Yunon shahar-davlatlarining shakllanishi


Er.avv.VII-VI asrlarda attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/6
tarix07.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#109033
1   2   3   4   5   6
1555493241 74144

Er.avv.VII-VI asrlarda attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi.
Arxaik davr boshlanishida Attika o‘rta Yunonistonning janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri markazi Afina bolgan Attika misolida yunon polisini shakllanishini atroflicha ko'rish mumkin. Barcha tomonlari dengiz bilan o ‘ralgan, tog'Iar bilan o ‘ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay edi. Kumush konlari, marmaming mo‘l-ko‘lligi, savdohunarmandchilikni ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari dengizchilikni rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan edi, keyinchaiik esa ular qoyatosh bag‘rida joylashgan Afina akropoli markaz boigan bir shahar atrofida birlashdilar4.
Attikaning qadimgi aholisi Ioniylar, pelastlarga doriylarning ko'chishi ta’sir qilmadi. Bu yerda yunon tilining ioniy shevasida so‘zlashadigan qabilalar guruhi to‘rt urug‘ yoki qabila (fil)ga bo'lingan edi. Har bir fil bir necha o ‘nlab urug‘lardan iborat bo'lgan uch firatriyaga bo'lingan edi.
Gomer davrida Attika aholisini basileylar boshqardilar. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin, harbiy boshliq edilar. Boshqa yunon polislariga bo'lganidek basileylar huzurida Afinada areopag deb ataladigan oqsoqollar kengashi bor edi. Afsonalarga ko‘ra Afina aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersziy aholini uch guruhga bo'ladi: Yer egalari-yevpatridlar, dehqonlar-geomorlar, hunarmandlar-demiurglar.
Er. av. VIII asr davomida xo‘jalik va xususiy mulkchilikni rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini astasekin cheklay boshladilar. Ular o ‘zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar) ni saylay boshlaydilar, basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o ‘ta boshladi. Natijada basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi.
Shunday qilib, Afinada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi. Ularning o ‘rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi.
Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o ‘z o ‘rinlarini yangi saylanganlarga bo‘shatib berib, o‘zlari areopagning umrbod a’zolari bo‘lib qolar edilar. Areopag er. av. VIII—VIIasrlarda eng obro'li hokimiyat organi edi.
Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdo; iga faol qatnashdilar. Tovar ishlab chiqarish, savdo hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Er. av. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiysiyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. av. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon tomonidan hokimiyatni bosib olishga urunib ko‘rdi.
Arxont Drakon tomonidan 622-yilda og‘zaki qonunchilikni yozma to'plamga teltirilishi urug‘ zodagonlarini hokimiyatini bo‘shashtirdi. /Drakon qonunlari bilan urug'chilikning qoldigM boigan o ‘ch olish taqiqlandi, jazolash funksiyasi aeropagga berildi. Drakon qonunlari shafqatsiz edi, mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi. o‘g‘rilik jinoyati uchun o’iim jazosi belgilanadi. Solon isiohotlari Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag‘al qismi boigan oddiy demos o'rtasida ijtimoiy ziddiyatlar kuchaydi.
Drakon qonunlari Attika aholisini eng katta muammolaridan biri qarz masalasini hal qilmadi. Er av 594-yilda arxont vazifasiga saylangan kambag‘allashgan yevpatrid, shoir Solon islohotlar o ‘tkardi. Solon isiohotlari Afinadagi vaziyatni tubdan o ‘zgartirdi.
Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi, ilgari qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul toianib Afinaga qaytarildi.
Xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantiradigan qator fstohotlar o‘tkazildi. Pul islohoti uzunlik va ogirlik o ich ov birliklarini takomillashtirish savdo, hunarmandchilikni rag‘batlantirdi, natijada Attikadan chetga tovar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g ‘alla chiqarishni taqiqladi, bu zaytun moyi va vinoni eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Bu chora-tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag‘batlantirdi.
Vasiyatlar erkinligi to‘g‘risidagi qonun urug‘chilik aloqalarini zaiflashtirdi, alohida oilalarni iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me’yori belgilandi. Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikani barcha erkin aholisini daromad hajmiga qarab to‘rt toifaga boidi. Fuqarolaming huquq va majburiyatlari shunday taqsimlandiki, boy fuqarolar avalgidek t o ia hokimiyatga ega boidilar, shu bilan birga fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub boiish yer uchastkasidan yillik olinadigan daromadga bogiiq boidi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlab ko‘p hosil olish imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak urug‘qa mansublik emas, balki aynan daromad, miqdori yerga mehnat qilish fuqaroni jamiyatdagi obro'ini o'lchov mezoni bo‘ldi.

Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga yetgan erkin Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo‘yicha oliy ftppelatsiva huquaiga ega bo‘ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo‘yicha hukm chiqara olar edi. Odam o‘ldirish bo‘yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo‘lida qoldi.
Siyosiy huquq mulkiy senz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to‘rt toifaga ajratildi. Birinchi toifaga pentakosiomedimnlar bir yilda besh yuz medimn g‘alla yoki besh yuz metret (bir metret-39 litr) zaytun yog‘i oladigan fuqarolar kirdi. Ikkinchi toifaga suvoriylar gippeylar, uchinchi toifaga ikkita eshak aravaga ega bo‘lgan og‘ir qurolli piyodalar zevgitlar, to‘rtinchisiga hunarmand fetlar kirdi. Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomednlar da’vo qilishilari mumkin edi. Fetlar polisni bevosita boshqaruvdan chetlashtirildilar5.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin