Deratizatsion vositalar – kemiruvchilarni yo’qotish uchun q’o’llaniladigan vositalar.
Derma – teri – xususiy teri qavati; teri gistologik tuzilishi nuqtai nazaridan uch qismga bo’linadi; 1) epiderma–teri usti muguz qavati; 2) derma – xususiy teri qavati va 3) gipoderma – teri osti yog’ qavati.
Dozator - aniq dozalarga bo‘lib beruvchi asbob.
Draje – ichish uchun mo’ljallangan qand ustiga (massasi 0,025 g) dori va yordamchi moddalarni obakilash yoli bilan olinadigan va dozalarga bo’lingan qattiq dori turi. Drajelar to’g’ri sfera shaklda bo’ladi, qoplangan qoiq massasi drajening umumiy massasini 20% tashkil etedi. Draje olishda qand, kraxmal, patoka, asosli magniy karbonat, bug’doy uni, kakao, etiltselluloza, bo’yovchi va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi. Drajelar tarkibi bo’yicha odiy va murakkab tarkibli bo’lishi kerak. Drajelar tarkibida 10 ta va undan ko’p dori moddalar berilishi mumkin, ular bir-biridan yordamchi moddalar bilan ajralib turadi.
Dustlar (Dusta, -ae, -ae) – changga o’xshash poroshok holdagi dori turi bo’lib, tarkibida dori va to’ldiruvchi moddalar saqlaydigan - oson adsorbtsiyalanadigan moddalar (talk, oq gil, bentonit va b.). Dustlar tarkibida antiparazitar, insektitsid vositalar va repellentlar beriladi.
Efir moylari (Olea aetherea) – bu xushboy moddalar aralashmasi bo‘lib, ular turli sinflarga mansub organik birikmalardan tashkil topgan bo‘ladi, ko‘p hollarda terpenoidlar, ayrim hollarda aromatik va alifatik birikmalar.
Ekstrakt (-lar) – o‘simlik (ayrim hollarda hayvon) xom ashyosidan suv, spirt va boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olinadigan konsentrlangan ajratmalar. Suyuq, quyuq va quruq ekstraktlar hamda ekstrakt-konsentratlarni farqlashadi: suyuk e. — oson qo‘zg‘aluvchan, spirt-suvli ajratmalar. Ular 1:1 nisbatda tayyorlanadi; kuyuk e. — kuyuk asalsimon chuziluvchan modda, tarkibida 25% gacha namlik bo‘ladi; kuruk e. — sochiluvchan talkonsimon massa bulib, 5% gacha namlik tutadi; e.- konsentratlar — damlama va qaynatmalar tayyorlash uchun ishlatiladi, suyuq ekstrakt-konsetratlar (1:2 nisbatda) va quruq ekstrakt-konsentratlar (1:1 nisbatda) 20-40% etil spirti yordamida ajratib olinadi.