Yunesko tashkiloti. Aminov u



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə26/28
tarix01.04.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#54575
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
yunesko tashkilotining xalqaro -конвертирован

«O`zbekiston». 1999 yil 205-bet.

52 Международное право в документах: Учеб.пособие. Сост.: Н.Т.Влатова, Г.М. Мелков. – 2-е изд., перереб. и доп. – M.: Инфра, 1997. С-103.

YUNESKO ning maqsadi insoniyatning aql-zakovati va ahloqiy birligiga asoslangan barqaror tinchlikni barpo etish bo`lib, u eng muhim insonparvarlik masalalariga ijodiy yondashadigan o`ziga xos, betakror xalqaro tashkilot hisoblanadi. Uning faoliyati dunyo madaniyatini rivojlantirishga, barqaror taraqqiyot va inson taraqqiyoti uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzishiga ko`maklashadi, milliy madaniyatlarning ravnaq topishiga yordam beradi. Dunyaviy meros hisoblangan moddiy va ma`naviy boyliklarni saqlash va ko`paytirishga, shunungdek, axborotlar oqimi va matbuotni erkin taraqqiyo etishga yordam beradi, rivojlanayotgan davlatlarda kommunikatsiya imkoniyatlarini oshirishga ko`maklashadi.



  1. YUNESKO ning normativ hujjatlar yaratish jarayonida huquq ijodkorlik faoliyatini ko`yidagi asos bosqichlariga bo`lish mumkin:

    • birinchidan o`z Nizomida qayd etilgan vazifalardan kelib chiqib, «adolat, qonuniylik va inson huquqlarining umumiy hurmatini ta`minlashda maorif, fan va madaniyat sohasida xalqlar hamqorligini kengaytirish yo`li bilan tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ko`maklashish» uchun xalqaro bitimlarni tuzishga tavsiya etadi;

    • ekkinchidan, xalqaro hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida ularning kategoriyalarini belgilab beradi:

      • Bosh konferentsiya qabul qiladigan konventsiyalar va tavsiyalar;

      • Bosh konferentsiya qabul qiladigan boshqa normativ hujjatlar (konventsiyalar va tavsiyalarlardan tashqari) deklaratsiyalar, nizomlar, qoidalar, statuslar, rezolyutsiyalar va hakoza;

    • YUNESKO ning faqat o`zi yoki boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda chiqaradigan davlatlar ishtirokida konferentsiyalar qabul qiladigan hujjatlar;

    • uchinchidan, Konventsiya va tavsiyalarni qabul qilishda tashkilotning har bir a`zosi o`zining mustaqil irodasini aks etiradi va konventsiya uchun Bosh konferentsiyada a`zo davlatlarni uchdan ekki qismi ko`pchilik ovozi, tavsiyalarga esa a`zo davlatlarning oddiy ko`pchilik ovozi talab etiladi.

    • turtinchidan, Konventsiya va tavsiyalarni Bosh konferentsiya qabul qiladigan, unga qo`shilgan barcha davlatlarga har qanday holatda ham ushbu hujjatlarni hayotga tadbiq etish uchun tegishli vakolatlarga ega bo`lgan zaruriy qonunchilik yoki huquqiy choralarni ko`ra oluvchi milliy vakolatli organlarga taqdim etish majburiyati yuklanadi.

  1. YUNESKO ning normativ faoliyati to`g`risidagi tadqiqotimiz natijasida ba`zi bir takliflarni o`rtaga tashlashni lozim deb topdik, ya`ni ular ko`yidagilardan iborat:

    • YUNESKO ning normativ bazasini kengaytirish uchun model qonunlarini kiritish lozim. Jahon miqyosida tan olingan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan modelli qonunlar, kerakli qonunlar yo`q yoki bariniham yangilash. Tavsiyalarga nisbatan qonunlari ko`proq samarali bo`lib, ular g`oyalardan qonunlarga bo`lgan yo`lni qisqartirishga va umumjahon huquqiy ma`noni ug`unlashuvi uchun asos bo`lib xizmat qilishi mumkin.

    • Hozirgi kunda axborot texnologiyalarni juda ham tez rivojlanib borayotgan bir paytda, informatika sohasini rivojlantirish YUNESKO ning asosiy faoliyatidan biri bo’lib, YUNESKO doirasida internet tizimini tartibga keltirish bo`yicha alohida xalqaro universal hujjat ishlab chiqish zarur.

    • Hozirgi kunda YUNESKO norma ijodkorlik sohasida faoliyatini yanada rivojlantirish bilan birga, ushbk hujjatlarni xattiyligini ham kuchaytirish zarur deb xisoblaymiz.

    • YUNESKO doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlarga O`zbekistonning ko`shilishi madaniy booyliklarimizning jahon hamjamiyati tomonidan xalqaro huquqiy himoya qilinishiga, O`zbekistonning ilmiy potentsiali, fani, madaniyati, tariyxiy dasturlari, nayob arxeologik va me`moriy majmualarini, milliy va ma`naviy durdonalarini targ`ib qilishga va bu sohadagi ishlarining samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga ushbu sohaga tegishli qonunchiligimizning yanada rivojlanishiga, shunungdek, O`zbekistonda ta`lim, fan, madaniyat, informatika va kommunikatsiya texnologiyalarining yanada taraqqiyot sari rivojlanib, jahondagi

eng ilg`or va nufuzli davlatlar qatoridagi o`z o`rnida muhkamal qolishiga yordam beradi;

    • Fond Forum va YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan tashkillashtirilgan «Asrlar sadosi» an`anaviy madaniyat festivali an`anaviy madaniy va ilmiy tadbirlar qatorida:

  • xalq an`analari,

  • urf-odatlari,

  • amaliy san`at,

  • milliy oshxona,

  • noyob og`zaki meros,

  • noyob nomoddiy meros ko’rgazmalari

kabi naminatsiyalar bo’yicha o’tkazilishin ta’minlash va o’larda OO’YU talabalarining qatnashishi;

  • O`zbekistonning BMT homiyligidagi ta`lim, fan va madaniyat bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganligi mamlakatimizning xalqaro jamiyatdagi o`rnining mustahkamlanib, obro`-e`tibori ortib borayotganining yanada bir dalilidir53;

Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston o`zining tinchliksevar, yaxshi qo`shnichilik, o`zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o`zining munosib o`rnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.O`zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo`lga qo`yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi.

53 Q.Usmanov, M.Sodiqov, S.Burxanova «O`zbekiston tarixi» (Darslik) T.,

«Iqtisod-moliya» 2006. 458-bet

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin