Qonning shaklli elementlari. Ularning yosh xususiyatlari.
Katta va kichik qon aylanish doirasi.
Pulhs va qon bosimi. Ularning yosh xususiyatlari.
Organizmning ichki muhiti, ya’ni yuqoridagi suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiydir. Bu nisbiy doimiylik xususiyati gomeostaz deb ataladi, u xujayralar va to’qimalar normal ish faoliyati uchun qulay sharoit hisoblanadi. Ichki muhitning nisbiy doimiyligi organizmning ko’pchilik organlar sistemasi (nerv-endokrin, ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, ayirish kabilar)ningbirgalikdagi faoliyati orqali ta’minlanadi. Shuning uchun organizmning barcha xujayralari, to’qimalari, organlari va sistemalari yaxlit bir butun bo’lib, ularni faoliyatiga bir-biri bilan mustahkam bog’langan.