Eritish jarayonida fazalarning bir-biriga ta’siri natijasida cho‘yanning kimyoviy tarkibi shakllanadi. Kimyoviy tarkibnnig shakllanishiga fazalarning o‘zaro ta’sirining quyidagi turlari ta’sir ko‘rsatadi: qattiq metallning gaz fazasi bilan oksidlanishi, metallning toshqol bilan oksidlanishi, elementlarni koks yoki karbyurizator utlerodi vositasida tiklash, uglerodning erishi, cho‘yan bitta elementini boshqasi bilan tiklanishi.
Natijada har qaysi zona yoki davr uchun qotishma kimyoviy tarkibining o‘zgarishini harakterlovchi ko‘rinadigan jami massa uzatish koeffitsientini topish mumkin. Uning qiymatiga eritishdagi termodinamik sharoitlar (atmosfera, toshqol tarkibi va eritishning aniq usulini amalga oshirishga bog‘lik bo‘lgan jara-yonlarning sodir bo‘lish mexanizmi) ta’sir etadi.
Birinchi zonada qattiq shixta ashyolari gaz fazasi bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda atmosfera temirga ta’sir etib uni oksidlaydi:
Birinchi zonada qattiq shixta ashyolari gaz fazasi bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda atmosfera temirga ta’sir etib uni oksidlaydi:
Fe + SO2 = FeO+SO
Shixta metall bulakchalarining sirtida cho‘yanning boshqa elementlari ham oksidlanishi mumkin. Bundan tashqari metall gazdagi oltingugurt bilan to‘yinishi mumkin:
3Fe+O2=Fe+2FeO
Bu zonada oxaktosh quyidagi reaksiya bo‘yicha parchalanadi
SaSOz = SaO + SO2
Bunda yoqilg‘i namligi va uchuvchan moddalarini yo‘qotadi,
Ikkinchi zonada (eritish) shixtaning metall komponentlari eriydi va oksidlanish, oltingugurtga to‘yinish hamda uglerodsizlanish jarayonlari birinchi zonaga qaraganda ancha jadal kechadi. Bunda temir (II) oksidi FeO elementlarining ikkilamchi oksidlanish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Temir (II) oksidi erigan metall bilan birgalikda oqib quyidagi reaksiyalar bo‘yicha Si, Mn va S bilan reaksiyaga kirishadi:

Me + FeO=Fe + MeO
Uchinchi zonada (o‘ta qizish zonasi) suyuq metall koks bo‘lakchalari bo‘ylab tomchilar va oqimlar ko‘rinishida okib tushadi hamda o‘ta qiziydi. Natijada uglerodlanish, shuningdek S va S larning erib koksdan ajralish hamda elementlarning quyidagi tipdagi reaksiya bo‘yicha tiklanish jarayonlari boshlanadi:
< S > + (MeO) = [Me] +{SO}
Bu zonada toshqol xosil bo‘la boshlaydi.
Erkin kislorod borligi tufayli Me-M1/202=MeO reaksiyasi bo‘yicha furmalar zonasida elementlar jadal oksidlanishi mumkin. Birinchi navbatda temir oksidlanadi. Bunda temir (II) oksidi Si, Mn, S larni oksidlaydi. Metall tomchilari koks bilan muloqatida yuqoridagi ko‘rinishdagi reaksiya buyicha elementlar qizg‘in uglerodlanadi va tiklanadi. Bundan keyin toshqol xosil bo‘lishi tugaydi.
To‘rtinchi zonada (to‘planish zonasi) metall va toshqol bir oz soviydi. Metall gornda to‘planadi va koks bilan muloqatda bo‘lib koksdagi uglerod hamda oltingugurtni eritadi. Vagrankalardan olingan cho‘yan tarkibida S va Si miqdori ortiqroq bo‘ladi.
Barcha fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida shixtadagi dastlabki miqdoriga qaraganda 15—25% Si va 25—30% Mn ko‘payadi. Natijada uglerod va oltingugurt miqdori ortadi. Temir miqdori ham bir oz kamayadi. Uning oksidlari, Si va Mn oksidlari, yoqilg‘i kuli hamda qoplamaning erigan sirti vagranka toshqolini tashkil etadi.