Ushbu ta’rifda davlat xizmati tushunchasini yoritib beruvchi
barcha elementlar o’z ifodasini topgan. Xususan, davlat organi,
mansabdor shaxs va kasbiy faoliyat.
Demak, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati
qurishdek oliy maqsadlarni o’z oldimizga qo’ygan ekanmiz, bu
maqsadlarga ushbu jarayonlarning bevosita ishtirokchisi bo’lgan
davlat xizmatchilari tushunchasini, ularning tizimlashtirilgan holatdagi
huquqiy maqomini, tasnifini hamda boshqa o’ziga hos jihatlarini
chuqur nazariy tahlildan o’tkazmasdan, amaliyotga joriy qilmasdan
turib erishishimiz mushkul.