Akademik-litsey va kasb hunar kollejlarida jismoniy tarbiya darsida oʻquvchilar faoliyatini tashkil etishning qaysi usullaridan foydalaniladi ?
*frontal, guruhli, aylanma mashgʻulot, individual
frontal, guruhli, aylanma mashgʻulot
frontal, guruhli, soʻz, koʻrgazmali
frontal, guruhli, qatiiy tartiblashtirilgan mashq, oʻyin, musobaqa
Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonuni qachon qabul-qilingan ?
*2020 yil 23 sentabr
2020 yil 29 sentabr
2021 yil 28 avgust
2021 yil 23 sentabr
“Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik”ka nimalar kiradi ?
*ishlab chiqarish jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiyaning maxsus turlari
bazaviy jismoniy tarbiya
sogʻlomlashtirish-tiklash jismoniy tarbiya
fazoviy jismoniy tarbiya
“Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik”ka doir tashqi omillarga nimalar
kiradi ?
*ishlab chiqarish faoliyati xususiyati, ma’naviy-ruhiy yuklama, gigienik shart-sharoitlar, ishchining malakasi va mahorati, jinsi, ish staji va organizmining jismoniy holati kiradi
ob-havo sharoiti va havo harorati
tashqi muhitning noqulay omillari (qor, yomgʻir va shamollar)
noqulay mehnat sharoitlari
“Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik”ka doir ichki omillar ?
*birinchi navbatda, organizmning turli organlari va tizimlarining holatini oʻz ichiga oladi
shugʻullanuvchilarning markaziy neruv tizimidagi kechadigan individual psixofiziologik jarayonlar
shugʻullanuvchilarning yurak-qon tomir tizimining holati
shugʻullanuvchilarning nafas olish tizimidagi yuzaga kelishi ehtimolli boʻlgan holatlar
“Mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE)ning” asosiy vositasi boʻlib nima hisoblanadi ?
*ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasining shakllari bunga xizmat qiladigan eng ta’sirchan vositalar hisoblanadi
umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasi
qayta tiklovchi mashqlar majmuasi
tanlab ta’sir etuvchi yoshga doir mashqlar majmuasi
“Mehnatni ilmiy tashkil etish tizimida jismoniy tarbiya”ning qaysi shakllarini oʻzaro farqlanadi ?
*boshlangʻich gimnastika, jismoniy tarbiya tanaffusi (pauza), jismoniy tarbiya daqiqasi, tushlik tanaffus paytida jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish
faqat kasbiy xususiyati boʻyicha qayta tiklash vazifasini bajaruvchi mashqlar majmuasi talluqlidir
faqat yoshga mos jismoniy tayyorgarlik vazifasini bajaruvchi mashqlar majmuasi talluqlidir
faqat organizmni ishga kirishish jarayonini tezllashtirish vazifasini bajaruvchi mashqlar majmuasi talluqlidir
“Gigienik gimnastika” qaysi vazifalarni yechishga xizmat qiladi ?
*organizmning asosiy fiziologik (mushak, asab) tizimlarini ishga tayyorlashni tezlashtirish, xizmatchining hissiy tonusini koʻtarish, butun mehnat kuni mobaynida yuksak ish qobiliyatini saqlash
ish kuni mobaynida yuksak ish qobiliyatini saqlashga xizmat qilish
organizmning mehnat faoliyatiga moslashish fazasi davomiyligini qisqartirish
ishchilarning shaxsiy va jamoat gigieynasi qoidalariga rioya qilish tartibiga oʻrgatadi
“Gigienik gimnastika” ish kunining qaysi vaqtida oʻtkazilishi koʻproq foydali hisoblanadi ?
*ish kuni boshida 4-10 daqiqa davomida oʻtkaziladi. Uni faqat birinchi smenadagina emas, balki ikkinchi smenada ham oʻtkazish maqsadga muvofiq
ish kuni boshida 6-12 daqiqa davomida oʻtkaziladi
ish kuni boshida 8-14 daqiqa davomida oʻtkaziladi
ish kuni boshida 8-14 daqiqa davomida oʻtkaziladi, ikkinchi smenada ishchilarning jismoniy holatiga kora vaqti belgilab oʻtkaziladi
“Jismoniy tarbiya pauzalari” qanday vazifalarni bajaradi ?
* organizmning funksional holatini yaxshilash, ishchi ritm, sur’at, diqqat-e’tibor konsentratsiyasini yuksak darajada saqlab turish, kasbiy faoliyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish
qisqa muddatlii dam olish boʻlib, ish qobilyatini oshirish vazifasinii bajaradi.
jismoniy tarbiya instruktori tomonidan ishchilar bilan kelishgan holda turli vaqtlarda oʻtkaziladi
diqqatni yigʻish va qayta ishni samaradorligini koʻtarish vazifalarini hal etadi
“Tushlik tanaffus vaqtida jismoniy tarbiya” qanday vazifalarni hal etadi ?
*tushlik tanaffus paytida hayot tonusini va kayfiyatni koʻtarish hamda ishlab chiqarish ritmiga tezroq kirishish, tiklanish jarayonlarini faollashtirish
ovqatlangandan keying yuzaga keladigan uyqu holatini ketkazish va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashga erishish
tushlik natijasida yuzaga kelgan markaziy neruv tizimidagi tormozlanish holatini yoʻqotish va qayta ishga kirishish ni tezlashtirish
tushlik tanaffus vaqtini ma’zmunli tashkil qilish va yuqori hamda ijobiy emotsional holatga erishishni ta’minlash
“Ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasi” qanday shakllarda namoyon boʻladi?
*kirish gimnastikasi, jismoniy tarbiya tanaffusi, jismoniy tarbiya daqiqasi, faol dam olish tanaffuschasi
ertalabki gigienik gimnastika, katta tanaffusdagi oʻyinlar
mashgʻulotgacha gimnastika, faol dam olish tanaffuschasi
ertalabki badan tarbiya, katta tanaffusdagi oʻyinlar
“Kirish gimnastikasi” mashqlari qanday mashqlardan iborat boʻlishi kerak?
*maxsus mashqlardan
yordamchi mashqlardan
rivojlantiruvchi mashqlardan
tayyorlov mashqlaridan
“URM mashqlari” nima asosida tuziladi ?
*mashgʻulotning asosiy qismida beriladiga yuklama harakteridan kelib chiqqan holda hamda mehnat faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi
shugʻullanuvchilarning yosh va jins xuxsusiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi
shugʻullanuvchilarning Jismoniy tayyorgarlik darajasi inobatga olinadi
shugʻullanuvchilarning bevosita takliflari hamda salomatlik darajalari inobatga olingan holda tuziladi
“Ishlab chiqarishdagi jismoniy tarbiya” ning maqsadi nimalardan iborat ?
*ishchi-xizmatchilarning salomatligini mustahkamlash va ularning mehnat unumdorligini oshirish
olinadigan daromadlarni koʻpaytirishga erishish
raqobatdosh boʻlgan zavodlar va kompaniyalarni ustidan monopoliya oʻrnatish
korxona ishchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqalarga ishchilarni yuqori darajada tayyorlash
“Ishlab chiqarish gimnastikasi” ning asosiy vazifasi nimadan iborat ?
*charchoqni chiqarish hisobiga ishchanlik qobiliyatini oshirish, kuch-quvvatni tiklash jarayonlarini jadallashtirish
ishlab chiqarish gimnastikasining maxsus mashqlari orqali egluvchanlik jismoniy sifatini rivojlantirish
ishlab chiqarish gimnastikasining maxsus mashqlari orqali yuqori jismoniy tayyorgarlikka erishish
ishlab chiqarish gimnastikasining maxsus mashqlari orqali qaddi-qomatni toʻgʻri tutish bilan bogʻliq muammolarni oldini olish
Dostları ilə paylaş: |