Yuridik psixologiya


Yuzlashtirish jirayonining psixologik xususiyatlari



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə109/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   157
Юридик псих. мажмуа

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 1-guruh
Yuzlashtirish jirayonining psixologik xususiyatlari
Ikki odamlarning ko’rsatmalaridagi qarama-qarshiliklarni aniqlash uchun tergovchi yuzlashtirish tergov harakatini o’tkazadi. Bu jarayon kuchli nizoli vaziyat va yuqori hayajon ta’siri ostida bo’lib o’tadi.
Tergovchi obyektiv vaziyatdan kelib chiqqan holda yuzlashtirishning mazmunini bayonlashtiradi va uning yakunida haqiqatni yuzaga chiqarishga harakat qiladi.
Yuzlashtirish jarayonining natijasiga 2 guruhdagi omillar ta’sir ko’rsatadi.
1- guruh – ijtimoiy-psixologik tavsifiga ega bo’lgan qarama qarshiliklarning sabablariga oid;
2- guruh – tergovchining yuzlashtirishni tashkillashtiruvchi harakatlariga oid omillar.
Yuzlashtirish paytida hamma ham oldindan to’g’ri ko’rsatmalar bermaydi. Agarda bu holat yuzaga kelsa, unda qarama-qarshi ko’rsatmalarning sababini aniqlash lozim. Ushbu sabablardan biri u yoki bu shaxs noto’g’ri yo’l tanlanganligi, chalg’iganligi bo’lishi mumkin.
Tergovchining bu yerdagi asosiy vazifasi chalg’ishga olib kelgan xattixarakatlarni yo’qotish, yolg’on ko’rsatmalarni aniqlash, shaxsning dastlabki jinoiy tajribasini o’rganishga qaratilgan.
1- guruhga oid qarama-qarshiliklarni bartaraf qilinishidagi tergovchining harakatlari kuyidagilardan iborat:
1. Shaxsning chalg’iganligini chuqurlashtirmasdan uni bartaraf etish;
2.Oldindan yolg’onni ishlatishga qaratilgan motivlarini bilish (masalan: jinoiy javobgarlikdan qochish yoki uni yengillashtirish maqsadida qatnashchilarning ismlarini aytmaslik, qarindoshlik hisslari, qasos, pora, uyalish sabablari va h.k.);
3. So’roq qilinuvchining oldingi jinoiy tajribasini o’rganish;
4. O’ziga xos mavqyega ega bo’lgan rollarning ijro etilishi bilan bog’liq bo’lgan nizolarni o’rganish, rolliy mavqyelarning ta’siri (shofyor va DAN xodimi, milisiya xodimi va xonadon bezorisi...);
5. So’roq qilinuvchining holati va temperamentini o’rganish.
1-guruh omillariga oid qarama-qarshiliklar subyekt ya’ni, so’roq qilinuvchining ko’rsatmalarining ichki tomonini tavsiflab beradi.
2-guruh omillariga oid qarama-qarshiliklarga vaziyatning tashqi ko’rinishlari ta’sir ko’rsatishi mumkin.
2-guruh omillariga oid qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish uchun tergovchi tomonidan qanday harakatlar amalda qo’llanilishi kerak:
1. Yuzlashtirish jarayoniga kerak bo’lgan texnikaviy va psixologik tayyorgarlikni ta’minlash. Kerakli bo’lgan ko’rsatmalar, buxgalteriya hujjatlari, fotosuratlar, bayonnomalardan ko’chirma, buyum isbotlari, magnitafon (diktofon) yozuvlar yordamida yuzlashtiruvchilardan muhim bo’lgan ma’lumotlarni olish.
Yuzlashtiruvchilarning shaxsiy holatlarini nazorat qilish davomida irodasining mustaxkamligi, xissiy holatlari, miyasining tiniqligi, kayfiyatining tinchligi, haqiqat nom qozonishiga ishonganligi kabi psixik jihatlarni o’rganish.
2. Yuzlashtirishni rejalashtirish (so’roq qilishda savollarni rejalashtirish: asosiy, qo’shimcha savollar tuzish).
3. Yuzlashtirish qatnashchilariga individual yondoshish (shaxsni tahlil qilish asosida)
Yuzlashtirishni amalga oshirish paytida tergovchi uchun havfli vaziyat tug’ilishi mumkin. Havfli vaziyat shundan iboratki, jinoyatchilarni yuzlashtirish paytida ular tomonidan berilgan qarama-qarshi ko’rsatmalari muammoni yanada chuqurlashtirishi yoki tergov harakatlarini yanada chigallashtirishi mumkin. Ushbu holat yuz berganda tergovchi faqat shaxsiy faolligi va har tomonlama tayyor bo’lganligi orqali qiyinchiliklarni bartaraf qilishi mumkin.
Yuzlashtirish jarayoni katta ta’sir kuchiga ega bo’lib, u ishtirokchilarning xulqini butunlay o’zgartirib yuborishi mumkin (masalan, shaxsning jonli nutqi, uning qaysi ohangda gapirganligi, boshqa ishtirokchi shaxsga nisbatan ta’sir ko’rsatishi).
Tergovchi ayiblanuvchining psixologik xususiyatlarini o’rganib chiqishi kerak. Uning muloqotdagi shaxsiy usul va yo’llaridan bohabar bo’lishi lozim. Ayiblanuvchining hukmdor, agressiv, yetakchi bo’lishga intilish xarakatlarini nazarda tutgan holda ikki tomon o’rtasidagi ahloqiy tobelik, qo’rquv, qalbaki ishonch munosabatlar bor yoki yo’qligiga ishonch hosil qilishi kerak.



Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin