Bu surunkali, yuqumli kasallik bo’lib har bir kishi u bilan kasallanishi mumkin. Lekin bu kasallik ko’pincha OITS (SPID) bilan og‘riyotgan yoki quvatsiz, ovqatga yolchimagan yoki sili bor odam bilan yashaydigan odamlarda ko’proq uchraydi. Sil davolash mumkin bo’lgan kasallik. Lekin har yili minglab odamlar shu kasallikdan bevaqt nobut bo’lyapti.
Sil mikrobakteryalari issiq-sovuqqa, yorug‘lik va namlikka ancha chidamli. Ko’cha changida 10 kun, kitob sahifasida 3 oygacha tirik turishi mumkin, yorug‘lik ta’sirida 1-1,5 oy mobaynida halok bo‘ladi, suvda esa 150 kun saqlanadi. Sil mikrobakteriyalari chirish jarayonlariga ham chidamli bo‘lib, murda ko‘milganidan kegin ham bir necha oygachan ham saqlanib turadi.
Yuqish yo’llari
1) Havo tomchi yo’li, chang bilan ( yo’talganda, aksirganda);