Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’ini hisoblash va budjetga undirilish tartibi



Yüklə 41,68 Kb.
səhifə1/10
tarix07.02.2023
ölçüsü41,68 Kb.
#83339
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN FOYDA SOLIG’INI HISOBLASH VA BUDJETGA UNDIRILISH TARTIBI

Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’ini hisoblash va budjetga undirilish tartibi


Reja:

1.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


2.

Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob’ekti va soliq bazasi


3.

Jami daromadlar tarkibi va jami daromaddan chegirmalar


1.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining joriy qilinishi,
iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari 1991 yilga qadar asosan dalat korxonalari foydasidan ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma davlat tomonidan belgilangan majburiy to‘lov bo‘lib, u korxonalar balans foydasining 90 foizgacha bo‘lgan qismini byudjetga olib ketar edi. Qolgan mablag‘lar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot topshirig‘iga ko‘ra tegishli fondlarga taqsimlanar edi.
Respublikamiz ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishi tufayli mamlakatimiz xo‘jalik turmushida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Natijada mulkchilikning turli shakllari rivojlanishi, korxonalarning imkoniyatini oshishi, bozor infrastrukturasi rivojlanishi bilan majburiy ajratmalarning avvalgi tizimi korxonalarning xo‘jalik yuritish samaradorligini ta’minlay olmay qoldi hamda ular bevosita va bilvosita investitsiya dasturlariga to‘sqinliq qila boshladi. Chunki, foydadan ajratma o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra faqat davlat korxonalari foydasidan ajratilishi lozim edi.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad solig‘ini joriy etish zarurati paydo bo‘ldi va 1992 yildan boshlab barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar “Daromad” solig‘ini to‘lashga o‘tdilar.
O‘zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan vaqtda daromad solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi tufayli ish xaqi o‘sishini cheklash uchun davlat tomonidan majburiy chora bo‘ldi. Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshladi. Natijada mahsulotga talab pasayib, sotishdan olingan tushum xajmi kamaygani holda, ular o‘z ishlab chiqarishlari yo‘nalishini o‘zgartirishga, foyda olmasalar ham juda kata miqdorda ishchilarga ish xaqi to‘lashga majbur bo‘ldilar. Bunday holatda amaliyotda korxonalar hisobot davrida foyda bilan faoliyatlarini yakunlamasada daromad solig‘ini ish xaqi fondidan belgilangan stavkada to‘lashga majbur edilar.
1995 yil yanvar oyidan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan olinadigan soliq joriy etildi. 2009 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksining
23-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
2-rasm. 2001-2012 yillarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i[1]
2-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ulushi 2005 yilda 6,3 foizni tashkil etgani holda, 2006 yilda 6,4 foizni, 2011 yilda 5,1 foizni, 2012 yilda esa 4,4 foizni, tashkil etidi, ya’ni tahlil etilgan 7 yil davomida bu ko‘rsatkich 1,2 foiz punktiga kamaygan. Bu holat yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalarini yildan-yilga pasayib borayotganligi bilan izohlanadi. Daromadning ko‘p qismi korxonalar ixtiyorida qolishi ularning investitsion faolligini oshiradi, yangi ishchi o‘rinlar ochish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish hamda ish va xizmatlar ko‘rsatish uchun yanada keng moliyaviy imkoniyat yaratadi.

Yüklə 41,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin