Юридик психологиянинг


Yuridik faoliyatda shaxsni o`rganishning



Yüklə 53 Kb.
səhifə2/3
tarix18.09.2023
ölçüsü53 Kb.
#144975
1   2   3
3.yuridik psix

3. Yuridik faoliyatda shaxsni o`rganishning
psixologik usullari.
Yuridik faoliyatda shaxsni o`rganishning psixologik usullari quyidagilardan iborat:
Individual suhbat – uning yordamida kuzatish paytida to`plangan ma`lumotlar to`ldiriladi. Suhbat shaxs faoliyatining motivlashuviga oid jihatlar haqida ma`lumotlar olish imkonini beradi. Suhbatga tayyorgarlik reja tuzib olishni nazarda tutadi.
Hujjatlar tahlili – xatlar, ishga oid hisobotlar, kundaliklar, ma`ruzalar, ayrim ta`kidlar, qaydlar kabilar mobaynida o`rganilayotgan shaxs haqida zarur axborotlarni to`playdilar. An`anaviy va rasmiylashtirilgan turlarga bo`linadi. Matn mazmuni tahlili birinchi toifaga kirsa, axborotning ayrim bo`laklarni ajratish va ishlab chiqarish ikkinchi toifani bildiradi.
Tarjimai hol metodi – huquqiy e`tiborga molik obyektni o`rganish muayyan davr, millat, sinf, ijtimoiy tabaqa shart-sharoitlariga borliq bo`lgan shaxsning shakllanishi jarayonini tadqiq etish demakdir. Inson hayot yo`lini o`rganishni uch yoshligidan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Testlar metodi – ular yordamida har bir kishi mustaqil ravishda o`ziga zarur fazilatlarni xarakteriga singdirish uchun mashg`ulotlar tizimini belgilab oladi.
Shaxs to`g`risida ma`lumotlarning baholanishi. Yuristni qiziqtirayotgan shaxs haqida ma`lumotlarni tizimlashtirishga quyidagilar asos qilib olinadi:shaxsni faoliyatda o`rganish tamoyili, shaxsning yaxlitligi tamoyili, konkret-tarixiy nuqtai-nazardan yondashish tamoyili.
Yuqoridagi usullar orqali shaxsni o`rganib, uning ichki dunyosini aniqlash mumkin.


4. Yuridik amaliyotda shaxsga psixologik ta`sir
ko`rsatish usullari
Yuridik amaliyotda shaxslar bir-birlari bilan muloqotga kirishar ekan, ularning asosiy ko`zlagan maqsadlaridan biri-o`zaro bir-birlariga ta`sir ko`rsatish, ya`ni fikr-g`oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o`zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta`sir-bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta`sir ko`rsata olishdir.
Psixologiyada psixologik ta`sirning professor V.Karimovaning fikricha, uch vositasi farqlanadi:
1. Verbal ta`sir - bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta`sirimiz. Asosiy vosita bu yerda so`zlardir. Nutq-bu so`zlashuv, o`zaro muloqot jarayoni bo`lib, uning vositasi-so`zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi o`zidagi barcha so`zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta`sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta`sir ko`rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta`sir-bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni ko`chaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to`xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do`stimiz bizga biror narsani va`da berayotgan bo`lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta`sirning ma`nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o`rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada ko`chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko`ra, birinchi marta ko`rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo`lishiga gapirgan gaplari 7 foiz, paralingvistik omillar 38 foiz va noverbal harakatlar 58 foizgacha ta`sir qilarkan. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko`proq ta`sirga ega bo`lishi sheriklarning rollariga bog`liq. Ta`sirning tashabbuskorida ataylab ta`sir ko`rsatish maqsadi bo`ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta`kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o`rnidan turib kutib oladi, quyuq so`rashadi, keyin maqsadga o`tadi. Ta`sirning adresati-ta`sir yo`naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo`lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bo`lsa, u tashabbusni o`z qo`liga olishi va ta`sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo`ladi.

Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin