You tobeda bepul talim uchun biologiya online maktab



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə1/19
tarix01.05.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#105660
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Ekologik piramida qonuniga oid masalalar yechish


Telegram kanalimiz @GENETIKA_MASALALAR_YECHIMI
YOU TOBEDA BEPUL TALIM UCHUN BIOLOGIYA ONLINE MAKTAB deb qidiring






EKologik piramida




Ekologik Piramida




EKOLOGIK PIRAMIDA qoidasi


Ekologik piramida qoidasiga koʻra oziq darajalarida moddalar va energiya progressiv kamaya boradi. Yani bir darajadan ikkinchi darajaga oʻtganda energiyaning va moddaning miqdori taxminan 10 barobarga kamayadi. Bunda oziq zanjirning 10 % ini tana tuzilishiga 90 % i organizm hayot faoliyatini taminlashga sarflanadi.
Prodentsentlar- o'simliklar
I darajali konsumentlar -o'txo'r hayvonlar
II darajali konsumentlar -yirtqich
IIdarajali konsumentni massasi 150 kg bo'lsa u bu massaga ega bo'lish uchun o'zidan o'n barobar ya'ni 1500 kgli o'txo'r hayvonlarni (1darajali konsumentn) yeyish kerak.
O'txo'r hayvon(birlamchi konsument) 1500 kg massaga ega bo'lish uchun o'zidan o'nbarobar ya'ni 15000 kg o'simlik (produtsent)ni istemol qilish kerak.
Ekologik pramidani yuqoridan pastga biomassa miqdori 10 barobarga orta boradi. Pastdan yuqoriga 10 borobarga kamayadi. Ya'ni
Ayiq 800 kg
Tyulen 8000 kg
Baliqlar 80000
Zooplankton 800000
Fitoplankton 8000000
Masalalar to’plami

1. Umumiy ogʻirligi 120 kg keladigan 20 ta oq va 30 ta kulrang quyon maʼlum vaqt davomida 204 kg oʻsimlik istemol qildi. Agar oq quyonlar oʻz vaznidan 2 barobar koʻp, kulrang quyonlar esa 1,5 barobar koʻp ovqat yeyishini hisobga olsak 3 ta oq va 7 ta kulrang quyonni yegan boʻrining ogʻirligi necha kg ga ortadi.(oq va kulrang quyonlarni dastlabki ogʻirliklari teng boʻlgan.)


A) 39,6 B) 27,9 C) 3,96 D) 2,79
2. Nomalum massali o’txorni yegan yirtqich massasi 200 kg yetdi. Uning dastlabki massasi o’txor yegan oziqdan 140 kg ortiq bo’lgan. O’txor qancha kg ga semirgan. ( Oʻtxorni dastlabki massasi 95 kg teng.)
A) 10 kg B) 20 kg C) 15 kg D) 5 kg
3. Ekologik piramida qoidasi buzilgan holatda ayiqni massasi 700 kg tashkil qilsa u holda zooplanktonni massasini (tonnada) aniqlang.(Ayiq qabul qilgan ozigʼini 8%, tulenda 12,5% yirik baliqda 11,4% mayda baliqda esa 18% i tanani tuzlishi uchun sarf bo`lgan)
A) 70000 B) 7000 C) 3411 D) 614
4. Ma'lum bir kartoshka ekinzoriga kolorado qo'ng'izi uchib kelib, 10 ta tuxum qo'ydi va uchib ketdi. Oradan 25 kun o'tgandan so'ng qushlar populyatsiyasi uchib kelib, barcha qo'ng'izlarni yeb bitirishi natijasida qushlar populyatsiyasi 6.25 grammga semirgan bo'lsa, ekologik piramida qoidasiga ko'ra umumiy kolorado populyatsiyasi yegan ozuqa massasini aniqlang (Erkak va urg'ochi qo'ng'izlar nisbati 1:1. 1 ta qo'ng'iz 10 ta tuxum qo'yadi. Bu tuxumlardan 10 kunni ichida voyaga yetgan qo'ng'iz rivojlanadi. Voyaga yetgan qo'ng'izlar tuxum qo'yib so'ng uchib ketadi. Dastlabki kolorado lichinkalarining massasi 0 deb olinsin)
A) 693.75 gramm B) 625 gramm
C) 77.5 gramm D) 925 gramm
5. Oziq zanjirini chivin (0,25 g), baqa (250 g), ilon (2 kg), mangust (3 kg) ni tashkil qiladi. Lekin bunda ekalogik piramida qoidasi buzilgan bo'lib, baqa ozuqasining 5 % ini, ilon 10% ini, mangust 15% ini tana tuzilishi uchun sarfladi. Yuqoridagi holatlarni hisobga olib ekalogik piramidani tashkil qilgan baqa va ilonlarni umumiy sonini belgilang
A) 8010 B) 1200 C) 90 D) 810
6. Ma'lum bir o'rmon hududida yashovchi bo'ri oilachasi populyatsiyasida urg'ochi bo'ri 35 kg, uning 3 ta sutdan chiqqan bolalari har biri 2 kg dan shu hududdagi quyonlar populyatsiyasida 18 ta quyon mavjud bo'lib, bitta voyaga yetgan oq quyonni massasi 3,5 kg, bitta voyaga yetgan kulrang quyonni massasi
4,2 kg tashkil qiladi. Bo'ri oilasi bir oy davomida quyonlar populyatsiyasidagi barcha quyonlarni iste'mol qildi. Buning natijasida bo'rilar oilasi umumiy 7 kg semirdi. Birinchi bo'ri bolasi ikkinchi bo'ri bolasidan 1,33 martta kam go'sht iste'mol qilgan, ikkinchi bo'ri bolasi esa uchunchi bo'ri bolasidan 2 martta ko'p go'sht iste'mol qilgan, ona bo'ri esa bolalaridan 0,556 martta ko'p go'sht iste'mol qilgan bo'lsa, umumiy kulrang quyonlar iste'mol qilgan o'simlik va ona bo'ri iste'mol qilgan go'shtning massa farqini aniqlang (bitta sutdan chiqqan oq quyonning massasi 0,7 kg, sutdan chiqqan bitta kulrang quyonni massasi
0,85 kg teng. Bo'rilar voyaga yetgan quyonlarni iste'mol qilgan)

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin