Yulduzli chiroqchalar



Yüklə 226,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix20.04.2022
ölçüsü226,92 Kb.
#55834
  1   2   3   4   5   6
Yulduzli chiroqchalar



                                                    Yulduzli chiroqchalar

Chaqaloq   dunyoga   kelganida,   ota-onalar   mittigina   moʻjizasiga   oʻzlarining

koinotlaridan bir parcha hadya etadi. Keyinchalik ushbu koinot kengayishi yoki torayishi

esa   ota-onalarning   tarbiyasiga,   ularning   tarbiyalari   uchun   qoʻshgan   modda-yu,

antimoddasiga bogʻliq boʻladi. 

Yoshligimdan   yulduzlarni   yaxshi   koʻrardim.   Ayniqsa   buvimning   uyi   osmonida

koʻrinib   turadiganlarini   sevardim.   Xuddiki   kimdir   osmonda   olmoslarni   sochib

yuborganday.   Naqadar   yorugʻ,   toza,   yuvosh.   Aslida   esa   doimo   kengayib   boradigan

koinotning yetarlicha xatarli qimschalari. 

Besh yoshga toʻlganimda, onamga bagʻishlangan shaxsiy koinotim boʻlishini xohlab

qolgandim. Otam meni oʻyinchoqlar doʻkoniga olib borib soʻradilar:

– Xoʻsh qizalogʻim, tugʻilgan kuningga nima istaysan? 

– Yulduzli chiroqchalarni. 

Shunday qilib deyarli butun shahardan izlab, nihoyat chiroqchalarni topgandik. Men

hattoki keyingi doʻkonga borgunga qadar mashinada uxlab ham qolgandim. 

Mendan bahtiyor bola yoʻq edi. Menda yigirma dona yulduzli chiroqchalar bor edi.

Bolalar   baxtli   boʻlishi   uchun   koʻp   narsa   kerak   emas   aslida.   Menga   bor   yoʻgʻi

chiroqchalar kerak edi. Onam ularni karavotim ustiga ilib berdilar va ular qorongʻuda

charaqlab turardi. Mening ham endi oʻz koinotim bor. Ajoyib, charaqlab turadigan, yangi

va oʻzimga oʻxshagan mittigina koionot. 

Qora   tuynuklar,   meteorit-u   kosmik   changlarsiz,   ajoyib   koinot.   Xayolimda   turli

sayyoralarni   yaratar   edim.  Sayyoralardan  birining  nomi   “Oyijonim”  edi.   Besh   yoshli

qizaloq uchun juda mos nom. Bu sayyorada hamma bir-birini yaxshi koʻrardi, onalar

qizlarining   sochlariga   tasmachalar   boylab   qoʻyishadi,   otalar   ularni   quchoqlashadi.

Shunchaki hamma baxtli. 



Hammasi   oddiy.   Shunchaki,   besh   yoshli   qizaloq   muhabbat   yonida   nafrat   ham

yashashi mumkinlini mutlaqo bilmas edi. Inchunin muhabbat naqadar ajoyib tuygʻuki,

insonni hattoki soʻqir qilib qoʻyadi. Ammo, u oʻtkinchi. Sevgi – oʻtkinchi. Afsuski, uni

saqlab   qolish   hammaning   ham   qoʻlidan   kelavermaydi.   Sevgi   tugaganda   esa,   nafrat

keladi. 


Yüklə 226,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin