Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Undoshlar imlosi
. Insholarda ko‘zga tashlanadigan imlo xatolari 
orasida eng ko‘p kuzatiladigan nuqson x va h imlosi bilan bog‘liq 
xatolardir. Ko‘p hollarda 
xalq, axloq, ruxsat, ro‘yxat, hodisa, nusxa, 


46 
sahna, tuhmat 
kabi so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq xatolar 
uchraydi. 
Xx
va 
H

undoshlari alohida fonemalardir. Xx va Hh tovushlari 
paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ham, aytilishiga ko‘ra ham bir-biridan farq 
qiladi. Xx – chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undosh: 
xabar, 
paxta, sho‘x, taxt, baxt, xulq, axloq, xalq. 
Hh – jarangsiz sirg‘aluvchi 
bo‘g‘iz undoshi: 
behi, holva. 
x va h ayrim so‘zlarda ma’no farqlashga xizmat qiladi:
xol
(dog‘) - 
hol 
(ahvol) ;
xam
(egik) - 
ham 
(yuklama); 
shox
(daraxt shoxi) - 
shoh
(podshoh);
rux 
(modda) - 
ruh
(arvoh);
xush 
(yoqimli) -
hush
( aql). 

bilan boshlanuvchi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida 
x
yoziladi:
 
ix-tiyor, ix-cham, ix-los, ix-tisoslik;
qolgan bo‘g‘inlarida h yoziladi:
 il-
hom, i-ho-ta, is-loh; 
e bilan boshlanuvchi arabcha so‘zlar tarkibida 
h
yoziladi:
 ehson, 
ehtirom, ehrom, ehtiyot, ehtiyoj
.
Bu harflar imlosida arabcha o‘zakdosh so‘zlardagi undoshlarga 
asoslanish 
mumkin: 
hukm-hokim-hakam-hokimiyat-mahkama-
mahkum

rahm-rahmat-rahim; hurmat-marhamat-rahmat; xalq-
xaloyiq-xoliq-maxluq; muhsin-tahsin; hibs-mahbus, muxlis-ixlos.
Birlikdagi ot va ularning siniq ko‘plik shaklini bilish ham bu 
harflarni to‘g‘ri ifodalashga yordam beradi: 
xabar-axborot, saxiy-
saxovat, hol-ahvol, ruh-arvoh. 
Bulardan tashqari, x va h ishtirok etgan so‘zlar imlosini yodda 
saqlash lozim bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin