208
sohada ham
har bir insonga, qolaversa, xalqqa o‘z ma’naviy
qadriyatlarini tiklab olish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi.
Totalitar qaramlik davrida toptalgan ma’naviy merosimiz, milliy
qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz tiklandi.
Eng muhimi, Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, «biz komil inson
tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil
inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni
tushunamiz»
1
.
Bunday shaxslarni tarbiyalashda tarixga murojaat qilish, uni
xolisona yoritib berish zarurati tug‘ildi. Shu o‘rinda tarixchi
olimlar
tomonidan qilingan xatti-harakatlar tufayli O‘zbekistonning har bir
fuqarosi tarixni sun’iy buzib ko‘rsatishning fosh qilingan sir-asrorlarini
bilib oldi, o‘z xalqi tarixiga yangi nazar bilan qaray boshladi. Yoshlarda
o‘z xalqi tarixiga, madaniy merosiga nisbatan g‘urur
hissi shakllantirib
borildi. Shu tariqa ma’naviy-ruhiy qadriyatlarning va milliy o‘zlikni
anglashning tiklanishi yuz bermoqda. Shuningdek, istiqlol tufayli siyosiy
tizimdagi islohotlar mamlakatimizda shakllanib borayotgan ko‘ppar-
tiyaviylik, ko‘pfikrlilik kishilar siyosiy faolligining ortib borishiga,
ularning demokratik o‘zgarishlarda munosib o‘rnini
topishiga imkon
berdi.
Xullas, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida
ko‘rib
turganimizdek, bozor munosabatlariga asoslangan yangi ijtimoiy
tizimda insonning o‘z ijtimoiy mohiyatidan
begonalashuvini bartaraf
etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu borada inson huquq
va erkinliklarining ta’minlanishi, fan-texnika taraqqiyotini ishlab
chiqarishga joriy etishning jadallashtirilishi, ishlab chiqarishning barcha
sohalariga yangi texnologiyalarning kirib borishi natijasida jismoniy
mehnat bilan aqliy mehnat o‘rtasidagi tafovutning
asta-sekin bartaraf
bo‘la borishi, ko‘p ukladli iqtisodning yaratilishi, kichik va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishning rag‘batlantirilishi, ijtimoiy-siyosiy
faollikning oshishi, ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi kabi jarayonlarni
aytib o‘tish mumkin.
Lekin bu O‘zbekistonda mustaqillik yillari jamiyat hayotining
barcha sohalarida amalga oshgan tub o‘zgarishlar asrlar mobaynida
davom etib kelayotgan insonning o‘z mohiyatidan begonalashuvi
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ȼɢɡ ɤɟɥɚɠɚɝɢɦɢɡɧɢ ʆɡ ԕʆɥɢɦɢɡ ɛɢɥɚɧ ԕɭɪɚɦɢɡ. Ɍ. 7. – Ɍ.,
1999. – Ȼ.134.
209
jarayonini butkul tugatdi degani emas. Chunki islohotlar inson
huquq va erkinliklarining tiklanishi uchun yetarli ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy, siyosiy, ma’naviy asoslarni yaratib berdi, xolos. Hali amalga
oshayotgan islohotlarning o‘zida ham bartaraf etilishi zarur bo‘lgan
kamchiliklar uchrab turibdi. Insonning o‘z
ijtimoiy mohiyatidan
begonalashuvini to‘laligicha bartaraf etish uzoq davom etuvchi
jarayondir.
Shunga qaramay, mamlakatimizda amalga oshayotgan
islohotlarni bu borada qilingan katta siljish deb baholasak bo‘ladi.
2-bob.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: