Yuridik psixologiya


Gumondor va ayblanuvchini so’roq qilish psixologiyasi



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə134/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Gumondor va ayblanuvchini so’roq qilish psixologiyasi
Sud hukmi bilan aybi tasdiqlanguniga qadar (aybsizlik prezumpsiyasiga ko’ra) gumondor va ayblanuvchi jinoyatchi bo’lib hisoblanmaydi. Biron bir jinoyatda ayblanayotgan yoki gumonlanayotgan odam jinoyatchi bo’lib chiqmasligi ham mumkin. Gumondorga nisbatan ayblanuvchi odatda, jinoiy ish holati, tergov ega bo’lgan dalil va isbotlar mazmunidan ko’proq ogoh bo’ladi. Biroq dastlabki tergov paytida gumondorda ham ayblanuvchida ham o’xshash psixologik jarayonlar, holatlar, hayajon kuzatiladi, buning oqibatida o’ziga xos xulqatvor namoyon bo’ladi. Qo’rquv hissi odatda jinoiy javobgarlikka jalb etilgunga qadar haqiqatdan ham jinoyat sodir etgan shaxsda yuzaga qalqib chiqadi.
Jamoatchilik nazorati, tevarakatrofdagilarning munosabati, e’tiroflari va mulohazalariga hatto jamiyatga e’tiqodi zid, beqaror kimsalar ham befarq qaramaydi. Elyurt nazaridan qolish kuchli motiv bo’lib, ko’p jihatdan ayblanuvchining xulqiatvorini idora qiladi. So’roqda ayblanuvchi dilini ruhiy tushkunlik hissi qamrab olgan bo’lishi, bo’lgan voqyeani qarindoshlari, yaqin kishilari, do’stlari, hamkasblari, qo’niqo’shnilari eshitishini o’ylab iztirob chekishi mumkin. Bunday motivni payqagan tergovchi so’roq qilinayotgan shaxsga rosmana va to’liq ko’rgazma berishi zarurligini uqtira olishi lozim. Faqat mana shu holatgina yaqin kishilari uni ma’lum ma’noda tushunishlari mumkinligiga ishontirishi zarur.
Tergovchi ba’zan boshqa odamlarning fikri bilan mutlaqo hisoblashmaydigan ayblanuvchilar (ko’proq residivistlar) bilan yuzmayuz kelishiga to’g’ri keladi. Ular aybsizlik prezumpsiyasi tushunchasiga qattiq yopishib olib, «qo’lga tushmagan o’g’ri emas» «hali aybni isbotlash kerak» va hokazo qoidalarni pesh qiladilar.
Ayblanuvchi xulqatvorini ozodlikdan mahrum bo’lish, odatdagi turmush tarzidan ayrilib qolish, jinoyatchi mahkumlar orasiga tushib qolishdan qo’rquv hissi tug’diradigan kuchli psixologik tushkunlik natijasida shakllanadigan motiv ham idora qilishi mumkin.

Bunday hissiyotlar ayniqsa, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslarga xosdir, ular jinoiy javobgarlik mazmunidan bexabar bo’lganlari tufayli o’ta tushkun kayfiyat girdobida qoladilar. Ba’zi bunday vaziyatlarda ayblanuvchi aybiga iqror bo’lmasa, yolg’on ko’rgazma bersa, hibsga olinish, qamoqqa tushish, ozodlikdan mahrum etilish hukmidan qutulib qolishiga umid bog’laydi. Shunga muvofiq tug’iladigan psixologik holat, nuqtai nazarni tergovchi bartaraf etishi talab qilinadi. Buning uchun ayblanuvchiga uning iqrorligiga hojat yo’qligi, dalilisbotlar yig’indisi aybni bo’yinga qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligi, shuningdek aybiga to’liq iqror bo’lish, jinoyatni ochishga ko’maklashish sud uchun aybni yumshatadigan holat ekanligini tushuntirish zarur.


Uyushgan jinoiy guruh tarkibida sodir etilgan jinoyatda ayblanayotgan shaxs sheriklariga har xil munosabatda bo’ladi. O’ziga homiylik qilib, qo’llabquvvatlab yurgan shaxsning tag’in yordam berishi, qo’llabquvvatlashidan umidvor bo’lib, uning jinoyatga taalluqliligini yashirishga urinadi. Tergov jarayonida, birbiridan ajratib qo’yilgan jinoiy guruh a’zolari o’rtasidagi yuqorida qayd etilgan holatga asoslanuvchi munosabatlar ahamiyatini yo’qotib boradi. Ayblanuvchida o’zini jinoiy guruhga qo’shib olgan kimsalarga nisbatan nafrat uyg’onib, kuchayib boradi. Tergovchi ayblanuvchining ana shunday psixologik holatidan oqilona foydalanishi darkor, unga jinoiy guruhda hukm surgan munosabatlarning asl mohiyatini, jinoyatchilar o’rtasidagi «sadoqatlilik» hissi uydirmadan boshqa narsa emasligini mantiqan dalillab berishi kerak.
Ko’pincha gumondor tergovchi qanday dalillarga egaligi, unga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qo’llanishi, tergov harakatlari qay tartibda o’tkazilishdan bexabar bo’ladi. Bunday mavhumlik, muallaqlik daliliy va psixologik metodlarni qo’llashning shart-sharoitlaridan bo’lib hisoblanadi. Biroq bunda axloqiy va ma’naviy me’yorlar hamda tamoyillarning buzilishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Odamning xulqatvori ko’p jihatdan ma’lum bir paytda bosh miyaning katta yarim sharlari qobig’idagi har qanday ta’sirotga o’ta qo’zg’aluvchan bo’lgan hamda boshqa asab markazlari faoliyatiga tormozlantiruvchi ta’sir ko’rsata oladigan hukmron qo’zg’atish o’chog’i (dominanta)ning kuchiga bog’liq bo’ladi. Insonda odatda dominanta hayotining muayyan darajadagi jiddiy pallasida yuz bergan voqyea uchun qayg’urishi, qattiq hayajonlanishi, qo’rquv, umidsizlik hislariga berilish tufayli tug’iladi.
Dominanta ta’siri ostida jinoyatchi go’yo uning xavfsizligini ta’minlaydigan, fosh etilishidan saqlaydigan hamda keyingi jazodan asrab qoladigan (ko’pincha palapartish) xatti-harakatlarni amalga oshirishga kirishadi. Uning faoliyati o’ziga xos himoyalanish tusini oladi. Biroq uning aynan ana shu xatti-harakatlari, xulqatvori huquqtartibot idoralari xodimlarining e’tiborini tortadi, uni sodir etilgan jinoyatga aloqador, deb taxmin qilishlari uchun asos bo’ladi. Bunday xatti-harakatlar «xulqatvor dalili» deb nomlanadi.
Xulqatvor dalillari xilmaxil ko’rinishda bo’ladi. Ular orasida eng ko’p uchraydiganlari chalg’ituvchi sahnalar, yolg’on (alibi) tasdiq yaratish va soxta mantiqiy javoblarni tayyorlab qo’yishdir. Tergovchini jinoyat qidiruv jarayonining e’tiborini tortadigan soxta izga solib yuborishga urinish, jinoyatchi shaxsi, jinoyat motivi to’g’risida uydirma mishmishlar tarqatish, tevarakatrofdagilarni jinoyatga aloqasi yo’qligiga ishontirish maqsadida namoyishkorona xulqatvor yo’liga kirish, isbot talab qilmaydigan dalillarni keltirish («ko’rmadim», «eshitmadim» va hokazo) xulqatvor dalillariga misol bo’la oladi.
Jinoyatchilarning jinoyat sodir etilgandan keyin xulqatvorlari odatdagidan o’zgarib ketadi: tergovchi bilan kelishishga, uni gapga ko’ndirishga urinadilar, jabrlanuvchi yoki guvohlarni sotib olmoqchi bo’ladilar, yolg’on ko’rgazma berishdan qaytmaydigan shaxslarni izlay boshlaydilar, jinoyat sodir etilgan joyga ba’zan bir necha marta boradilar. Faqat aybdor bilishi mumkin bo’lgan ikirchikirlardan boxabarlik ularga nisbatan shubha uyg’otishi lozim.
So’roq qilinayotgan kishining shaxsiyatini tadqiq etishda, u bilan muloqotga kirishishda tergovchi ijobiy fazilatlarga, boshqacha qilib aytganda ushbu shaxsning ijtimoiy ahamiyatga molik mavqyeiga alohida urg’u berishi kerak. Tergovchi so’roq qilinayotgan kishi shaxsiyatining qusurlari, kamchiliklarini yaxshi bilsada, ularni ta’kidlash maqsadga muvofiq emas, zero o’zaro psixologik kontakt o’rnatish va axloq (etika) hamda taktika nuqtai nazaridan bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Yuqorida biz so’roq jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan murosasiz vaziyatlarni ko’rib chiqdik. Endi ushbu jarayonning xolisona aniqlangan faktlarni tan olish, rost ko’rgazmalar berishga hozirlik bilan ajralib turadigan murosali vaziyatlarini tahlil qilamiz.
Amaliyotda ko’pincha ayblanuvchi o’ziga qarshi yolg’on ko’rgazma bergan holatlarda tergov boshi berk ko’chaga kirib qolishi yoki noto’g’ri xulosa chiqarishga olib kelishi mumkin. Agar ayblanuvchi tashqi taassurot va ta’sirotlarga beriladigan, o’z nuqtai nazarini himoya qilishdan ojiz, irodasiz, psixik hayajonlanishga bardoshsizligi bilan ajralib tursa, o’ziga qarshi ko’rgazmalar berish ehtimoli ortadi. Buning eng tarqalgan motivi haqiqiy aybdorni ko’rgazma berishdan xalos qilishga urinishdir (yaqin qarindoshlik ta’sirida yoki boshqa hissiyotlar ostida). Ayni chog’da muayyan guruh manfaatlarini ko’zlab yoxud qo’rquv natijasida hamda o’zi ipsiz bog’lanib qolgan bironbir manfaatdor shaxsning ta’siri ostida qisman yoki hamma aybni o’zining bo’yniga olish mumkin.
Agar so’roq qilinuvchi ish bo’yicha aniqravshan ma’lumotlarni ataylab yashirayotgan yoki ochiqdanochiq yolg’on so’zlayotgan bo’lsa, tergovchi unga nisbatan fosh etish metodini qo’llashi mumkin. So’roq qilinuvchining biron bir faktni yashirayotgani yoki ochiqdanochiq yolg’on so’zlayotganini fosh etish tasdiqlayotgan gaplari puchligi, ish bo’yicha aniqlangan faktlarga tamoman zidligi, yolg’onligini isbotlab berish demakdir.
Bunga dalillarni namoyish etish, ziddiyatlarni ko’rsatish, mantiqiy dalillarni qo’llash orqali erishiladi. Tergovchining qo’lida mavjud bo’lgan ayblanuvchiga ta’sir o’tkazishning barcha qonuniy metodlari va imkoniyatlarini sanab chiqishning imkoni yo’q. Faqat shuni qayd etish kerakki, tergovchining qo’rqitish, jismoniy tazyiq o’tkazish, insoniy g’ururni poymol qilish, asossiz va’dalar berish, aldash va shu kabi «usullar»ni qo’llashi (sobiq SSSR Bosh prokurori Vishinskiy nazariyasiga mos holda ish olib borishi) taqiqlanadi. Yuridik psixologiyaning fan sifatidagi vazifasi tergovchilarning ijodiy izlanishlari samaralarini nazariy asoslab berishdan iboratdir.



Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin