Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva
V. Uslubiy ko’rsatmalar Pediatriya – bolalar organizmining o‘ziga hosligi, bolalarda kasalliklarni kelib chiqish sabablari va mexanizmini o‘rganadigan va ularni davolash usullarini ishlab chiqadigan tibbiyot fan sohasi
Pеdiatriya amaliyotida qo’llaniladigan suyuq va qattiq dori turlari XI-DF talablari va O’zR SSV ni buyruqlari bilan tasdiqlangan qo’llanmalar: „Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash bo’yicha qo’llanma” (29.12.2002 y. 582-sonli buyruq); „Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan dori turlarining sifatini baholash bo’yicha qo’llanma” (29.12.2002 y. 583-sonli buyruq); „Dorixona sharoitida tayyorlangan dori vositalarini sifatini yaxshilash borasida” yo’riqnomasining 2-ilovasi (21.04.2000 y. 195-sonli buyruq); „Dorixona muassasalarida stеril va asеptik dorilar tayyorlash bo’yicha qo’llanma” (28.04.2003 y. 198-sonli buyruq); „Dorixona muassalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga jihozlanadigan dori vositalarni tashqi bеzagiga doir qoidalar” (15.04.2002 y. 177-sonli buyruq) asosida va dori moddani fizik-kimyoviy holatini hisobga olib tayyorlanadi.
Dori vositaning bola organizmiga ta’sir etish reaksiyasi turlicha bo‘lib, u ko‘p omillarga bog‘liqdir va oldindan qanday ta’sir ko‘rsatishni bilish qiyin. Bolalarning har bir hayot davri o‘ziga hos xususiyatlari bilan ajralib turadi va ular asab, endokrin, mushak, yurak qon-tomir va boshqa tizimlarni rivojlanishiga bog‘liq. Shu sababli standart bola bo‘lmaganidek, organizmga ham dori vosita standart ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan, morfin yangi tug‘ilgan chaqaloqning nafas tizimi faoliyatini osongina to‘htatib, salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, narkoz uchun beriladigan natriy oksibutirat esa bunday ta’sir ko‘rsatmaydi. Noradrenalin aniq ravishda yangi tug‘ilgan chaqaloqning arterial qon bosimni ko‘taradi, efedrin esa bunday ta’sirni sezilarli ravishda namoyon etmaydi.
Bolalar ulag‘ayishi bilan ayrim preparatlarga (aminazin, adrenalin) chidamlilik pasaysa, boshqalarga (morfin, rezerpin) esa ortib boradi, uchinchi turdagi dori vositalarga (fenamin, atropin) esa to‘lqinsimon o‘zgarishi kuzatiladi.
Bolalarni rivojlanishiga qarab dori vositalarning terapevtik dozalari ham bir tarzda o‘zgarmasligi aniqlangan. Shu sababli kattalar dozasidan kelib chiqqan holda bolalar uchun mo‘ljallangan dozani hisoblash notug‘ri deb hisoblash mumkin. Shuning uchun, bolalar dozasini hisoblamasdan, klinik sinovlarga asoslangan holda beligalish to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu usulda aniqlangan dozalar Davlat Farmakopeyasi tomonidan xuquqiylashtirilib, retseptlar ma’lumotnomalarida va dori preparatlar annotatsiyalarida e’lon qilinadi.
Bolalar uchun mo‘ljallangan dori preparatlar dozasini turlicha ifodalashadi: 1 kg tana massasiga, tana sathi birligiga yoki yoshiga qarab. Bular ichida dozani tana sathi hisobidan belgilash eng maqsadga muvoffiq bo‘lib, bola yoshiga qarab belgilangan doza esa taxminan deb topilgan. Ayrim xorijiy davlatlardan keltirilgan dori preparatlarning jihozlariga maxsus chizg‘ich qo‘shib qo‘yilgan bo‘ladi, ushbu chizg‘ich bolaning antropometrik parametrlariga ko‘ra dori preparat dozasini aniqlashga imkon beradi (1-ilova).