Tushlar- uyquga yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo‗lib, ular tez
unutilishi yoki uzoq muddati saqlanishi mumkin. Reeproduktiv hayolda aniq
real vazifani amalga oshirish
maqsad qilib quyiladi, unda fantaziya elementlari
mavjud bo‗ladi. Bunday hayol xotira yoki idrokka o‗xshab ketadi.
Masalan,
Amir Temur yurishlari, badiiy adabiyotda tabiat
manzaralarning ifodalanishi
shular jumlasiga kiradi. Produktiv (ijodiy) xayol- bizning tajribamizda mavjud
bo‗lmagan obraz va ob‘ektlarni yaratish bilan bog‗liq bo‗lgan hayol turidir.
Masalan, ixtirochi, yozuvsi yangi narsa yaratadi.
Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‗qituvchi mahorati
masalalari
O‗qituvchi kasbi sharafli va o‗ziga xos murakkab bo‗lib,
pedagogik
mahorat fani esa ilg‗or o‗qituvchilar va olimlarning amaliy va nazariy
bilimlarining yig‗indisidir. SHarq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming
yillik tarixga ega bo‗lib, nazm mulkining sultoni A.Navoiy, A.Jomiy, Koshifiy
va
boshqalarning asarlarida nutq, notiqlik sa‘nati, madaniyati haqida, so‗z va
uning inson ruhiyatiga ta‘siri haqida juda ko‗p, qimmatli,
durdona fikrlari
mavjud. Pedagogik mahorat fanining predmeti shu sohaga oid bo‗lgan nazariy,
amaliy bilimlar majmuasini o‗rganishdan iborat.
Inson xotirasining yaxshi bo‗lishi, ya‘ni his-kechinmalarimiz, ko‗rgan -
kechirganlarimizning mazmuni to‗laroq miyamizda saqlanishi quyidagi
omillarga bog‗liq:
-esda saqlab qolish bilan bog‗liq harakatlarning yakunlanganlik
darajasiga;
-shaxsning o‗zi shug‗ullanayotgan ishga nechog‗lik
qiziqish
bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
-shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining
qandayligiga;
-shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
-irodaviy kuchi va intilishlariga.
Umuman,
xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko‘lami va tezligi,
esda saqlashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog‘lanadi.
Demak, odamlar ham aynan shu sifatlarga ko‗ra ham farqlanadilar:
-materialni tezda eslab qoladiganlar;
-materialni uzoq vaqt esda saqlaydiganlar;
-istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar.
Ba‘zi odamlarning xotirasiga xos jihatlarni tug‗ma deb atashadi. To‗g‗ri,
oliy
nerv tizimi, uning o‗ziga xos ishlash xususiyatlari xotiraning o‗ziga xos
individual uslubini belgilashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: