Yuridik psixologiya


E.Shpranger “O’spirinlik davri psixologiyasi”



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə67/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   157
Юридик псих. мажмуа

E.Shpranger “O’spirinlik davri psixologiyasi” degan asarida qizlarning 13 yoshdan 19 yoshgacha, yigitlarning esa 14 yoshdan 22 yoshgacha kiritishni tavsiya qiladi. Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o’zgarishlar E.Shpranger bo’yicha:
a) shaxsiy “Men” ni kashf qilish,
b) refleksiyaning o’sishi,
v)o’zining individualligini anglash (tushunish) va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish,
g) hayotiy ezgu rejalarining paydo bo’lishi,
d) o’z shaxsiy turmushini anglagan holda qurish ustanovkasi va hokazo. Uning fikricha, 14-17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning mohiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatidan qutulish tuyg’usini tug’ilishidan iboratdir. 17-21 yoshlarning yana bir xususiyati o’zining tengqurlari va jamoatchilik qurshovidan “uzilish inqirozi” va tanholik tuyg’usining paydo bo’lishidir. Bu holatni tarixiy shartlanganlik shart-sharoitlar va omillar vujudga keltiradi.
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyandalari bo’lib hisoblanadilar.
Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.
J.Piaje intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish,ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarga ajratadi:
1) sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha),
2) operasiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha),
3) konkret operasiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha),
4) formal (rasmiy) operasiyalar davri.
J.Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitivgenetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo’nalishning namoyandalari qatoriga L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalar kiradi.
Fransuz psixologi A.Vallon nuqtai nazaricha, shaxsning rivojlanishi quyidagi bosqichlarga ajratiladi:
1) homilaning ona qornidagi davri,
2) impulsiv harakat davri tug’ilgandan to 6 oylikgacha,
3) emosional (his-tuyg’u) davri 6 oylikdan to 1 yoshgacha,
4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvi) davri 1 yoshdan to 3 yoshgacha,
5) personalizm (shaxsga aylanish) davri 3 yoshdan to 5 yoshgacha,
6) farqlash davri 6 yoshdan to 11 yoshgacha,
7) jinsiy yetilish va o’spirinlik davri 12 yoshdan to 18 yoshgacha.
Yana bir fransiyalik yirik psixolog Zazzo o’z vatanidagi ta’lim va tarbiya tizimining tamoyillaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq yondashib va uni o’ziga xos talqin qilib, insonning ulg’ayib borishini quyidagi bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi:
1. Birinchi bosqich bolaning tug’ilganidan 3 yoshigacha.
2. Ikkinchi bosqich 3 yoshidan 6 yoshigacha.
3. Uchinchi bosqich 6 yoshidan 9 yoshigacha.
4. To’rtinchi bosqich 9 yoshidan 12 yoshigacha.
5. Beshinchi bosqich 12 yoshidan to 15 yoshigacha.
6. Oltinchi bosqich 15 yoshidan 18 yoshigacha.
Sxemadan ko’rinib turibdiki, R.Zazzo shaxs rivojlanishining bosqichlariga individuallik sifatida tarkib topish, takomillashish nazariyasidan kelib chiqib yondashgani shaxs shakllanishi pallasining yuqori nuqtasi, ya’ni ijtimoiylashuvi bilan cheklanishga olib kelgan. Shuning uchun uning ta’limoti insonning ontogenezda takomillashuvi, o’zgarishi, rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to’g’risida mulohaza yuritish imkonini bermaydi.
G.Grimm shaxs rivojlanishi quyidagi bosqichlardan iborat ekanligini tavsiya qiladi:
1) chaqaloqlik tug’ilganidan to 10 kungacha,
2) go’daklik 10 kunlikdan to 1 yoshigacha,
3) ilk bolalik 1 yoshdan to 2 yoshigacha,
4) birinchi bolalik davri 3 yoshdan to 7 yoshigacha,
5) ikkinchi bolalik davri 8 yoshdan to 12 yoshigacha,
6) o’smirlik davri 13 yoshdan to 16 yoshigacha o’g’il bolalar, 12 yoshdan 15 yoshigacha qizlar,
7) o’spirinlik davri 17 yoshdan to 21 yoshgacha yigitlar, 16 yoshdan 20 yoshgacha qizlar (bokiralar),
8) yetuklik davri: birinchi bosqich 22 yoshdan 35 yoshgacha erkaklar, 21 yoshdan 35 yoshgacha ayollar, ikkinchi bosqich 36 yoshdan 60 yoshgacha erkaklar, 36 yoshdan 55 yoshgacha ayollar,
9) keksayish (yoshi qaytgan davr) 61 yoshdan to 75 yoshgacha erkaklar, 55 yoshdan to 75 yoshgacha ayollar,
10) qarilik davri 76 yoshdan to 90 yoshigacha (jinsiy tafovut yo’q),
11) uzoq umr ko’ruvchilar 91 yoshdan boshlab to cheksizlikkacha.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin