Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko„rinishlarga ajratish mumkin



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko„rinishlarga ajratish mumkin:
Imo-ishora,
Mimika,
Pantomimika, 
Exologik, ya‘ni aks sado, 
Signifikatsiya, 
Daktilogik (barmoq nutqi). 
Inson er yuzasidan hayot va faoliyat ko‗rsatish davrining dastlabki 
pallasida asosiy nutq turi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. 
SHuning uchun etnik stereotiplar asosida muayyan kechinmalarni, ma‘lum 
axborotlarni shaxslararo munosabat jarayonida uzatish va qabul qilishda 
ifodalanuvchi tovushsiz, lekin ma‘noli, mazmunli nutq turi imo-ishorali nutq 
deyiladi. Masalan, o‗zbeklarda fikrni tasdiqlash old tomonga bosh siltash bilan 
ifodalansa, xuddi shu ma‘noni bulg‗orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib 
keladi. Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jimjiloqdan, 
birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilinmaydi. Aksariyat hollarda 
imo-ishora his-tuyg‗usiz namoyon bo‗ladi va shaxslararo munosabatning tub 
ma‘nodagi ham quroli, ham vositasi funksiyasini bajarib kelgan. Lekin uni his-
tuyg‗usiz deb nomlash ham ilmiy-amaliy qiymatini pasayishiga olib keladi, bu 
holat uning ijtimoiy funksiyani o‗zida aks ettiradi, shaxslararo munosabat 
mag‗zini tashkil etib kelgan, ba‘zida hozirgi zamonda ham undan keng 
ko‗lamda foydalaniladi.
YUz harakatlari (fizionomiya) yordamida insonni inson tomonidan idrok 
qilish, o‗zgalar fikriga javob qaytarish, tana a‘zolari rangining o‗zgarishi 
hisobiga shaxslararo munosabatga kirishishda namoyon bo‗luvchi noverbal 
nutqturiga mimika deyiladi. Tabassum, jilmayish, miyig‗ida kulish, lab qisish va 
cho‗chaytirish, til chiqarish, qosh uchirish va suzish, xullas turli psixologik 
holatlarni, ayniqsa hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, interaktiv, 
perseptiv xususiyatli nutq turi mimika bo‗lib hisoblanadi. Mimika yordami bilan 
haqgo‗ylik, quvlik, yoqtirish va yoqtirmaslik, samimiylik va ikkiyuzlamachilik, 


hasad, quvonch, qayg‗u, baxtiyorlik singari yuksak tuyg‗ular namoyish etiladi. 
Xush yoki noxush kechinmalar aks etilayotganligidan kelib chiqqan holda 
muomala jarayoni yoki qisqa muddatli, uzoq muddatli vaqt mezonini namoyon 
qiladi, ayanch, baxt hislarini ifodalab keladi. U mono vaziyatni, diada, triada, 
poliada ko‗rinishidagi shaxslararo munosabat shakllarini yaqqol aks ettiradi, 
fikrni uzatish, qabul qilish, ta‘sirlanish, ruhlanish kabi funksiyani bajaradi. 
Hayotiy tajribaning ko‗payishi bilan ichki kechinmalarni (interiorizatsiyalash) 
tashqi voqea hodisalarga almashtirish(eksteriorizatsiyalash) bilan yakunlanadi, 
ko‗pincha individual va ijtimoiy tarbiya vazifasini bajaradi. 
YUz harakatlari, tana a‘zolari, qaddi-qomat yordami bilan fikrlarni 
uzatish, syujetli qoidali, ma‘noli, dramatik kechinmali noverbal nutq turiga 
pantomimika deb ataladi. O‗z mohiyati ko‗lami bilan mimikadan ustuvor 
xususiyatga ega bo‗lib, axborotlar, intim holatlar, murakkab kechinmalar 
yuzasidan o‗zgalarga ma‘lumot uzatish tarzida hukm suradi. Insonda turmush 
tajribasi ortib borishi, kasbiy faoliyat mazmunini rollarga va syujetga asoslangan 
holda ssenariysini yaratish, vaziyatga qarab qisqa va uzoq muddatli informativ 
funksiya bajaradi. Pantomimika yumor hissini, qo‗rqinch tuyg‗usini, zahmat 
obrazini, dahshat kechinmasini o‗zida aks ettirib, ko‗pincha kommunikativ 
funksiyani ijro qiladi, hissiy aloqa o‗rnatish orqali taassurotlar mukammalligi 
ta‘minlanadi. 
Tashqi ta‘sirlanish va uning teskari aloqasi kulgida, ko‗z yoshlarida (xoh 
quvonchli, xoh qayg‗uli bo‗lishidan qat‘i nazar) ifodalanib, assotsiatsiyalarni 
jonlantiradi va ko‗lamini kengaytiradi. Pantomimika sahna harakatiga nisbatan 
qobil, iste‘dodli, iqtidorli, salohiyat namunasini namoyish etib, maxsus 
qobiliyatli shaxslar tomonidan maqsadga muvofiq ravishda ijroqilinadi, lekin 
istisno tariqasida o‗qituvchilik faoliyatida ham unumli foydalaniladi. YAqqol 
ruhiy hodisalar, holatlar, xususiyatlar, shaxsning fazilatlari, pantomimika ijrosi 
davomida faoliyat sub‘ekti tomonidan bajariladi.
Ayrim his-hayajonli shartli tovushlarda mujassamlashgan axborot uzatish 
va qabul qilish maqsadini amalga oshiruvchi, tabiiy to‗siqlarga urilib qaytuvchi 


aloqa vositasiga exologik yoki sado nutqi deyiladi. Exologik yoki aks sado nutq 
turi bir tomonlama aloqa (tog‗-inson, inson-jism) negizida vujudga keladi, 
ko‗pincha individual tovush harakati javob, masofa funksiyasini ijro etadi. Lekin 
aks sadoorqali tog‗larda, qalin o‗rmonlarda ikki yoki undan ortiq kishilar 
o‗rtasida aloqa quroli sifatida muayyan ahamiyat qozonadi. Fazoviy tasavvur 
qonuniyati asosida shaxslararo munosabat o‗rnatiladi, ma‘lum shartli belgilari 
o‗zaro bilvosita muloqot vositasi rolini ijro qiladi. Ekstremal favquloddagi 
hodisalar yuz berishi jarayonida shartli tovushlardan tuzilgan aloqa usulidan 
foydalaniladi. Tovushlarning qaytishi fazoviy chamalash, muayyan mo‗ljal olish 
uchun xizmat qiladi, qo‗rqinch, hayajon, umid, ishonch tuyg‗ularining aloqaga 
kirituvchi shaxslar ruhiy dunyosida mujassamlashishini ta‘minlaydi.
Noverbal turkumga kiruvchi signifikatsiya boshqalardan o‗z tuzilishi, 
mazmuni, shakli bilan keskin ajralib turadi. Aniq shartli alomatlar orqali 
muayyan mantiqiy yuklamani o‗zida aks ettiruvchi kommunikativ xususiyatli 
noverbal nutq turi signifikatsiya deyiladi. U shartli belgilar, signallar, modellar 
shaklida ifodalanishi mumkin. Uzoq masofalarga xabar yoki ma‘lumot uzatish 
va qabul qilish vositasi sifatida Morze alifbosi va shunga o‗xshash ―sun‘iy til‖ 
nomi bilan mashhur kommunikativ manbalari faoliyat ko‗rsatib kelmoqda. Har 
bir ―signal‖ o‗z ko‗lami, takrorlanish sur‘ati, tembri, chastotasi bilan muayyan 
ma‘lumot uzatish yoki qabul qilish imkoniyatiga ega bo‗lib, shartli alomatlar 
negizida mazmun yoki mohiyat yotadi (―doza‖, ―porsiya‖ deb nomlanadi). 
Morze alifbosi va shunga o‗xshash hozirgi zamon aloqa qurilmalari qo‗l 
yordami bilan (asbobni bosish orqali) xabar uzatishga yoki qabul qilishga 
mo‗ljallangan. Hozirgi zamon ratsiyalari ham xuddi shunga o‗xshash 
kommunikatsiya quroli vazifasini bajaradi. 
Noverbal nutqning yana bir turi daktiologik (barmoq) nutq deb ataladi. 
Inson tana a‘zolari, imo-ishoralar, mimika, xullas hissiyot yordami bilan 
muomala o‗rnatishga qaratilgan aloqa vositasi daktiologik nutq deyiladi. So‗z 
orqali ifodalanuvchi nutq mazmuni ma‘noli qo‗l, yuz harakatlariga, ayrim 
hayajonli sadoga, qahr-g‗azab, iliq tabassum, qahqahaga ko‗chiriladi. 


Harakatning 
takrorlanishi 
axborot 
mazmunini 
boyitadi, 
kuchaytiradi, 
ma‘lumotlar uzluksizligini ta‘minlab turadi. Umumbashariy xususiyatli nutq 
vositasi daktiologiya fani nomi bilan yuritiladi va maxsus o‗qitish, o‗rgatish 
orqali undan foydalanish ko‗nikmasi hamda malakasi soqov yoki kar-soqov 
odamlarda shakllantiriladi. Hatto ularda savod chiqarish ham xuddi shu tamoyil 
negizida quriladi. Tabiat va jamiyatga nisbatan munosabat, shaxslararo 
muomala, ma‘lumot almashish shu nutq yordami bilan ifodalanadi.
Noverbal nutqni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) 
tovushsiz: a) imo-ishora, b) mimika, v) pantomimika, g) daktiologik; 2) 
tovushli: a) exologik (aks sado), b) signifikatsiya(shartli belgilar, signallar, 
modellar). 
Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
1) og‗zaki, 2) yozma, 3) monologik, 4) poliologik, 5) tashqi, 6)ichki, 7) 
ekspressiv, 8) impressiv, 9) lakonik (qatra, yig‗iq), 10) epik (yoyiq), 11) affektiv 
(jahl holatidagi).
Insonning ijtimoiy- tarixiy taraqqiyoti davri tahlil qilinganda genetik kelib 
chiqish jihatidan birlamchi qatorida og‗zaki nutqni keltirish joiz. Og‗zaki nutq 
noverbal turkumdan keyin paydo bo‗lgan nutq turidan biri hisoblanadi va u 
shartli ravishda quyidagi nutq ko‗rinishlarini qamrab oladi: monologik, dialogik, 
poliologik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik (yig‗iq, qatra), affektiv 
(his-hayajon, jahl).
Pauza, mantiqiy urg‗u, temp, tembr,chastota, ritmika va boshqa tashkiliy 
qismlar hamda mexanizmlarni o‗zida mujassamlashtirgan, tilning barcha 
qoidalari, qonunlari, shartli belgilar sifatida xizmat qilishga asoslanuvchi nutq 
turi og‗zaki nutq deb ataladi.
Noverbal nutq o‗zining asosiy funksiyasini bajarib bo‗lganidan so‗ng 
(uning ma‘lum tarkiblari faoliyat ko‗rsatishda davom etib kelmoqda) axborot 
uzatish, tajribalarni egallash, insonni kamol toptirish va shunga o‗xshagan 
vazifalar tabiiy ravishda og‗zaki nutq zimmasiga yuklangan. Jarangli, jarangsiz 
faol, sust, his-hayajonli, monoton, yuksak sur‘atli, shivirlash ko‗rinishidagi 


og‗zaki nutq xususiyatlari va qonuniyatlarini o‗zida mukammallashtirgan holda 
aloqa quroli, vositasi tariqasida muomala tarkiblarini aks ettiradi. Kommunikativ 
xususiyatli axborotlar oddiy xabar, so‗rov, undov ma‘nosini anglatuvchi 
ma‘lumotlarog‗zaki nutqning murakkab hamda rang-barang tuzilishiga ega 
ekanligidan dalolat beradi. Og‗zaki nutq shaxslararo munosabatning puxta 
negizini tashkil etib, maqsadga yo‗naltirilgan yoki tasodifiy vaziyatlar 
mohiyatidan kelib chiqib uzoq ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida o‗z 
ustuvorligini saqlab kelmoqda. Tilning takomillashuvi bevosita og‗zaki (jonli 
tilda) nutqda namoyon bo‗ladi, iste‘molda eskirgan so‗zlar eski (arxe) 
tushunchalar, atamalarga aylanib boradi. Xuddi shu bois millatga xoslik 
mavjudbo‗lsa-da, lekin shaxslarni o‗zaro katta tarixiy davr a 
jratib tursa, u holda bir-birlarini to‗liq tushunish qiyinlashadi. Xuddi 
shunday holatni geografik muhit, xududiy farq, lahjalarga oidlik, shevalar, etnik 
alohidalikni keltirib chiqaradi, ammo axborotlarni idrok qilish va tushunishdagi 
bunday qiyinchiliklarni adabiy til birligi bartaraf qiladi (Xorazm, Namangan 
shevasi va hokazo).
Og‗zaki nutq o‗zining jarangdorligi, ta‘sirchanligi, axborotlarni qabul 
qilishdagi qulayligi, uzatilishdagi ixchamligi, toliqishning oldini olish 
imkoniyati mavjudligi uning keng qirrali ekanligini bildiradi.
Og‗zaki nutqning dastlabki turidan biri – bu monologik nutqdir. YAkka 
shaxsning ichki kechinmalarini til mexanizmlariga asoslangan holda aks 
ettiruvchi, uning o‗ziga qaratilgan (egotsentrik), ta‘sirlanishini ifodalashga va 
axborot uzatishga mo‗ljallangan nutq turi monologik nutq debataladi. Unda 
shaxsiy his-tuyg‗ularning ichki va tashqi shakllari uyg‗unlashadi, shuningdek, 
o‗zgalar fikrini ifodali o‗qishda ham o‗z aksini topadi. Odatda monologik 
nutqda fikrlar qisqartirilmaydi, mabodo bu qoida buzilsa, axborot ma‘nosini 
tushunish qiyinlashadi. His-hayajonning tashqi va ichki kechinmalari hamda 
ularning mexanizmlari aniq, ravon, izchil aks ettiriladi.
Diada shaklidagi munosabatlar negizida quriluvchi, ikki shaxs o‗rtasida 
namoyon bo‗luvchi, axborot uzatishga va qabul qilishga mo‗ljallangan nutq turi 


dialogik nutq deb ataladi. Uning monologik turidan farqli tomoni fikr mohiyati 
nutq faoliyati qatnashchilarida anglangandan keyin u yoki bu shaklda 
qisqartirish imkoniyatiga ega. Uning interaktiv tomoni ko‗pincha ustuvorlik 
qiladi, axborotlar qabul qilish va uzatish o‗zaro tushuncha asosiga quriladi, aks 
holda muomala maromi buziladi, o‗zaro fikr almashuv muddatdan oldin 
yakunlanadi. 
Bir nechta kishilar bilan amalga oshirish mo‗ljallangan, triada va poliada 
negiziga quriluvchi, axborot uzatish va qabul qilishga yo‗naltirilgan, bahs 
tarkiblari ishtirok etuvchi og‗zaki nutqturiga polilogik nutq deyiladi. 
Muomalada muammo mohiyati har qaysi qatnashchi tomonidan anglashilgandan 
so‗ng uning tarkiblari qisqarishi mumkin, bu esa o‗zaro tushunuvni 
osonlashtiradi. Mazkur nutq turida ham dialogik nutqqa xos bo‗lgan 
mexanizmlar, ta‘sir o‗tkazuvchi vositalar ishtirok etib, uning ta‘sirchanligini 
oshirishga xizmat qiladi, shaxslararo munosabat ko‗lamini kengaytiradi. 
Artikulyasion apparat orqali vujudga keluvchi, verbal holatlarda aks 
etuvchi, o‗zgalarga yo‗naltirilgan, har xil xususiyatli vaziyatlarda namoyon 
bo‗luvchi nutq turiga tashqi nutq deyiladi. Tilning barcha qoidalari va 
qonuniyatlari unda mujassamlashgan bo‗lib, uzati va qabul qilish, idrok etish va 
tushunishdan iborat muomala quroli, vositasi vazifasini ijro etadi. Nutq tempi, 
tembri, ritmikasi va chastotasi mavjudligi uchun axborotlarni tinglash va idrok 
qilish engilroq kechadi. 
Muayyan axborotlarni tartibga keltirish, g‗oyalarni yaratish, fikriy 
dasturni ishlab chiqishga mo‗ljallangan, lekin latent davridagi ma‘lumotlar 
majmuasidan tuziluvchi nutq turi ichki nutq deyiladi. Ichki nutqning muhim 
xususiyatlaridan biri – bu ko‗lam jihatdan tashqi nutqdan kengroq ekanligidir. 
Ikkinchi bir xususiyati esa tafakkurning mexanizmi funksiyasini bajarishdir.
Axborotlar ichki mohiyatini tashqi his-hayajon tarkiblari bilan 
kuchaytiruvchi, shaxslararo munosabatlarning yaqqol ifodalanishini aks 
ettiruvchi, ovozli, til vositalariga asoslanuvchi nutq turiga ekspressiv nutq 


deyiladi. O‗zining tezkorligi va vaziyatbopligi bilan boshqa nutq turlaridan 
ajralib turadi. 
Ichki kechinmalar shaxsiy fikrlash bilan uyg‗unlashishi tufayli fikriy 
bog‗lanishni vujudga keltiruvchi holatlar, hodisalar mohiyatini ichki va tashqi 
omillarga asoslanib aks ettiruvchi nutq turiga impressiv nutq deyiladi. 
Mulohazalar mohiyati shaxs kechinmalari bilan munosabatga kirishishi 
natijasida o‗ziga xos voqelikni namoyish qiladi. 
Insoniyat tarixining sivilizatsiyalik bosqichiga o‗sib o‗tishi davridagi 
e‘tiborga yozma nutq paydo bo‗la boshlagan va hozirgacha u o‗z rivojlanishida 
davom etmoqda. Tilning barcha qoidalariga (grafik, morfologik, sintaksistik, 
leksik, orfoepik, lingvistik, fonemetik, fleksiv va hokazo), qonuniyatlariga, 
mexanizmlariga (jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, 
muayyan shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilishi, ma‘no, 
mazmun va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib 
beruvchi nutqturi yozma nutq deyiladi. 
Har bir tilning to‗la mohiyati yozma nutq orqali ifodalanadi, uzoq va 
yaqin masofalar uchun axborot (kommunikatsiya) vositasi (quroli) vazifasini 
bajaradi. Millat madaniyati, ma‘naviyati, fan va texnikasi, san‘ati va adabiyoti 
yozma nutq orqali uzatilib, millatlararo aloqa kanali funksiyasini ado etadi. 
YOzma nutq o‗z navbatida quyidagi tarkiblardan tashkil topadi: a) 
monologik (drama), b) dialogik (badiiy asar janrlarida), v) ichki, g) lakonik 
(yig‗iq, qatra), d) epik (yoyiq,yirik roman, qissa va boshqalar). 
YOzma nutqning monologik va dialogik turlari badiiy asarlarda o‗z 
ifodasini topgan bo‗lib, og‗zaki nutqdagadan farqli o‗laroq til boyliklariga 
bevosita asoslanadi. YAngiliklar yaratish, ijod qilish so‗zlar orqali mohiyat kasb 
etadi, u yoki bu shakldagi tartibga keltiriladi. Lakonik (yig‗iq, qatra) nutq ham 
og‗zaki nutqdagiday ma‘no kasb etadi. Epik (yoyiq) nutq yirik asarlar, 
monografiyalar mohiyatini to‗laqonli aks ettirish bilan boshqa nutq turlaridan 
farqlanadi. Til mexanizmlaridan tashqari badiiy vositalar orqali inson ruhiyati 
tavsiflanadi. 


Bizningcha, his-hayajonlar orqali ifodalanuvchi, muayyan axborotlarni 
o‗zida mujassamlashtiruvchi nutq turlarini quyidagi tiplarga shartli ravishda 
ajratish mumkin: ekspressiv, impressiv, affektiv, daktiologik va boshqalar. 
Ularning psixologik mazmuni, mohiyati, xususiyatlari to‗g‗risida 
yuqorida mulohazalar bildirilganligi uchun qaytatdan tahlil qilish, tavsiflashga 
hech qanday hojat yo‗qdir. Lekin mazkur nutq turlari boshqa turkumlardan ham 
joy olishi mumkin. biroq ilmiy jihatdan hech qanday qarama-qarshiliklar 
vujudga kelmaydi, aksincha, bir-birini to‗ldirishda xizmat qiladi, xolos. 
Nutq va nutq faoliyati yuzasidan bildirilgan mulohazalar, ilgari surilgan 
ayrim g‗oyalar mutlaqlikka davo emas, albatta, chunki ularning ko‗pgina 
jihatlari, qirralari, mexanizmlari, qonuniyatlari, tavsiflari chuqurroq izlanishni 
talab qiladi, ayrim o‗rinlarda ularning har birini eksperimental tadqiq etishni 
taqozo qiladi, yangi metodikalar, testlar, treninglar ishlab chiqishni izlanish 
predmetiga olib kiradi, amaliy va nazariy muammolar echimini tezroq hal 
qilishga safarbar etadi, nutqning muomala jarayonidan kelib chiqib yondashash 
evaziga qiymatli materiallar to‗plash mumkin hamda uning negizida har qaysi 
psixolog mutaxassisni notiqlik san‘atiga o‗rgatish kadrlar tayyorla sifatini 
oshirishga muhim hissa bo‗lib qo‗shiladi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin