Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 53,85 Kb.
səhifə2/6
tarix14.06.2023
ölçüsü53,85 Kb.
#129987
1   2   3   4   5   6
Referat Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va budjetga

Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................................



20

Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida “foyda” iqtisodiy kategoriyasi mamlakatimizda yangicha ma’no kasb etdi. Foyda bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, tadbirkorlar faoliyatini asoslaydi. “Foyda” kategoriyasining mazmunini uning manbalari, omillari va iqtisodiy sub’yektlarning samarali ishlab chiqarish faoliyatini tadqiq etish turli iqtisodiy ilmiy maktablar vakillari tomonidan olib borilgan va foyda nazariyalari ishlab chiqilgan. Iqtisodiy qarashlarning rivojlanib, takomillashib borishi bilan “foyda” tushunchasining ta’rifi ham murakkablashib bordi. Jamiyatda savdo kapitali ustunlik qilgan davrda foyda pullarning sotuv va amalga oshirilgan xarajatlar o‘rtasidagi farqi sifatida qaraldi. Kapitalizm davrida tadbirkorlar foydani kiritilgan kapital va olingan kapital o‘rtasidagi farq sifatida belgiladilar. Ular faoliyatining maqsadi ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishdan tushgan tushumlar va amalga oshirilgan xarajatlar o‘rtasida yuqori miqdorda ijobiy farqqa erishish edi.
Referatning maqsadi: yuridik shaxs, foyda, jami daromad, jami daromaddan chegirmalar, soliq bazasini kamaytiruvchi imtiyoz, joriy to‘lovlar,soliqni to‘lash muddati, hisobotni taqdim etish muddati,dividendlar, foizlar, royalti;


Referatni tuzilishi va hajmi. Referat 20 betdan iborat, shuningdek, bitta bob, kirish qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati mavjud.

  1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati.

.
Foyda solig`i davlat budjeti bilan yuridik shaxslar o`rtasidagi foydani taqsimlash va qayta taqsimlashdagi pul munosabatlarini ifodalaydi. Bunday munosabatlarni tashkil etishni davlat o`z qo`liga olgan. Albatta bu hamma yuridik shaxslarning foyda solig`i emas, balki aynan shunday soliqni to`lovchi yuridik shaxslar soliqlaridir. Bundan tashqari o`z foydasi dan boshqa ko`rinishdagi soliqlar to`laydigan yuridik shaxslar ham mavjud (aylanmadan soliq).
Foyda solig`ining tavsifiy belgilari 1-chizmada aks ettirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari 1991 yilga qadar asosan dalat korxonalari foydasidan ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma davlat tomonidan belgilangan majburiy to‘lov bo‘lib, u korxonalar balans foydasining 90 foizgacha bo‘lgan qismini budjetga olib ketar edi. Qolgan mablag‘lar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot topshirig‘iga ko‘ra tegishli fondlarga taqsimlanar edi. Respublikamiz ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishi tufayli mamlakatimiz xo‘jalik turmushida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Natijada mulkchilikning turli shakllari rivojlanishi, korxonalarning imkoniyatini oshishi, bozor infrastrukturasi rivojlanishi bilan majburiy ajratmalarning avvalgi tizimi korxonalarning xo‘jalik yuritish samaradorligini ta’minlay olmay qoldi hamda ular bevosita va bilvosita investitsiya dasturlariga to‘sqinliq qila boshladi. Chunki, foydadan ajratma o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra faqat davlat korxonalari foydasidan ajratilishi lozim edi.
1-chizma

Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad solig‘ini joriy etish zarurati paydo bo‘ldi va 1992 yildan boshlab barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar “Daromad” solig‘ini to‘lashga o‘tdilar.
O‘zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan vaqtda daromad solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi tufayli ish xaqi o‘sishini cheklash uchun davlat tomonidan majburiy chora bo‘ldi. Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshladi. Natijada mahsulotga talab pasayib, sotishdan olingan tushum xajmi kamaygani holda, ular o‘z ishlab chiqarishlari yo‘nalishini o‘zgartirishga, foyda olmasalar ham juda kata miqdorda ishchilarga ish xaqi to‘lashga majbur bo‘ldilar. Bunday holatda amaliyotda korxonalar hisobot davrida foyda bilan faoliyatlarini yakunlamasada daromad solig‘ini ish xaqi fondidan belgilangan stavkada to‘lashga majbur edilar.
1995 yil yanvar oyidan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan olinadigan soliq joriy etildi.
Yurdik shaxslarning foyda solig’i rivojlanishi xo’jalik munosabatlarining shakllanishi bilan bog’liq bo’ldi. XX-asrga kelib yuridik va jismoniy shaxslarning daromad solig’idan maxsus soliq –korporatsiyalar foydasiga soliq ajralib chiqdi va XX-asrning 40-50 yillariga kelib o’z shaklini namoyon qildi.
Tarixan foydani soliqqa tortishning rivojlanishini ta’minlashning asosida quyidagi omillar: kapitallarni birlashtirishga va uning a’zolarini mas’ulyatini cheklashga asoslangan xo’jalik jamiyatlarining yalpi shakllanishi, jamiyatlarning faoliyatiga markazlashgan nazoratning moliyaviy hisobot ko’rinishida joriy etilishi, ilmiy assoslangan va tizimli rivojlangan buxgalteriya hisobining shakllanishini ko’rsatish mumkin.1
Natijada foyda solig’ining joriy etilishi tadbirkorlik faoliyatiga rag’batlantirishni transformatsiyalab berdi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini rivojlantirish asosiy masalalardan hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyati mezonlarining sifat jihatidan o’zgarishini amalga oshirish ob’yektiv zaruriyat bo’lmoqda. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy boshqarish jarayonida soliqlar asosiy dastaklardan biri bo’lmoqda.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining fiskallik xususiyatiga nisbtan rag’batlantiruvchi holatini amalda ta’minlanayotganligini ko’rish mumkin.. Ushbu o’zgarish xo’jalik yurtuvchi sub’yektlar ixtiyoridagi foyda miqdorini oshirib ularga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • ichki investitsion faollikni kuchaytirish;

  • soliq yuki kamayish;

  • soliq yuki kamayishi natijsida yashirin daromadlarni legallashtirish ;

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini tushumlari miqdori keyingi yillarda muntazamligini saqlab qolmoqda. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini bo’yicha o’zgarishlarning ijobiy natijasini, davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatida ko’rishimiz mumkin.
3-jadval
Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’ining O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti soliqli daromadlari tarkibidagi o‘rni2

Ko’rsatkichlar

2016 yil

2017 yil

2018 yil

mlrd.so’m

foiz

mlrd.so’m

foiz

mlrd.so’m

foiz

Jami soliqli daromadlar

41 043,4

100,0

49 684,8

100,0

79099.1

100,0

To’g’ri soliqlar

9 852,8

24,0

11 538,9

23,2

15656.2

19,7

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

1 215,1

2.9

1 475,5

2.9

3502.2

4.4

3-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2016-2018 yillar davomida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i mutlaq miqdorda ham o’sishi kuzatilgan. Ushbu ijobiy o’sishni quyidagi holatlar bo’yicha baholash mumkin. Birinchidan yuridik shaxslarning moliyaviy natijasida ijobiy o’zgarish va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning sonining oshishi, modernizatsiyalash jarayonining ta’siri natijasida yuz bermoqda. Ikkinchidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining takomillashuvi natijasi hisoblanadi.


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i mutlaq miqdorda o’sgan, davlat budjeti daromadlaridagi ulushi esa 2016 yildagi 2.9 foizdan 2018 yilda 4.4 foizni tashkil etishi rejalashtirilib, 1,5 punktga oshishi mo‘ljallangan.. Bu o’zgarish yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bazasini kengayishi bilan izohlanadi.
Umuman xulosa qilganda iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish maqsadida mazkur vazifalarni amalga oshirishda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini takomillashtirish zaruriyat bo’lib qolmoqda.
2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini undirishda qo’llaniladigan me’yoriy hujjatlar tarkibida asosiy o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi egallaydi. Respublikamizda buxgalteriya hisobida foydani aniqlashdagi asosiy hujjat hisoblangan 1999 yil 5 fevraldagi Vazirlar Maxkamasining 54-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan “Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq korxonalar foydasi yalpi foyda, asosiy faoliyatdan olinadigan foyda, umumxo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda, soliq to‘lagunga qadar foyda va sof foydalarga tasniflanadi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxs deb quyidagilar e’tirof etiladi:
-O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot
- chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti,
- O‘zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
Notijorat tashkilotlari deganda foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi.
Notijorat tashkilotlariga budjet tashkilotlari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar kiradi
O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb e’tirof etiladi.



Yüklə 53,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin