Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI YURIDIK SHAXSNING ALOHIDA BO‘LINMALARI BO‘YICHA SOLIQLARNI TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan, alohida bo‘linmalari mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarning ro‘yxatini bir hafta muddatda tasdiqlasin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga hududiy moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda soliqlarni alohida bo‘linma joylashgan joy bo‘yicha to‘lash uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxslarni aniqlash maqsadida joylarda tizimli ravishda xatlov o‘tkazish yuklansin. Xatlov natijalari bo‘yicha har yili 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligiga tasdiqlangan Nizom tatbiq etiladigan yuridik shaxslar ko‘lamini kengaytirish yoki qisqartirish haqida takliflar kiritilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. Yüklə 219,8 Kb. Dostları ilə paylaş: |