252
o‘tmishdagi rivojlanish qonunlari kelgusiga nisbatan qo‘llaniladi.
Boshqacha gapirganda ekstrapolyatsiya usuli kelgusini ko‘rsatkichlarini
o‘rganishga mo‘ljallangan, kecha va bugun shunday bo‘lgan, demak
kelgusida ham shunday bo‘ladi degan xulosaga asoslangan usuldir.
Modellashtirish ilmiy bilish usullaridan biri hisoblanadi. Obyektiv
tajriba natijalari asosida qurilgan va tekshirib ko‘rilgan kriminologik
model har xil ijtimoiy va demografik omillarning jinoyatchilikni
o‘sishiga ta’sirini to‘g‘ri tavsiflash imkoniyatini beradi. Kriminologik
modellashtirish jinoyatchilikka qarshi kurashni konkret boshqarishning
ilmiy asoslarini ishlab chiqarish qurolidir. Bashorat qilinayotgan
jinoyatchilikni sifat jihatdan bayon qilib berishda modellashtirishdan
foydalanishadi.
Ekspert bahosi usulining mohiyati shundan iboratki, bashoratning
asosi qilib mutaxassisning fikri olinadi. Bashoratda qo‘llaniladigan
ekspert bahosi usuli norasmiy bashorat hisoblanadi va u katta amaliy va
bilish ahamiyatiga ega. Yuqori malakali ekspert hodisani baholashda
faqat rasmiy axborotdan emas, balki o‘z tajribalaridan kelib chiqqan
natijalardan ham foydalanadi. Ekspert – olim yoki amaliy faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi xodim, konkret bir sohani chuqur egallab olgan yuqori
malakali mutaxassisdir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: