Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Eksperiment-tajriba sinov usullari



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Eksperiment-tajriba sinov usullari 
Eksperiment usuli - psixologik reallik mexanizmi va qonuniyatlarini o‘rganish 
bo‘yicha asosiy metod hisoblanadi. Uning asosiy mohiyati nazorat qilinadigan 
va boshqariladigan sharoitlarda yangi ilmiy bilimlarni olishga qaratilgan. 
Eksperimentning asosiy nomutaxassislik vazifasi - sabab-natija aloqalarini 
o‘rganish va psixologik jaryonlar va hodisalarni tushuntirishdan iborat. 
Eksperiment o‘tkazishda farq va rozilik qoidasini qo‘llaydilar (J.S.Mill) A. B 
guruh voqealar guruhi ketidan D voqeasi kelsa ammo B, V ketidan A kelmasa, 
unda A, a, ning sababidir. Ikkala voqealar guruhidan birinchisi eksperimental 
sifatida ko‘rib chiqiladi, ikkinchisi - nazorat guruhi deb ko‘riladi. Ularni yagona 
farqlovchi voqea mustaqil o‘zgaruvchi deyiladi va u jarayonning davomida turli 
o‘zgarishlarga duch kelish mumkin. Eng tarqalgan eksperiment modeli quyidagi 
jadvalda ko‘rsatilgan bo‘lib, unda tadqiqotchi tahlil natijalarida sub‘ektiv 


baholardan foydalangan holda, ya‘ni x2 x1 dan katta, u2 esa u1 katta degan 
xulosani ta‘kidlab qolmasdan balki, hech bo‘lmaganda umumiy hollarda qay 
darajada kattaligini aniqlashi kerak bo‘ladi. Aks holda, eksperiment va nazorat 
guruhlaridagi o‘zgarishlarni tasdiqlashning o‘zi bo‘lmaydi.
Eksperimental tadqiqotni kasbiy tanlov misolida ko‘rib chiqamiz. Korxonada 
mutaxassislar murakkab mexanik agregatlarni qabul qilishda ishlab turgan 
muhandislar ko‘p deffektlarni o‘tkazib yuborganliklari sabab, ishchilar orasidan 
nazoratchilarni tanlash zaruriyati kelib chiqadi. Eksperimentning mazmuni 
shundan iborat-ki nazoratchi uchun muhim bo‘lgan qobiliyatlarni tashxis qilib 
beruvchi (diqqatni jamlay olish, mustaqillik, sensor farqlash darajasi, keng 
fikrlash) test loyiqalashtiriladi. Test tanlovchilar orqali nazoratchilarning 
eksperimental guruhi tuzildi. Eksperimental va nazorat guruhi ishlarini 
korreksion tahlil qilish asosida tasdiqlash, testning samaraliligini va 
nazoratchilarni tanlash va tayyorlash metodikasini aniqlash imkonini beradi. 
Psixologik tadqiqotlarda eksperiment natijalarini miqdoriy ifoda qilish masalasi 
eng qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun miqdoriy ma‘lumotlar, odatda, 
absolyut emas, balki nisbiy ahamiyatga ega. Ular ikki guruh darajasini 
tasdiqlash imkonini beradi, ammo har qaysining absolyut tavsifini aniqlay 
olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, psixologiya fani real o‘quv-kasbiy faoliyatida 
o‘zgarishlarni kutmaydigan, imkoniyatlar beruvchi vaziyatlar yaratish orqali 
shaxsdagi o‘zgarishlarni o‘lchash uchun turli xil shakllarni yaratadi. 
Eksperimentni o‘tkazishda o‘rganilayotgan jarayon o‘tadigan sharoitlarni keng 
miqiyosda o‘zgartiriladi, o‘zgaruvchan omillar ta‘sirini ajratish, ularning o‘zaro 
aloqasini aniqlash va shu tariqa psixik hodisalarning qonuniyatlari va 
mexanizmlarni o‘rgatish mumkin. Eksperiment metodining muhim sifati 
shundaki-o‘rganilayotgan jarayoniga to‘g‘ri baho berish,
Ma‘lumotlarning miqdoriy hisobini olish imkonini beradi, bu esa tadqiqot 
natijalariga ishlov berish muhim statistik xulosa chiqarishga imkon beradi. 
Eksperimental usulning 3 turi mavjud: tabiiy, modellashtiruvchi va labaratoriya 
eksperimentlaridir. Tabiiy eksperiment psixik hodisalarni odatiy tabiiy 


sharoitlarda o‘rganishni nazarda tutadi (darsda, mehnat topshiriqini bajarish 
jarayonida va hokazo). Tabiiy eksperimentning afzalligi - tadqiqot 
maqsadlarining nisbatan yashirinligi, jarayonning norasmiy muhitda o‘tishi va 
sinovdagilarning hayoti va faoliyatiga bevosita kirib borishi bilan belgilanadi. 
Modellashtiruvchi 
eksperiment 
ayrim 
mehnat 
jarayonlarining 
nazariy 
dinamikasi va murakkabligi tufayli real texnik moslamalarni odatiy ish 
tartibidagi usullarni o‘rganib bo‘lmaganligi tufayli
qo‘llaniladi. Bu jarayonlar anglanilgan holda o‘rganilayotgan mehnat jarayonida 
ishning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi uning tarkibiy qismlariga ajratiladi, 
bu faoliyatni amalga oshirish uchun sun‘iy sharoitlar yaratiladi va shu tariqa 
modellashtirilgan sharoitlarda murakkab mehnat jarayoni o‘rganiladi. 
Modellashtiruvchi eksperiment shaxsning kasbiy shakllanish jarayonidagi 
muhim kasbiy sifatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Labaratoriya eksperiment 
tadqiqotlarni 
maxsus 
asbob-uskunalari 
bilan 
jihozlangan 
psixologik 
labaratoriyada o‘tkazishni nazarda tutadi. Eksperimentning bu turi odatda 
elementar psixik funksiyalarni o‘rganish maqsadida qo‘llaniladi ya‘ni, sensor va 
motor reaksiyalari tanlov reaksiyalari va boshqalarni kiritish mumkin. Insonning 
ish-harakatlarini o‘rganish borasida oxirgi 20 yil mobaynida videotexnika va 
turli antik mexanik moslamalar rivojlanishining yuqori darajasiga ko‘tarilgan. 
Bu bir tomondan videoga tushirish,
streoskopik tushirish kabi usullarni keng qo‘llashga olib kelgan bo‘lsa, boshqa 
tomondan tayyorlov ishlari ya‘ni, eksperimentni o‘tkazish va materiallarni tahlil 
etish kabi ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Videofotoregistrasiya 
metodining universalligiga qaramay tadqiqotlarda EHM va boshqa maxsus 
texnikaning qo‘llanilishi bugungi kunda murakkab muammo bo‘lib kelmoqda. 
Shakllantiruvchi eksperiment - bu usulning asosiy belgisi V.V Davidovning 
―psixikaning u yoki bu empirik shakllarining xususiyatlarini oddiygina ta‘kidlab 
emas, balki ularni faol modellashtirib maxsus sharoitlarda namoyon etib, ular 
mohiyatini ochib berishi‖ kerak degan fikri bilan belgilanadi. Shakllantiruvchi 
eksperiment usullarini qo‘llash o‘quv-kasbiy jarayonlarning ma‘lum tavsiflarini 


o‘zgartirish va shu o‘zgarishning ta‘lim oluvchilarning yosh, intellektual 
xususiyatlariga bo‘lgan ta'siri bilan bog‘liq. Mohiyatiga ko‘ra, bu usul keng 
tadqiqot o‘tkazish vositasi sifatida boshqa usullarni qo‘llash orqali o‘tkaziladi. 
Shakllantiruvchi eksperiment V.V.Davidov bergan tavsifiga ko‘ra - birinchidan, 
ko‘p sonli ya‘ni, statistik muhim; ikkinchidan, u yoki bu konsepsiyani yuritish 
uchun amalga oshiriladigan; uchinchidan uzoh davomli va nihoyat pedagogik-
nazariyotchi diagnostik metodistlarni o‘zaro hamjihatliligini ta‘minlab beruvchi 
eksperimentdir. Shakllantiruvchi eksperiment kasbiy ta‘limning optimal 
texnalogiyalarida, korxonada kasbiy tayyorgarlikning samarali metodikasida, 
malaka oshirish tizimiga innavasion usullarni qo‘llash jarayonida foydalaniladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin