Yurish qismi


 Old g‘ildirakni o‘rnatish burchagi



Yüklə 159,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix06.05.2023
ölçüsü159,17 Kb.
#108667
1   2   3   4   5   6   7
Yuk avtomobillarining yurish qism detallarini tamirlash va texnik xizmat ko\'rsatish

4.3. Old g‘ildirakni o‘rnatish burchagi
Old osmalarda (to‘sinlarda ham) bir muammo bo‘lib, vertikal 
o‘rnatilgan g‘ildiraklar to‘singa tushgan og‘irlikdan egiladi, natijada 
g‘ildiraklar bir-biriga og‘ib aylanganda, g‘ildirashiga qarshilik juda ortib 
ketadi. Bu holatdan qutilish uchun chap g‘ildirak chap tomonga, o‘ngi 
o‘ng tomonga 
D burchagiga og‘diriladi. D-g‘ildirakning og‘ish burchagi 
deyiladi (62a-rasm).
62-rasm. Old boshqariluvchi g‘ildiraklarning joylashish burchaklari: 
a-g‘ildirakning vertikal holatdan og‘ish burchagi; b-old g‘ildiraklarning 
yaqinlashuv burchagi. 
G‘ildirak og‘ish burchagining bo‘lishi avtomobil harakati davrida 
(ayniqsa burilishida) yuklanish hisobiga tiklanib, yo‘lga jipslashib, uning 
turg‘unligini yaxshilaydi. 


 96
Lekin og‘ish burchagining bo‘lishi g‘ildiraklar harakati davrida 
ularni markazi atrofida burilib xarakatlanishga majbur etuvchi kuchlarni 
paydo etadi. Bu kuchlar g‘ildiraklarni sirpanib xarakatlanishini taqozo 
etadi, natijada shinalar tez yeyiladi. Bu kamchilikni yo‘qotish uchun 
chap va o‘ng g‘ildiraklar bir-biriga parallel emas, balki avtomobil 
bo‘ylama o‘qiga burchak ostida joylashtiriladi (62b-rasm). 
G‘ildiraklarning yaqinlashuv burchagi 
G g‘ildiraklar orasidagi A va 
B masofalarning to‘g‘inlar chetida g‘ildarak markazi balandligida 
o‘lchangan ayirmasiga teng. Bu ayirma xar xil avtomobillar uchun 2-
12mm. G‘ildiraklarning og‘ish burchagi a=0-20 bo‘lishi mumkin. 
Old g‘ildiraklarining og‘ish 
D va yaqinlashuv burchaklar bilan 
joylashishi, ularning yonga sirpanmasdan to‘g‘ri chiziqli g‘ildirashini 
ta’minlaydi. Avtomobilning ekspluatatsiyasi davrida qismlarining 
yeyilishi 
D, G burchaklarning o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun 
vaqtida ular rostlanib turadi. 
G‘ildiraklarning joylashish burchagiga shkvorenning ko‘ndalang va 
bo‘ylama tekisliklarda og‘ish burchaklari ham kiradi. Ularning 
mavjudligi g‘ildiraklarning stabillanish momentlarini hosil qilib, 
avtomobilning boshqariluvchanligini yaxshilaydi. Bu burchaklar 
rostlanmaydi, osmaning konstrutsiyasi hisobiga ta’minlanadi va har xil 
avtomobillar uchun 4
0
-8
0
ni tashkil etadi. 
NEKSIYA avtomobilining old osmasi richag-teleskopik bo‘lib 
elastik qism sifatida prujina ishlatiladi. U «Makferson» (Mc. Pherson) 
tipidagi osmalar turiga kiradi. Osma pastki richaglar, amortizatorli 
teleskopik ustun, prujina, yukorigi tayanch va stabilizatordan iborat. 
Pastki richag sharnirida rezina vtulkalar ishlatilgan. Teleskopik 
ustunning yuqorigi tayanchi rezina dempferga ega bo‘lib, oldingi 
g‘ildirakning burilishini ta’minlash uchun tirgak podshipnik o‘rnatilgan. 
Teleskopik tayanchni g‘ildirakning podshipnikli gupchagi ushlab turadi, 
uning o‘zi esa pastki richak bilan sharli barmoq yordamida mahkamlangan. 
Ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatori pastki richaglari ikkita stoyka 
orqali mahkamlangan. 

Yüklə 159,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin