O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligixalq ta’limi
davlat boshqaruv organi hisoblanadi va o’z faoliyatida O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Vazirlik tizimiga
Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar
xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari,
tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo’limlari hamda idoraviy mansub
boshqa muassalar, korxonalar va tashkilotlar kiradi.
Vazirlik faoliyatini tashkil etish -Vazirlikni qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod
qilinadigan vazir boshqaradi. Vazirning uch nafar o’rinbosari, shu
jumladan bir nafar birinchi o’rinbosari bo’ladi.