Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/82
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206375
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
alllllll

Abu Nasr Forobiy
kasb-hunar to‗g‗risida ilk 
fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta‘lim so‗z va 
ko‗nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat 
ekanligini, muayyan kasb-hunarni o‗rganishga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar 
shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo‗lishini aytgan. Bu mulohazalardan 
anglanib turibdiki, alloma kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur 
hayotiy vosita bo‗lib kelganini tan olgan. 
Forobiy ta‘lim-tarbiya ta‘limotining asosi komil insonni shakllantirish, 
bunda yoshlarga o‗z vaqtida o‗rinli ta‘lim va tarbiya berish, ularni kasb-hunarga 
yo‗llash orqali baxt-saodatga erishtirish, jamiyatda o‗z o‗rnini topishiga yordam 
berish g‗oyasidan iborat.
SHarqda birinchi bo‗lib Er va Osmon globusini yasagan 
Abu Rayxon 
Beruniy 
ilm fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‗shish bilan bir qatorda, ta‘lim-
tarbiyani amalga oshirish usullari, metodlarini ham ko‗rsatib o‗tgan. Eng 
muhimi mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida 
muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga 
bo‗ladi. Og‗ir mehnat sifatida binokor, ko‗mir qazuvchi, hunarmand va fan 
sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli olimlar mehnatiga alohida 


e‘tibor berish, hayrixoh bo‗lishga chaqiradi, ularni ma‘rifat tarqatuvchilar, 
jamiyat ravnaqiga hissa qo‗shuvchilar deb biladi. 
 
Olim bolalarni mehnatga o‗rgatish metodlari, yo‗llari haqida ham fikr 
yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o‗rgatish kerak, 
deydi. Mehnat tarbiyasida o‗sha davr an‘anasiga ko‗ra vorislikka katta ahamiyat 
beradi. Beruniyning ―Mineralogiya ― asarida hunarmandchilikka oid, shogird 
tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o‗rgatish metodlari haqida ham qimmatli 
fikrlar bayon etilgan. Bunda shaxsiy namuna metodidan foydalanilgan. Ish 
jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o‗zida 
bajarilganligi shogirdlarning malakali usta bo‗lib etishishida katta ahamiyatga 
ega bo‗lgan. Beruniy inson har tomonlama kamolga etishishi uchun u ilmli 
bo‗lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo‗lishi ham kerak deydi.
Beruniyning pedagogik ijodida inson va uning baxti-saodati, ta‘lim-
tarbiyasi, kasb hunar egallashi va kamolati bosh masala bo‗lgan. Beruniy 
insonni tabiatning bir qismi deb biladi. Tabiatni va jamiyat ilmini o‗rganishda 
―o‗zim tekshirib ko‗rmaguncha ishonmayman‖ degan shiorga butun umr amal 
qiladi. Umuman olganda Abu Rayhon Beruniyning pedagogik – psixologik 
qarashlari asosan, oilada bola tarbiyasi, aqliy ta‘lim, ahloqiy va jismoniy ta‘lim, 
mehnat va insonparvarlik tarbiyalaridan iborat bo‗lgan.
SHarqning ulug‗ allomalaridan biri ―SHayx-ar- Rais‖ nomi bilan mashhur 
bo‗lgan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin