Yuqoriga qaramang Guruhlardagi qoidalar, ko’p eslanadigan masalalarni



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix11.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87361
Q&A codex



05
Yuqoriga qaramang
Guruhlardagi qoidalar, ko’p eslanadigan masalalarni 
qadalgan xabarda (pinned message) joylashtirish odat 
tusiga kirgan. Guruhga yangi qo’shilganingizda yoki 
birmuncha muddat tanaffusdan so’ng qaytganingizda 
“pinned message”ni o’qib chiqing. Unda qanday qilib 
savolga tezroq javob olish, muloqotdagi qoidalar va shu 
kabi masalalar beriladi. Ulardan xabardor bo’lishingiz 
savolga javob olish ehtimolini ko’paytiradi.


06
Muhokamaga mos

topikdan foydalaning.
Telegramdagi yangi topik (topic) yaratish imkoniyati 
guruhlardagi xabarlarni tartiblashga katta yordam berdi. 
Endi guruhda xabarlashish davomida tog’dan-bog’dan 
kelgandek tuyuladigan har xil mavzular orasidan o’zingizga 
keragini qidirib o’tirmaysiz. Masalan, rus tilidagi bir 
JavaScript hamjamiyati guruhi topiklar yordamida yaxshi 
tartiblangan.


07
Topiklarga bo’lingan Telegram guruhda savol so’rashda 
mos topikdan foydalaning. Guruh a’zolari savol tahminan 
nima bo’yicha ekanligini anglay olishadi va guruhdagi 
xabarlar ham tartibli bo’ladi.
Mohirdev kurslarida ham guruhda kurs bo’limlariga mos 
topiklardan foydalanamiz. Siz ham kurslarimizdan birida 
o’qiyotgan bo’lsangiz, savollaringizga tezroq javob bera 
olishimiz uchun mos topiklarda yozishingizni so’raymiz.


09
Ovozli xabar yozmang
Ovozli xabar shu qadar ko’pchilikni charchatdi-ki, hatto 
Telegram premium tarifida ovozli xabarni qabul qilmaslik 
imkoniyatini chiqardi. Bundan hamma ham ovozli xabarda 
gaplashishni ma’qul ko’rmaydi deb xulosa qilsak bo’ladi.
Savolingizni matn ko’rinishida yuboring, ovozli xabar emas. 
Ovozli xabar ko’rinishida savol so’raganda muhim 
masalalarni esdan chiqarishingiz, atrofdagi shovqin sabab 
ovozingiz eshitilmay qolishi yoki xabaringizni umuman 
e’tiborga olmasliklari mumkin. 


10
Fikrini yozma xabarda erkin ifoda qila olish ham 
dasturchidan kutiladigan muhim qobiliyatlardan biri 
hisoblanadi.
Ovozli xabarni suhbatdoshlardan ruxsat so’ragan holda 
yuborish mumkin. Shunda ham fikringizni qisqa-lo’nda 
ifodalashingiz shart.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin