Bog‘lovchi modda – granula va tabletkalar qattiqligini ta’minlovchi modda.
Briket — diametri 25 mm dan katga, to‘rtburchak yoki dumaloq shakldagi tabletka. Talqonlar va maydalangan dorivor o‘simlik xom ashyolarini taxtakach (press)lab olinadi. Briketlar dozalarga bo‘lingan bo‘lib, uy sharoitida damlama va qaynatma tayyorlash uchun ishlatiladi.
Gematoensefalik to’sik – bir tomondan qon, ikkinchi tomondan orqa miya suyuqligi va nerv to’qimasi orasidagi to’siq.
Geriatrik vositalar – qari, keksa, yoshi ulug‘ organizmning a’zo va to‘qimalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatib, uning moslashuv imkoniyatlarini kuchaytiradigan moddalar.
Geriatriya –keksalarda uchraydigan kasalliklar hakidagi ta’limot bo‘lib, barvaqt qarishning oldini olishga doir masalalarini ham o‘rganadi.
Gerontologiya – odam organizmining qarish jarayonini o‘rganadigan fan.
Glitserin – uch atomli spirt, og’ir moysimon suyuqlik; suvda yaxshi eriydi, yoq’lar tarkibiga kiradi; g. terini yumshatish va ba’zan dorilarni eritish uchun qo’llaniladi.
Globulalar — shakli yumalok suppozitoriylar, asosan ayollar jinsiy organiga davo kilish uchun ishlatiladigan yumshoq dori shakli.
Granula – og’iz orqali qabul qilishga mo’ljallangan bir hil dumaloq, silindrsimon yoki noto’g’ri shakldagi donachalar donachalar (kattaligi 0,2 mm) bo’lib, ofitsinal qattiq dori shakllari guruhiga kiradi. Veterinariyada ishlatiladigan granulalar o’lchami 0,2-3 mm bo’ladi. Ular korxonalarda tayyorlanadi.
Damlama va qaynatmalar – o‘simlik xom ashyosidan ajratib olingan yoki ekstraktlarni suvdagi eritmasidan tashkil topgan suyuq dori turi.
Dekorativ kosmetologiya - izlanishli kosmetologiya asosan chiroyni bo‘rttirib ko‘rsatishga va tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklarni berkitishga qaratilgan. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: dekorativ kosmetika, sartaroshlik san’ati, manikyur, pedikyur, rasm-udumni yaratish.
Depilyatoriy –soch va tuklarni vaqtincha tushirish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar; ko’proq zamburug’lar bilan zararlangan tirnoqlarni eritishda va kosmetikada qo’llaniladi.