Yunesko tashkiloti. Aminov u


YUNESKO BIRLASHGAN MAKTABLAR TARMOG`I



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə19/28
tarix01.04.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#54575
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
yunesko tashkilotining xalqaro -конвертирован

YUNESKO BIRLASHGAN MAKTABLAR TARMOG`I 38: 1953 yilda asos

solingan YUNESKO ning Birlashgan maktablar dasturi tarmog`i YUNESKO ning ta`lim sohasidagi asosiy dasturi hisoblanadi. Dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniyatlararo muloqat va barqaror taraqqiyot g`oyalarini targ`ib etish hamda ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan. Ushbu tarmoqni O`zbekistonda rivojlantirishda YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi faol ish olib bormoqda. 1996 yildan tarmoqqa O`zbekistonning 45 ta ta`lim muassasasi (o`rta ta`lim maktab, akademik litsey va kasb-xunar kollejlari) a`zo bo`lgan. Ta`lim muassasalari bir kator xalqaro dasturlarda muvaffaqiyatli qatnashib, «Ta`lim barcha uchun» maqsadlarini va BMT ning barqaror taraqqiyot ta`limi o`n yilligini targ`ib etib kelmoqda. «Barcha uchun umr bo`yi ta`lim», «Fan-taraqqiyot xizmatida», «Madaniyat taraqqiyoti: meros va ijod» kabi dasturlar va ma`muriy xarajatlarga sarflandi.

Birlashgan maktablar tarmog`i doirasida O`zbekiston maktablari YUNESKO ning turli dasturlarida faol qatnashib kelmoqda. Ulardan

«Patrimonito», «Mondialgo» va o`quvchilar almashuv dasturlari. Birlashgan maktablar tarmog`iga a`zo Zarafshon shahridagi 1-sonli ixtisoslashgan maktabi 2006 yilda YUNESKO ning Mondialogi maktab tanlovida g`olib deb topildi.

2006 yil da Toshkent shahridagi 17-son maktabi «Barqaror taraqqiyot ta`limi» mavzusidagi YUNESKO ning Osiyo va tinch okeani mintaqasi tanglovida g`olib dep topilib, maxsus faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

YUNESKO ning «Suv va tabiiy manbalarni boshqarish» (Toshkent shahridagi 17-son maktab) va «Sahroda oazis yaratish» (Zarafshon shahridagi 1- sonli ixtisoslashgan maktab) loyhasi YUNESKO ishlari bo`yicha Koreya Respublikasi Milliy komissiyasi Osiyo va Tinch Okeanii mintaqasida barqaror taraqqiyot ta`limi doirasida 2009 yilning eng ilg`or tajriba loyihalari deb topildi.



38 «O’zbekiston va YUNESKO hamkorligi izchil rivojlanmoqda». Ma’rifat gazetasi. 2012-yil 3-noyavr, N87 (8528), 2,4-betlar

YUNESKO nashrlari o`zbek tiliga tarjima qilinib, tarmoq maktablari orasida tarqatildi39:



  • «Butunjahon merosi yoshlar qo`lida»;

  • «Bag`rikenglik –tinchlik sari olg`a qadam»;

  • «Demokratiya: 80 savolga 80 javob»;

  • «Har bir inson …..» va hakoza.

O`zbekistonda ta`lim tizimiga yangi innovatsion uslublarni joriy etish maqsadida bir qator o`quv seminarlar o`tkazildi:

◙ «Ta`limda boshqaruv va axborot tizimlari» mavzusidagi milliy seminar (2005 yil dekabr`);

◙ Osiyo va Tinch okeani mintaqasi YUNESKO madaniy markazi bilan hamqorlikda «Inklyuziv ta`limni joriy etish uchun bolalar bog`chasi va o`rta ta`lim maktablarida sinov guruhlarini shakllantirish» bo`yicha o`quv kurslari (2006-2007 yillar).

◙ YUNESKO va YUNISEF qo`shimcha FRESh loyhasi doirasida «Ta`lim muassasalarida sanitariya va gigtena» mavzusidagi o`quv seminarlar (2005 yil noyabr`, 2007 yil sentyabr` oylarida);

◙ Xalq ta`lim vazirligi, YUNESKO ning toshkentdagi vakolatxonasi, YUNISEF ning O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamqorlikda tashkil etilgan

«Ta`lim barcha uchun» haraqat dasturining o`rta muddatli tahlili bo`yicha milliy forum (2006 yil 18 avgust)

Loyihaning davomi sifatida 2007 yilning 10-12 sentyabr kunlari Toshkent shahrida inklyuziv ta`lim bo`yicha Markaziy Osiy mintaqaviy seminarii o`tkazildi. MAKTABDAN TASHQARI TA`LIM: 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta`lim tizimi joriy etildi. Ushbu islohatlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida 1998 yildan boshlab Jamoat ta`lim markazlari (JTM) nomli YUNESKO loyhasi O`zbekistonda

39 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. Toshkent, Davlat amaliy nashriyoti- 2005. 318-319 bet

amalga oshirilishi boshlandi. Loyiha YUNESKO ning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi «Ta`lim barcha uchun» dasturi doirasida qo`llab-quvvatlangan edi. Hozirgi davrda O`zbekiston Respublikasining 9 viloyati hamda Qoraqalpog`iston Respublikasidagi Birlashgan maktablar tarmog`i a`zo bo`lgan muassasalar qoshidagi 10 ta jamoat ta`lim markazlari tashkil etildi.

YUNESKO ning Bangkokdagi vakolatxonasi hamda Xalq ta`limi vazirligi bilan hamqorlikda «Aholining imkoniyatlarini kengaytirish uchun axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish», «Hayot ko`nikmalari ta`limi» va «OITV va OITS ni oldini olish» bo`yicha ta`lim dasturlari 1999-2006 yillarda amalga oshirildi. Loyhalar doirasida mul`timediya o`quv dasturlari yaratildi va tegishli muassasalarga tarqatildi, hamda ushbk mazudi milliy anjumanlar tashkil etildi.

2004-2005 yillarda YUNESKO qatnashuv dasturi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida katta yoshdagilar ta`limi markazini tashkil etish qo`llab-quvvatlandi. Markaz tomonidan, 2004-2005 yillarda katta yoshdagilar uchun o`quv dasturlari tashkil etildi va to`rtta o`kuv qo`llanma ishlab chiqildi va nashr etildi40.



FAN: YUNESKO ning fan dasturi doirasida bioloik turfaxillikni asrash va tabiiy manbalrdan oqilana foydalanish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo`llab- quvvatlash, madaniy qadriyatlarni rivojlantirishga bag`ishlangan loyhalar amalga oshirildi. O`zbekistonda YUNESKO ning ko`yidagi xalqaro dasturlari bo`yicha milliy ko`mitalar, jamoatchilik asosida, tashkil etidi:

▓ Xalqaro gidrologiya dasturi;

▓ «Inson va biosfera»;

▓ «Bioetika, Most (Ijtimoiy islohatlarni boshqarish)».




Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin