bo„yicha M.Ochilov, A.K.Munavvarov,
S.Axmedov, S.Ochilov, O.Musurmonova, M.Inomova, S.Nishonova va boshqalar 
tomonidan doktorlik ishlari bajarilganligini alohida qayd etish lozim.
 
NATIJALAR
 
VA
 
MUHOKAMA
Shu jaryonda har bir shaxsda milliy ma‟naviyatni, milliy ong, milliy shuur,
milliy tuyg„uni barkamollikka ko„tarish omillari faollik jarayoniga ko„chadi. Bu 
ulug„vor maqsadlarni amalga oshirish uchun jamiyatimiz o„zining real 
imkoniyatlariga ega. Avvalo, ozod va mustaqil Vatanda xalqni farovonlikka
yetaklovchi va ma‟lum ma‟noda munosib turmushni kafolatlovchi shart-sharoitlar
yaratildi. Davlatimizda fidoyi, ishchan, tashkilotchilik salohiyati baland malakali
kuchlar ulg„aydi. Ular siymosi, faoliyatida milliy ma‟naviyatning barqaror mag„zi, 
yaratuvchan kuchi mavjud. Milliy ma‟naviyati barqaror shakllangan bunday kishilar 
o„z xalqi, millati, vatani manfaatini har qanday sharoitda himoya qiladi, o„z 
faoliyatida xalqimizning milliy ma‟naviyatini namoyish eta oladigan, millatning
salohiyatini, Vatan qadri, sha‟ni, shuhratini ellararo, davlatlararo ko„rsata biladigan 
insonlardir. Yoshlarga milliy qadriyatlarni ta‟limdan tashqari ishlar orqali 
singdirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga e‟tibor qaratilishi lozim:  
Birinchidan, yoshlarni erkin fikrlashga o„rgatish, hayot mazmunini tushunib 
olishiga ko„maklashish, o„z-o„zini idora va nazorat qila bilishini, shakllantirish, o„z 
shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg„otish; 
Ikkinchidan, talabalarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy 
ma‟naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga
bo„lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o„stirib-boyitib borish va 
estetik tushunchalarini shakllantirish;
Uchinchidan, har bir o„smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini 
aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilish. Yoshlar 
ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo„llab-quvvatlash uchun shart-
sharoit hozirlash;
To„rtinchidan, insonparvarlik odobi me‟yorlarini shakllantirish (bir-birini 
tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga qarshi kurasha
olish), muomala odobi kabi tarbiya vositalarini keng qo„llash; 
Beshinchidan, yoshlarimizni erkin va mustaqil fikrlashga o„rgatish. Ta‟limdan 
tashqari tarbiyaviy ishlar talaba-yoshlarning qiziqishi, istaklari, xohish va 
ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo„sh vaqtlarida o„quv-tarbiya
jarayonini to„ldiradi. Bu jarayonlarni tashkil etish yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini,



Yüklə 247,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin