Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Mehnat - tarixan tarkib topgan, maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan, boylik  yaratishga qaratilgan ongli faoliyat turi.  Mehnat qobiliyati



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Mehnat - tarixan tarkib topgan, maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan, boylik 
yaratishga qaratilgan ongli faoliyat turi. 
Mehnat qobiliyati - shaxsning muayyan mehnat turini muvaffaqiyatli 
bajarishni ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksional 
imkoniyatlari yig‘indisi. 
Mehnat madaniyati - mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga doir bilimlar, 
malakalar va odatlar tizimidan iborat individual xislat. 
Mehnat malakalari - mehnat faoliyatining ma‘lum bir sohasiga doir 
avtomatlashgan, mustahkamlangan harakatlar. 
Mehnat psixologiyasi - psixologiyaning mehnat faoliyatining psixologik 
muammolarini o‘rganuvchi sohasi. 
Mehnat terapiyasi - mehnat jarayonlaridan davolash maqsadlarida 
foydalanadigan fan tarmog‘i. 
Mehnatsevarlik - mehnatni xurmatlash uning har qanday turini 
bajarishga doim tayyor turishdan iborat xarakter xislati. 


Motiv - odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab. 
Motivasiya - shaxsning nima uchun ma‘lum vaqtda boshqa fikr va 
harakatlarni emas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilganligini 
asoslab berishi, tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operasiya. 
Motivlar kurashi - shaxsning oldida bir emas bir qancha maqsadlar 
mavjud bo‘lgan taqdirda ulardan eng muhimini tanlab olish jarayonida ro‘y 
beradigan ikkilanishdan iborat holat. 
Mustaqillik - shaxsning muayyan aqliy, axloqiy yoki amaliy masalalarni 
hal qilishida, ayniqsa, murakkab vaziyatni baholash va maqsadga muvofiq 
yo‘lni tanlashda o‘zining mustaqil fikrlari, tamoyillari hamda e‘tiqodiga ega 
bo‘lishdan iborat irodaviy xarakter xislati. 
Mutaxassis - shaxsning muayyan kasbga nisbatan yaroqlilik darajasi, 
tayyorgarlik saviyasi, muayyan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlay olish 
uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin